26 nafar bir paytlar omadsiz bo’lgan omadli shaxslar
26 nafar bir paytlar omadsiz bo’lgan omadli shaxslar
Siz yutmadingizmi? Hayotning nihoyasidek tuyildimi?. Biroq, bizning quyidagi ro'yxatimizdagi odamlar, shunday holatlarini muvaffaqiyatga erishish yo'lidagi bir to’xtab o’tadigan “bekat” deya hisoblab , oldinga harakat etishda davom etganlar.
Biz kino yulduzlaridan bo'lgan odamlarni katta muvaffaqiyatsizlikka uchraganda osonlik bilan yengilish mumkin bo’lgan vaziyatida o’zida jur'at yig’ib maqsad sari intilgan insonlarni hikoyalarini to’pladik.

Uinston Churchill

 Uinston Churchill

Cherchil oltinchi sinfdan yettinchi sinfga o’tkazilmagan. U yillar davomida o’zi  urinib ko’rgan siyosiy lavozimga erisha olmagan. Keyinchalik  62-yilda Britaniya Bosh vaziri bo'ldi.

 Tomas Edison

 Edisonning o'qituvchilari unga biror narsa o'rganish uchun juda ham aqmoq ekanligini aytishdi.  Bundan tashqari, u ishlaydigan lampochka versiyasini olishdan oldin 1000 omadsiz versiyasini yaratgan. 

Harland David Sanders

Sanders KFC, tovuqlarini hech kimga sotolmadi.  U1000 dan ziyod restoranlardan rad javobini olgan. Lekin keyinchalik bir restaran rozi bo’lgan va bugungi kunda dunyodagi KFC belgisida mavjud oshpazda o'zining surati aks etgan.   

R.H.  Meysi

Nyu –Yorkdagi do’kondan tortib Meysida butun boshli bizneslarning omadsiz yakunlari  juda ko’p edi. Biroq u to’xtamadi va bugungi kundagi eng yirik univermaglardan biri Macy’s ni tashkil qildi.

Steven Spilberg

Stiven Spilbergni uch marta ketma-ket o’zi istagan  Janubiy Kaliforniya Universitetiga qabul qilishmagan.  U boshqa bir joyda ta'lim olishga  qaror qildi, keyin esa o’qishni tark etib rejisorlikni boshlagan. 

Charli Chaplin

Charli Chaplinning chiqishlari menedjerlar tomonidan iliq kutib olinmadi: ular ushbu chiqishni odamlar tushunishlari uchun juda ham chigal deya baholashdi.  Lekin ular baribir ham sinab ko’rdilar va Charli Chaplin Amerikaning birinchi raqamli kino yulduziga aylandi.

 Merlin  Monro

Columbia Pictures kompaniyasi bilan Merlin Monroning birinchi shartnomasini bekor qilingan: prodyuserlar Monroni aktrisa bo’lish uchun yetarli darajada chiroyli va iqtidorli  emas deyishgan. Merlin Monro rollarida izlanishda davom etgan va Gollivudning eng yorqin yulduziga aylangan.   

Soichiro Honda

Toyota kompaniyasiga muhandis sifatida ishga joylasha olmadi va Honda ishsiz qoldi.  Ammo keyin u mototsikllarni to'plashga kirishdi, o'z biznesini ochib, milliarderga aylandi.

Vera Vong

U AQSh Olimpiya terma jamoasiga figurali uchish bo’yicha kira olmagan.  Shundan so’ng u Vogue Jurnalida muharrir bo’lib ishladi.  Lekin u bosh muharrir bo’la olmadi. 40 yoshida Vera Vong to’y liboslari dizayneriga aylandi va bugungi kunda u ushbu sohaning eng yetakchi dizaynerlaridan biridir. 

Walt Disney

Gazetaning muharriri Disneyni ishdan bo'shatdi, chunki u "hayol va tasavvurdan mahrum edi".  U bir nechta kompaniyalarni yaratdi, ammo ularning barchasi mag'lub bo'ldi.  Ammo keyin Disney "Oppog’oy" multfilmini oldi va bugungi kunda bolalarning aksariyati ushbu multfilmni sevib tomosha qilib ulg’aymoqdalar.   

 Albert Eynshteyn

Enshteyn gapirishni to’rt yoshidan , yozishni esa yetti yoshidan boshlagan.  O'qituvchilar uni "ezma" va "aqliy rivojlanmagan" deb atashgan. Ammo Eynshteyn o'zining fizika bo'yicha Nobel mukofotini tasdiqlaydigan maxsus fikrga ega edi.

Charlz Darvin

Darvinni aqlsiz talaba deya hisoblashgan.  Darvin tibbiy martabasidan voz kechib, diniy maktabda o'qishni boshlaydi.  Ammo tabiatni o'rganish orqali Darvin o’zini topdi.

Isaak Nyuton

Sir Isaak Nyuton oilaviy fermani boshqarishga tayinlangan bo'lsa-da, u qattiq ishdan qochib qutulavergan. Keyinchalik  Kembrij universitetiga yuborildi va u fizikga aylandi.

 Dik Cheyni

Cheyni Yel universitetidan ikki marta haydalgan.  Jorj Bush bir paytlar hazilida : "Endi biz bilamizki: Yelni tugatsangiz, siz prezident bo'lasiz.  Agar siz o’qishni tugatolmasangiz,  u holda vitse-prezident bo’lasiz. " degan edi. 

Jerri Seinfeld

Seinfeld birinchi sahnada paydo bo'lganida, xaloyiq uni yaxshi kutib olmadi. Keyinchalik mashhur komediyachi bo'ldi va eng sevimli televizor serialidan birini suratga oldi.

 Fred Aster

Fred Asterning birinchi kino filmlari natijalariga ko'ra, “sudyalar” yozgan: "U o'ynashni  bilmaydi, qo'shiq ham aytolmayapti. Juda kam raqsga tushdi”.   Aster tarixdagi eng mashhur raqqos bo'ldi va amerikalik ayollarning qalbidan joy egalladi.

Sidni Puate

Birinchi ekran sinovidan so’ng Sidni Puatega o’zi va atrofdagilarni vaqtini behuda sarflamaslikni, undan ko’ra idish tovoq yuvishga yoki shunga o'xshash ishga joylashishini aytishdi. U Oskarni qo’lga kiritgan va dunyo aktyorlari undan ibrat olishadi.

Opra Uinfri

Opra o'zining birinchi televizion ishidan bo'shatildi: xo'jayinlar uning tashqi ko'rinishi ekranda noto'g'ri deb qaror qilishdi.  Ammo u o'zida kuch yig’di ,ishlashni davom ettirdi va televizion tok-shoularning malikasiga aylandi.  Shu o’rinda milliarderga ham.

Lusill Boll

Ko'p yillar davomida Bolli uchinchi darajali aktrisa hisoblanib qoldi, uning agenti unga yana bir narsa qilishni maslahat berdi.  U  Amerikada uzoq yillar davomida  eng mashhur tele ko'rsatuv bo'lib qolgan "Men Lucy-ni sevaman" teleseriali bilan kashfiyot qildi.

 Harrison Ford

Fordning birinchi filmidan keyin prodyuserlar unga hech narsaga eisha olmasligini  aytishdi. Ammo bugungi kunda Ford dunyo bo’yicha eng “kassabop” aktyorlar  ro’yixatining uchinchi o’rinida turadi. 

Vinsent Van Gok

Vaan Gok hayoti mobaynida chizgan asarlaridan faqatgina bittasini sota oldi bu ham bo’lsa do’stiga.  Ba’zan suratlarini (800dan ortiq) chizish uchun och qolishiga ham to’g’ri kelgan . Bugungi kunda esa uning asarlari bebaho hisoblanadi.

Doktor Syuss

Doktor Syussning birinchi kitobi 27 noshir tomonidan rad etildi.  Bugun u bolalar kitoblarining eng mashhur muallifi.

Genri Ford

Genri Fordning birinchi avtomobil kompaniyasi bankrotga uchradi.  Ikinchi kompaniyasini esa sherigi bilan janjali tufayli tashlab ketdi, uchinchisi yuqori pog’onalarga ko’tarila olmadi.  Lekin oxir-oqibatda u eng katta amerikalik tadbirkorlardan biri bo'ldi.

 Jeyms Dayson

 Sirli Jeyms Dayson 15 yil davomida changyutkichning ixtirosi ustida ishlagan,  5126 nomaqbul prototipni sinovdan o'tkazdi va ularga katta mablag’ sarfladi.  Ammo 5127 prototip omadli ishlab chiqildi va bugungi kunda Qo'shma Shtatlarda changyutgichlarning ko'pchiligi Dayson markasi ostida sotilmoqda.

Stiven King

Avvaliga Kingga o’zining  birinchi romani  “Kerri” yoqmagan va uni axlat qutisiga uloqtirgan. Kingning xotini qo'lyozmani savatdan  topib oladi. Bugungi kunga qadar u 49 ta roman, 350 million nusxadagi tiraji bo'lgan romanni yozgan.

 J.K. Rowling

Rowling ishsiz, ajrashgan va qizini ijtimoiy yordam orqali voyaga yetkazayotgan edi. Garri Potter kitobini yozmaguniga qadar.  Bugungi kunda  u xalqlar aro mashxurlikka ega va kitob yozuvchilar ichida milliarderga aylangan ilk odamdir.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook