просмотров
Ammo cho’milish kiyimida ko’rinish qiyin emas: ratsiondan biroz vaqtga bo’lsada “og’ir” mahsulotlarni chiqarib yuborish kifoya, xolos. Shu qatorda, ko’p kishi parhezli deb hisoblaydigan guruchni ham. Hechqisi yo’q: guruchga boshqa bor qancha foydali amallarni toppish mumkin. Qaniydi, makaronlar bilan ham shunday bo’lsa…
Uyingizda yaqin kelajakda aniq yeb bo’lmaydigan guruch paketi topilib qoldimi? Mavjud suvaraklarni yedirish o’rniga, yaponlarning sevimli mahsulotini o’z tayinlangan madsadi bilan emas, boshqa madsadda, amokatta foyda keltiruvchi maqsadda ishlatish mumkin. Xalq ustalari guruch yordamida quyidagilarni bajarish mumkinligini allaqachon aniqlashdi…
1. Smartfonni “cho’milish” dan keyin qutqarish
Telefonni suvga tushirib yuborish yoki kir yuvish mashinasida yuvish – ko’pchilikning tungi yomon tushi yoki og’ir haqiqati. Ammo smartni tuzatsa bo’ladi. Ayniqsa, agar tezroq harakat qilinsa. Batareya va sim kartani undiring, va telefonni o’zini quruq guruch bilan to’ldirilgan, zip-lok plastik o’rami ichiga bir necha kunga qo’ying. Donlar namlikni o’ziga yaxshi tortadi,shu uchun texnikani qutqarish va uni tuzatishga pul ketkazmaslikning imkonijuda katta.
2. Mushaklar va suyaklardagi og’riqni qoldiruvchi issiq kompress
Oddiy, effektiv va ko’p sonli retsept: matoli qopchani guruch bilan to’ldiring (hatto toza paypoq ham to’g’ri keladi), uni 30 soniyaga mikroto’lqinli pechga qo’ying va yoqimli isituvchan kompresdan bahra oling. Aytgancha, monitor oldida o’tkazilgan kun oxirida, bo’yinni yaxshi yozdiradi.
3. Uskunalarni zangdan saqlash
Hammasi oddiy: ish asbob-uskunalarini guruch bilan to’ldirilgan konteynerda saqlang. Don namlikni yaxshi tortishi sababli, ular zanglab qolishiga bironta ham imkon qolmaydi!
4. Tovonda yog’ kerakli darajada isiganligini tekshirish
Oshxonadagi kichkina layfxak. Issiqlikning ideal temperaturasini aniqlash uchun, yog’li tovon ichiga bir nechta guruch donlarini tashlang. Agar ular qimirlamasdan tovon ostida yotsa – u yaxshi isitilmagan. Va agar yog’ ustiga chiqsa, va suyuqlik pufakchalarga aylansa – pishirish uchun ayni vaqt ekanligi belgisi bu.
5. Kofemolka va oshxona kombaynini tartibga keltirish
6. Choynakni va boshqa kichik og’izli idishlarni yaltillatib tozalash
Agar qo’l ostingizda uzun dastakli tozalagich bo’lmasa, uni osh qoshiq guruch, idish-tovoq yuvich vositasidan bir-ikki tomchi va issiq suv kerak bo’ladi. Hammasini yaxshilab chayqating, silkiting va sepib yuboring – idish-tovoqlar bunday “skrab” dan so’ng yangidekyaltillab ketadi.
7. Oshxona pichoqlarini o’tkir va “yangidek” saqlash
Ish asbob-uskunalari bilan bir qatorda, guruch oshxona pishoqlarini zangdan saqlaydi. Va yana maxsus quti olishni ham keragi bo’lmaydi: shunchaki biron bir katta og’izli idishni guruch bilan to’ldiring va uskunalarni u yerga uskunalarni bemalol qo’yavering.
8. Uyni xushbo’y hid bilan to’ldirish
Aerozol spreylarida katta bir kamchilik bor – ularning ta’siri atigi bir necha daqiqaga yetadi. Va xohlagan xonani xushbo’y qilish uchun quyidagi oddiy retsept yordam beradi: guruchni piyolaga yoki kichik chuqur idishga seping,ustidan 10-20 tomchi xushbo’y efir moyidan tomizing. Xushbo’y hid yo’qolayotganini sezganingizda, idishni shunchaki silkiting va guruchni aralashtiring – xushbo’y hid yana “yangilanadi”!
Сообщения из Facebook