просмотров
Yuqorida aytib o’tkanimizdek, bunday serhasham poyezdga chiqishning o’zi bo’lmaydi – gap faqatgina uning chipta narxida emas. Ba’zi dabdabali poyezdlar yo’nalish bo’yicha yiliga bir martagina chiqishlari mumkin. Bunday poyezdlarga chiqishni xohlovchilar soni esa yetarli, shuning uchun ularga chipta sotib olish uchun ham bir necha oy davomida navbatda turish zarur.
“Sharqiy express” poyezdi
Chipta narxi: 1 160 dollardan boshlanadi
Bu Sharq bilan G’arbni birlashtirgan temir-yo’l liniyasining ilk poyezdi edi. Ushbu poyezd Agata Kristining “Sharqiy expressdagi qotillik” asari sababli ham mashhur bo’lgan.
Eastern & Oriental Express poyezdi
Chipta narxi: 2 217 dollardan boshlanadi
Har qanday besh yulduzli mehmonxona bilan tenglasha oladigan bu poyezd Singapurdan Malaziya hamda Bangkokka qarab yo’l oladi.
The Golden Chariot poyezdi
Chipta narxi: 5 730 dollar
Dunyoning eng chiroyli va serhasham yo’lovchi poyezdlaridan biri hisoblanadi. U Buyuk Britaniya qirolichasiga qarashli eski Blue Express poyezdining uslubini takrorlaydi.
Rovos Rail poyezdi
Chipta narxi: 1 200 dollardan boshlanadi
Rovos Rail kompaniyasiga tegishli ushbu retro-poyezd Afrikaning g’ururi hisoblanadi. Vagonlar 1930 yillar qirolicha Viktoriya davriga mos uslubda bezatilgan. Unda sayohat qiladigan har qanday sayyoh o’zini eski davrga tushgandek his qiladi. Poyezd yo’nalishi bo’yicha Afrikaning eng diqqatga sazovor joylaridan o’tadi. Vagonlarning katta manzarali oynalari yo’lovchilarga tevarak-atrof manzarasidan bahra olish imkonini beradi.
Royal Scotsman poyezdi
Chipta narxi: 2 935 dollardan boshlanadi
Kichikligiga qaramasdan haddan tashqari qulay va shinam bo’lgan bu poyezd butun Shotlandiyani aylanib chiqadi. Uning vagonlaridan biri esa spa-salonga aylantirilgan.
Maharajas Express poyezdi
Chipta narxi: 6 840 dollardan boshlanadi
Osiyodagi eng hashamatli va qimmat poyezd. Hindiston qirollik saroyining nusxasi hisoblanadi.
“Императорская Россия” poyezdi
Chipta narxi: 5 274 dollardan boshlanadi
Dunoning eng mashhur va hashamatli poyezdlaridan biri hisoblanadi. Yiliga faqatgina bir marta sayohatga chiqadi hamda uchta yo’nalish bo’yicha harakatlanadi.
Blue Train poyezdi
Chipta narxi: 740 dollardan boshlanadi
Poyezd Janubiy Afrikaning janibiy sohili bo’yidagi manzarali yo’nalish bo’yicha harakatlanadi. Poyezdning manzaralli oynalari yo’lovchilarga sayohat davomida Afrika jirafalari, antilopalari va bizonlarini tomosha qilib ketish imkonini beradi.
“Золотой Орёл” poyezdi
Chipta narxi: 15 495 dollardan boshlanadi
Dunyodagi eng qimmat yo’lovchi poyezd hisoblanadi. Vagonlardan birida bar, pianino va shaxsiy kutubxona joylashgan. Moskva-Vladivostok yo’nalsihi bo’yicha harakatlanadi.
Сообщения из Facebook