Buyuk faylasuflarning boylik va kambag’allik haqidagi iqtiboslari
Buyuk faylasuflarning boylik va kambag’allik haqidagi iqtiboslari
Puli ko’p emas, qanoatli inson boydir, hamma narsaga ega odam emas, sotib olish mumkin bo’lmagan narsaga ega bo’lgan odam baxtlidir, chiroyning ham yuz go’zalligi emas, qalb go’zalligi qadrlanadi.

Inson ajoyib yaratilgan – boyligini yo’qotganida qayg’uradiyu, biroq hayotining behuda ketayotganigan kunlariga afsuslanmaydi. (Abu –al-Faraj)

Inson dunyoda boy bo’lish uchun emas, baxtli bo’lish uchun yashaydi. (Stendal)

Inson qanchalik kam narsani xohlasa, Xudoga shunchalik yaqin bo’ladi. (Suqrot)

Ilm sari intil. U sening boyliging – puling bo’lmasa ham qashshoq bo’lmaysan; agar boyib ketsang sening ko’rking bo’ladi. (Al-Zubayer)

Hayollarimiz bizning hayotimizni belgilaydi. Kim kasallik haqida ko’p gapirsa – ko’p xasta bo’ladi, kim boylik haqida ko’p gapirsa, boy bo’ladi. (“Sekret” filmidan)

Puli yo’q inson emas, maqsadi yo’q inson qashshoqdir. (Suqrot)

Insonlarning ongi kamaygan sari kambag’allikka nisbatan nafrati oshib boradi, boylikni esa izzat-hurmat qiladi. (Charlz Kaleb Kolton)

Ba’zi odamlar kumush va oltinni ne’mat deb hisoblaydilar, aslida boylik ne’matlarni qo’lga kiritish vositalaridan biridir, xolos. (F.Laroshfuko)

Boylik dengizning sho’r suviga o’xshaydi – ichgan saring chanqog’ing kuchayaveradi. (A.Shopengauer)

Boylikda do’stlar va yaqinlaring ko’p, kambag’allikda qarindoshing ham topilmaydi. (Yapon maqoli)

Boylik insonni o’zgartirmaydi, balki asl basharasini ko’rsatadi. (Maqol)

Kambag’allik fazilat emas, kambag’allikda ham yashashni bilish – fazilatdir. (Pifagor)

Mol-mulkning kamayishi qashshoqlik emas, ochko’zlikning ko’payishi qashshoqlikdir. (Platon)

Biror narsaga ehtiyoji bo’lgan boy – boy emas, hech narsaga muhtoj bo’lmagan kambag’al – kambag’al emas. (Demokrit)

Odamlarni boylik yoki qashshoqlik buzmaydi, ularni ochko’zlik va baxillik yo’ldan ozdiradi.

Kambag’allik muammo bo’lishi mumkin, ammo u seni nimalarga qodir ekanligingni ko’rsatib beradi.

Agar siz ko’rish, yurish, sevish va har tong o’rningizdan turishga qodir bo’lsangiz, demak siz juda boy insonsiz. (Djeym Rey)

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook