Zamonaviy dunyoda qanday qilib boshini yo'qolib qo'ymaslik mumkin? Bosh suyagingiz ichidagi tarkibini avaylang! U sizga hali albatta kerak bo'ladi.
Suz uchun maxsus - miyaga salbiy ta'sir etuvchi 10 ta omillar.
Nonushtaning yo'qligi
Ertalabki ovqat tanavul qilishni o'tkazib yuborish kun davomida kishining tonusi va mehnatga layoqatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu kundek ravshan tuyuladi, lekin bu yerda gap organizm uchun zarur energiya iste'mol qilish ustidagina bormay. Balki, nonushta qilmaslik qondagi qand miqdorini pasaytirishi to'g'risida. Bu esa o'z navbatida, miyaga ozuqaviy moddalarning yetib kelishini qiyinlashtiradi.
Shakarning me'yordan orqiqligi
Avvalgi bo'lim, nima uchun miyaning samarali ishlashi uchun shirinlikning, shu bilan birga, ayniqsa achchiq shokolad, iste'mol qilinishini tavsiya qilishlarini tushuntirib beradi. Biroq, shakarning me'yordan ortiq miqdori oqsilning va ozuqaviy moddalarning o'zlashtirilishida muammolar keltirib chiqaradi. Natija huddi qondagi qand miqdori pastligidagi kabi: ozuqaviy moddalar miyaga yetib bormaydi.
Stress
Kuchli psixoemosional zo'riqish neyronlar o'rtasidagi bog'lanishlar uzilishiga olib keladi va sabab-natija aloqalarini va hodisalar ketma-ketligini tushunishni qiyinlashtiradi. Bu bilan kuchli asabiy qo'zg'alish va qo'lidan barcha narsalar to'kilib ketayotgani hissi bog'liq. Yig'ilib qolgan stress xotirani susaytiradi va intellektual salohiyatni pasaytiradi.
Antidepressantlar va uyqu dorilari
Kuchli ta'sir etuvchi dori vositalari bilan yoppasiga qiziqish muammosi eng ko'p AQSH da dolzarbdir. U yerda bu kabi dorilar juda onson yozib beriladi. Ksanaks kabi mashxur antidepressantlar va uyqu dorilarini iste'mol qilish xotirani hattoki amneziyagacha yomonlashtirib yuborishi, aqli zaiflikni keltirib chiqarishi va xiraxandon suisidal oylar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Chekish
Agarda chekishning organizmga salbiy ta'siri haqida gapirganda, birinchi bo'lib ko'z oldiga buzilib ketgan tishlar va qora o'pkalar tasviri keladi. Shu bilan birga sigaretalar bosh miyaga qanday ta'sir qilishi haqida kam gapiriladi: nikotin miyaning qon tomirlarini toraytiradi. Aytganday, konyak aksincha, kengaytiradi. Miyada ozuqaviy moddalar yetishmasligi bilan bog'liq muammolardan tashqari, chekish ko'p marotaba Alsgeymer kasalligini havfini ko'paytiradi.
Quyosh
Yetarli miqdorda quyosh nurlarini yetishmasligi odamning o'rganish qobiliyatiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir qiladi. Birinchidan, quyosh nurlari bilan birga olinadigan ultrabinafsha qon aylanishi, ya'ni kislorod va ozuqaviy moddalar oqib kelishni tartibga soladi. Ikkinchidan, quyosh nurlari serotonini ishlab chiqarishga yordam beradi. U esa, odamning kayfiyatiga ta'sir qiladi.
Suvning yetishmasligi
Suvning yetishmasligi miya hajmini kichrayishiga olib keladi. Bu esa, uning ishga layoqatinu pasaytiradi va informasiyalarni yodda qoldirish qobiliyatini deyarli nolga teng bo'lishiga olib keladi. Sutkada o'rtacha 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi.
Axborotlar ortiqchaligi
Yil sayin odam tomonidan o'zlashtiriladigan axborotlar miqdori ko'chki kabi ko'payib bormoqda. Bu miya uchun mashqdek tuyulsada, haqiqatda esa, bu o'rtachalik bo'lib, unga miya qarshilik bilan javob beradi. U vaqti kelganda axbotot o'zlashtirishi to'xtashi bilan ifodalanadi va hattoki xotiraning yo'qolishigacha olib keladi.
Ko'p vazifalilik
Informasion dunyoning boshqa anomaliyasi: odam bir vaqtning o'zida bir qancha axborot oqimlarini qabul qiladi. Buning natijasida ularning biri kerakli darajada o'zlashtirilmaydi. Ong esa bu kabi ish tartibga o'rganib qoladi. Axborot yuzaki qabul qilinadi, diqqatni bir joyga jamlab, faoliyatni tez-tez o'zgartirmasdan, biror bir ish bilan shug'ullanish har gal qiyinroq bo'lib qoladi.
Uyquning yetishmasligi
Bu hammaga ma'lum bo'lgan holat global muammo bo'lmoqda. Sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, oxirgi 100 yil ichida odam o'rtacha 20 foizga kam uxlaydigan bo'ldi. Kuchli uyqu yetishmasligi faktik uyg'oq holatida miyaning turli qismlari sekin uyqu fazasiga o'tib ketishga olib keladi. Bu vaqtda odam bitta nuqtada "osilib" qoladi diqqat tarqoq bo'lib, mayda motorika yomonlashadi. Doimiy uyqu yetishmasligi miya hujayralari o'lishiga olib keladi.
Сообщения из Facebook