просмотров
1. Ayron
Nimasi foydali? Ayron – ajoyib ichimlik bo’lib, u nafaqat chanqoqni, balki ochlikni ham qondiradi hamda oshqozon ichak yo’llari uchun zarur bo’lgan sut mahsulotlari bakteriyalariga boydir. Ayron immunitet oshishiga ta’sir ko’rsatadi, ishtaxani ochadi, shuningdek, unda ko’plab vitaminlar va mineral moddalar mavjud.
Qanday tayyorlanadi? Hech qanday qo’shimchalarsiz 300 ml yogurt (yoki kefir) oling va unga 150 ml mineral suv, mayda tog’ralgan shivit, petrushka, kashnich va rayxon qo’shing, so’ngra ta’bga ko’ra tuzini rostlang. Yaxshilab aralashtiring va bir bo’lak muz qoshib yuboring.
2. Kvas
Nimasi foydali? Organizmga ta’sir doirasiga ko’ra uyda tayyorlangan kvas kefirga o’xshaydi. U ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va moddalar almashinuvini tezlashtiradi, kasallik chaqiruvchi mikroblar ko’payishiga qarshilik ko’rsatadi va hatto immunitetni oshiradi. Kvas tengi yo’q aminokislotalarga boy, tarkibida fosfor, magniy, kalsiy va B vitaminlari bor.
Qanday tayyorlanadi? 4 l suv, 2 oshqoshiq xamirturush kukini, 0,5 stakan shakar va 400 gr qora non oling. Non bo’laklarga bo’linadi, qovuriladi, ustiga shakar qo'shilib, qaynoq suv quyiladi. Suv uy haroratigacha sovugach, unda xamirturushkukuni eritiladi. Ustiga doka yopib, issiq joyda ikki sutkaga qoldiring. Keyin deyarli tayyor bo’lgan ichimlikni dokadan o’tkazib, yana ta’bga ko’ra shakar qo’shing va sovutgichga qo’ying. Bir sutkadan so’ng yoqimli salqin ichimlik –kvas tayyor!
Kvas kayfiyatni ko’taradi, charchoqni kamaytiradi.
3. Limonad
Nimasi foydali? Olimlar doimiy tarzda limonadni iste’mol qilish buyraklarda tosh hosil bo’lmasligi uchun foydali ekanligini aniqlashdi. Gap shundaki, ichimlik tarkibiga kiruvchi natriy sitrati tosh paydo bo’lishiga qarshilik ko’rsatadi. Bundan tashqari , limonlar antiseptik va bakteriyalarni o’ldiradigan hususiyatlarga ega.
Qanday tayyorlanadi? Limonlar yuviladi, suvi selgitiladi va tedrasi tozalanadi (ustidagi oq po’sti qoldiriladi) va o’rtacha to’rtburchak shaklida to’g’raladi.Keyin sovuq suvga solinadi, ustiga asal qo'shiladi va bir necha soat shunday qoldiriladi. Asal ta’bga ko’ra solinadi.
4. Ko’k choy
Nimasi foydali? Choy odatda qishda ichiladigan ichimlik hisoblanadi, biroq u yoz jaziramasida organizmni a’lo darajada sovutadi. Masalan, yalpiz solingan bir piyola ko’k choy nafaqat tetiklashtiradi, balki ortiqcha terlashdan halos etadi va chnqoqni qondiradi, tanani qizib ketishdan hamda oftob urishidan saqlaydi. Yazda qahvani ko’k choyga almashtirganingiz ko’proq foydalidir. U qon bosimi tezda oshib ketishidan saqlab, yengil quvvat beradi va organizmni mikroelementlar bilan to’yintiradi.
Qanday tayyorlanadi? Choyni faqat ichishdan avval tayyorlang. Buning uchun bir choyqoshiq quruq choy olinadi va choynakka solib, ustidan qaynoq suv quyiladi.5 – 7 daqiqa dam berilgandan so’ng bemalol ichishingiz mumkin. Xohishingizga ko’ra choyga yalpiz barglari va limon bo’lagi qo’shish mumkin.
5. Kompot
Nimasi foydali? Kompot yoki uzvar – bu an’anaviy ukraincha ichimlik bo’lib, u quritilgan mevalardan tayyorlanadi. U ovqat hazmini yaxshilaydi, organizmni V guruhi vitaminlari bilan boyitadi, chanqoqni tez qondiradi, ayniqsa, u shakarsiz tayyorlansa. Bunday kompot parxez paytida va bolalar taomnomasida juda qo’l keladi.
Qanday tayyorlanadi? Kompot yoki uzvar uchun quritilgan mevalar – olma, o’rik, mayiz va qora olxo’ri xohishingizga ko’ra tanlab olinadi. Quritilgan mevalar ustiga sovuq suv quyiladi, qaynab chiqqach, olov paslatiladi. Ta’mi yoqimli bo’lishini istasangiz, ichimlikka limon sharbati qo'shish mumkin.
Сообщения из Facebook