2020 yilda sayohat qilish uchun eng xavfli davlatlar ro’yhati e’lon qilindi
2020 yilda sayohat qilish uchun eng xavfli davlatlar ro’yhati e’lon qilindi
Kelgusi yil sayohat uchun eng xavfli joylar Afrika, Lotin Amerikasi va Fors mamlakatlari deb topildi. Bu haqda, shaxsiy havfsizlik, yo'l harakati va tibbiyot sohasida chet elda bo'lishi mumkin bo'lgan xavf haqida ogohlantiruvchi “Sayyoxlik haritasi” guvohlik beradi, deb yozadi Daily Mail.

Liviya,Somali, Afg'oniston va Venesuela, sayohatchilar uchun ayniqsa ishonchsiz mamlakatlar yetakchilari orasida. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu davlatlarda 2020 yilda uchala ko'rsatkich bo'yicha ham yuqori xavflar kutilmoqda.

Niger,Gvineya, Syerra-Leone Respublikasi, Liberiya, Janubiy Sudan, Eritreya va Markaziy Afrika Respublikasi mutaxassislar tomonidan sayyohlarning salomatligi uchun xavfli deb topildi. Shaxsiy xavfsizlik uchun xavf-xatarlar Suriya, Yaman, Iroqva Nigeriya hududlarida mavjud bo'lib, avariya xavfi Beliz, Dominik Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Tailand va Vetnamda mavjud.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, dunyodagi eng xavfsiz davlatlar Finlyandiya, Norvegiya,Islandiya, Shvetsiya va Grenlandiya hisoblanadi. Kelgusi yilda sog'liqni saqlash uchun minimal xavf Kanada, AQSh, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiyada bo'ladi deb tahmin qilindi. Islandiya, Shveytsariya va Sloveniya shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan eng ishonchli hisoblanadi va Evropa mamlakatlarining ko'pchiligida, Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiyada yo’l transport hodisasiga uchrash ehtimoli kam.

5-sentabr kuni Jahon iqtisodiy forumi ekspertlari sayyohlik raqobatbardoshligining xalqaro reytingi doirasida "Sayohat va turizmning raqobatbardoshligi 2019" hisobotida Finlyandiyani dunyodagi sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakat deb e'lon qilishdi. Islandiya ikkinchi, Ummon sultonligi uchinchi o'rinda.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook