просмотров
Mixail Porechenkov va Konstantin Xabenskiy
Mixail Porechenkov bilan Konstantin Xabenskiy – uzoq vaqtdan beri qalin do’stdirlar. Ular bir teatrda ishlaydilar, “Небесный суд” filmida birga suratga tushganlar. Deyarli bir vaqtning o’zida ikkalasi oilasi bilan Sankt-Peterburgdan Moskvaga ko’chib o’tganlar, Porechenkov esa shahar tashqarisidagi uyini Xabenskiyga muddatsiz vaqt davomida foydalanishga berib turgan. Ha, qiyin paytda suyanadigan do’stning bori yaxshi, haqiqiy do’stlik mana shunday vaziyatda sinaladi.
Penelopa Krus va Salma Xayek
Sohibjamol aktrisalar Penelopa Krus bilan Salma Xayek “Bandit qizlar” filmining suratga olish jarayonida do’stlashib qolganlar. Ular qalin dugonadirlar: sochlarini bir xil turmaklaydilar, bir-birlariga kulgili laqablar qo’yadilar.Penelopaning aytishiga qaraganda, ular farzandli bo’lmagunlaricha deyarli butun bo’sh vaqtlarini birga o’tkazganlar. Ularning o’zaro chiqishib, bir-birlariga talpinishlariga mijozlarining o’xshashligi sabab bo’lsa ne ajab – biri portlovchi ispancha fe’l-atvor egasi bo’lsa, yana biri o’tkir meksikacha xarakteriga ega.
Bred Pitt va Djorj Kluni
“Oushenning 11 do’sti” filmi ustida hamkorlikda ishlaganlaridan keyin ularning do’stlashmay qolishi mumkin emas edi. Ko’p yillar davomida aktyorlar bir-birlarini qo’llab-quvvatlab kelmoqdalar, birga filmlarda suratga tushmoqdalar hamda do’stliklaridan bahramand bo’lib kelmoqdalar. Bred Pitt eng yaqin do’sti haqida shunday deydi: “U juda hushchaqchaq. Menga va atrofdagilarga quvonch ulashadi”. Moliyaviy masala bo’yicha “oralaridan qora mushuk o’tib”, biroz san-manga borganliklariga qaramay, do’stliklariga putur yetmadi.
Kortni Koks va Jenifer Eniston
Qorasoch hamda malla soch bu sohibjamollarning serialdagi do’stliklari hayotda ham davom eta boshladi. Jenifer eng yaqin dugonasini mehribon va sadoqatli, deya ta’riflab, shunday deydi: “Tafsilotlarni aytib o’tirmayman, ammo Kortni meni deb suvni ham, olovni ham yengib o’tdi”.
Mett Deymon va Ben Afflek
Mett bilan Ben – ko’pchilik havas bilan qaraydigan haqiqiy do’stlikning namunasidirlar. Ular yoshliklaridan beri tanishlar va ko’p vaqtlarini birga o’tkazadilar. Ular qo’shnichilikda yashaydilar, oilalari bilan bordi-keldi qiladilar va deyarli har kuni ko’rishadilar. “Aqlli Uill Xanting” ssenariysi ustida hamkorlikdagi ishlari ularni yanada jipslashtirgan ko’rinadi.
Dryu Berrimor va Kameron Dias
“Charli farishtalari” filmining suratga olish jarayonida tanishgan bu aktrisalarning do’stligi hamon davom etmoqda. Yaqinda Berrimor dugonasini hazillashib “Pu Pu”, deb atashini aytib o’tdi. Dugonalar bir-birlarini hafa qildirib qo’ymaydilar: radiodagi bir intervyu paytida Kameron dugonasi Dryu haqida berilgan be’mani savoldan tutoqib ketib, intervyuni tashlab chiqib ketgan. Dryu shuningdek, Diasning nikoh to’yida “kelinning dugonasi” vazifasini bajargan. Dugonalar uchun bu katta ishonchni bildiradi.
Bredli Kuper va Jerard Batler
Bu aktyorlar ham uzoq yillardan beri qalin do’st bo’lib kelmoqdalar. Birga ulfatchilik qilishni yoki birgalikda tennis musobaqasini tomosha qilishni xush ko’radilar. Boshqa yulduzlarga o’xshab, ularni birlashtirib turadigan biror film yo’q, shuning uchun ham ular birgalikda komediya yoki jangari janridagi filmda suratga tushishni orzu qiladilar. Batlerning so’zlariga ko’ra, munosabatlarni biroz chayqatib olish maqsadida, ular jangari filmda raqiblarni o’ynagan bo’lardilar.
Naomi Uotts va Nikol Kidman
Mashhur aktrisalarga aylanishdan oldin, Naomi Uotts bilan Nikol Kidman Avstraliyada bo’lib o’tayotgan kastingda do’stlashib qolganlar. Golluvud ulduzlari bo’lgandan keyin ham aktrisalarning munosabatlari davom etdi. Dugonalar hech qachon bir-birlarini og’ir kunda tashlab qo’ymaganlar, suvni ham, o’tni ham birgalikda yengib o’tganlar. Naomi Avstraliyadan AQSH ga ko’chib o’tganida Nikol uni qo’llab-quvvatlab turgan, Naomi ham o’z navbatida dugonasi Tom Kruz bilan ajrashayotganida unga dalda bo’lib turgan. Ayollar do’stlashishni bilmaydilar, degan gap noto’g’ri ekanda!
Tobi Maguayr va Leonardo Di Kaprio
Tobi Maguayr bilan Leonardo Di Kaprio yoshliklaridan do’st bo’lib kelganlar. Qariyb 25 yil davomida ular bila-birlarini qo’llab-quvvatlab kelmoqdalar. Ular birgalikda suratga tushish kerak bo’lgan loyihalarini muhokama qiladilar. Ularning do’stlik munosabatlari muvaffaqiyat sinovlarini yengib o’ta oldi: Di Kaprio “Titanik” ning olamshumul muvaffaqiyatidan keyin hammaning yoqimtoyiga aylandi, Maguayrga esa shuhrat biroz keyin “O’rgimchak odam” filmi orqali keldi. Ular bir-birlari uchun qayg’uradilar ham, bir-birlarining yutuqlaridan quvonadilar ham. Bu mashhur aktyorlar hamisha katta loyihada birga ishtirok etishni orzu qilib kelar edilar va “Buyuk Getsbi” filmida bunday imkoniyat ularga berildi. Ikkala aktyor ham basketbolga qiziqadi: birga o’ynaydilar va tomoshaga ham birgalikda boradilar.
Madonna va Gvinet Peltrou
Madonna bilan Gvinet Peltrou shunchalik yaqinlarki, bir-birlarini opa-singil, deb hisoblaydilar. Ular o’n yildan ortiq vaqtdan beri qalin dugona bo’lib kelmoqdalar. Madonna eri Gay Rich bilan ajrashayotganda esa Gvinet dugonasini qo’llab-quvvatlab turish uchun Nyu-Yorkka ko’chib o’tishga qaror qildi. Qiziq, janjalkash po-yulduz bilan haqiqiy ingliz xonimini nima birlashtirib turar ekan-a? Axir, ular bir-birlari uchun jonlarini berishga ham tayyordirlar.
Сообщения из Facebook