Ba'zi sabablarga ko'ra biz parvo qilmaydigan uzoq umr ko'rishning oddiy sirlari
Ba'zi sabablarga ko'ra biz parvo qilmaydigan uzoq umr ko'rishning oddiy sirlari
Terapevt va tibbiyot haqida blog muallifi uzoq umr ko'rish va sog'lom bo'lish uchun nima qilish kerakligini aytadi.

Jon Shuman- Terapevt, Talsa shahridagi Oklaxoma universiteti prezidenti, Glass Hospital kasalxonasi tibbiyot blogining muallifi.

Jon Shuman- Terapevt, Talsa shahridagi Oklaxoma universiteti prezidenti, Glass Hospital kasalxonasi tibbiyot blogining muallifi.

Biz shifokorlarga maslahat olishga borishga odatlanganmiz. Bunday alomatlar bilan nima qilish kerak? Bu dorini olsam bo'ladimi? Menga bunday parhez to'g'ri keladimi? Ammo hatto yangi texnologiyalar va ilm-fanning so'nggi yutuqlari ham simptomlarni har doim ham tushuntirishga yordam berolmaydi. Shifokorlar aniq tashxis qo'yishdan ko'ra, faktlarga asoslanib taxmin qilishadi. Bu, ayniqsa,terapevtlarning ishi uchun to'g'ri keladi.

Yana bir narsa profilaktika. Bu haqda ko'p narsa ma'lum, chunki ko'p sonli epidemiologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Umuman olganda, hamma narsa juda oddiy va ehtimol siz ushbu maslahatlarni bir necha marta eshitgandirsiz. Ammo ular tez-tez takrorlanib turishi sababli, ko'pchilik ularga e'tibor berishmaydi.

Shunga qaramay, biz yana bir bor eslatamiz: sog'lom bo’lish uchun hech qanday qisqa yo’l yo'q. Uzoq umr ko'rish va o'zingizni yaxshi his qilish uchun siz rioya qilishingiz  kerak kerak bo’lgan qoidalar:

·       yetarlich auxlash;

·       kun davomida ko’p harakatlanish;

·       sog'lom ovqatlanish, sabzavotlarni ko’proq iste’mol qilish va ortiqcha ovqatlanmaslik;

·       ko'proq muloqot qilish (izolyatsiya ham tanaga ham ruhga zarar yetkazadi);

·       hayotdan nima uchun minnatdorligingizni yodda tutish.

Ushbu yondashuv Dan Buttnerning "ko'k zonalar" haqidagi kitoblarida batafsil tasvirlangan. Bu sayyoradagi odamlar kamroq kasal bo'lib, uzoq umr ko'radigan joylar. Ko'pincha ular yuz yildan ko'proq umr ko'rishadi. Asosiy "ko'k zonalar":

·       Okinava,Yaponiya;

·       Ikariya,Gretsiya;

·       Sardiniya,Italiya;

·       Nikoya,Kosta-rika;

·       Loma-Linda,AQSH.

Ushbu joylarda profilaktik tibbiyot kundalik hayotning ajralmas qismidir. Ushbu hududlarning aholisi ko'p sabzavot iste'mol qiladilar, tez-tez yuradilar va oila va do'stlari bilan yaqin munosabatda bo'ladilar.

Qizig'i shundaki, ular odatda spirtli ichimliklardan qochishmaydi. Kuniga bir yoki ikkita portsiya bilan cheklanishadi. Ular shuningdek go'sht iste'mol qiladilar, lekin kamdan-kam va oz-ozdan. Ammo ular iste'mol qilmaydigan narsa - tozalangan shakar. Ular biz o'rganib qolgan qadoqlangan ovqatni sotib olmaydilar.

Bugungi kundan boshlab ushbu oddiy maslahatlarni qo'llashni boshlang va asta-sekin hayotingiz yaxshi tomonga o'zgarishni boshlaydi.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook