просмотров
To’g’ri poytaxtimiz Toshkentda avtomobillar tirbandligi tez-tez bo’lib turadi, biroq ba’zi chet el mamlakatlaridaka emas.Haqiqiy mudhish tirbandliklar qanday bo’lishini ushbu maqoladan bilib olishingiz mumkin. Quyida shunday tirbandliklar ro’yxati keltiriladi. Marhamat,tanishing!
№ 10. Bryussel - 70 soat
Bryussel – Belgiyaning poytaxti. Bryusselda Fransuz va Flamand uyushmasi, Evropa Ittifoqining bosh qarorgohi, NATO vakolatxonasi, Benilüks mamlakatlari kotibiyati kabi muassasalar joylashgan.
Avtomomillar tirbandligi bo’yicha Bryussel o'ninchi o'rinni egallaydi. Sanoqsiz mashinalar shaharda cheksiz tirbandlikni keltirib chiqaradi. Bu yerda odamlar yiliga o'rtacha 70 soatni tirbandlikda o'tkazadilar.
№ 9. Köln - 71 soat
Köln – Germaniyadagi millioner shahar bo'lib, aholisining soni bo’yicha to'rtinchi, kattaligi bo’yicha mamlakatda uchinchi o’rinda turadi hamda mamlakatning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazlaridan biridir hisoblanadi. Köln Germaniyaning qadimgi shaharlaridan biri bo'lib, u Rim davridan boshlab butun mavjudligi davomida Yevropa tarixida muhim rol o'ynagan. Köln o'zining asosiy ibodatxonasi - Germaniyadagi asosiy katolik cherkovlaridan biri bo'lgan Köln sobori bilan mashhur. Shaharning maydoni 405 km2, aholisi taxminan 1 million kishidan iborat.
Köln – yo’l tirbandligi bo’yicha Germaniyadagi yetakchi shahar. Bu yerda odamlar yiliga 71 soatni tirbandlikda o'tkazadilar.
№8. Antverpen - 71 soat
Ro’yxatning sakkizinchi qatorida Belgiyaning Antverpen shahri turadi.
Antverpen Belgiyadagi ikkinchi muhim shahar. Bu, shuningdek, dengiz porti hisoblanadi hamda dunyodagi eng katta yigirmata portlardan biri sanaladi va Gollandiyaning Rotterdam portidan keyin Yeropada ikkinchi o'rinda turadi.
Shaharning maydoni 204 km2, aholisi 510 610 kishidan iborat. O'rtacha, odamlar bu yerda yiliga 71 soatni tirbandlikda o'tkazadilar.
№7. Shtutgart - 73 soat
Shtutgart - Germaniyadagi shahar, Germaniyaning engmuhim sanoat markazlaridan biri, shuningdek muhim madaniy markazi hamdir.Shaharning maydoni 207 km2, aholisi 613 ming kishidan iborat.
Shtutgart aholisi yiliga o'rtacha 73 soatnitirbandlikda o'tkazadi.
№ 6. Nyu-York - 73 soat
Nyu-York AQShning eng yirik shahri bo'lib, aholisining soni bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.
Nyu-York – jahon miqyosidagi eng muhim moliyaviy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazdir. Shaharning maydoni - 1214 km2, aholisi - 8,4 million kishidan iborat.
Nyu-York hech qachon uxlamaydi, shuning uchun kunning istalgan vaqtida bu erda tirbandliklar bo’lishi mumkin. Nyu-Yorkliklar yiliga o'rtacha 73 soatni tirbandlikda o'tkazadilar.
№ 5. Hyuston - 74 soat
Hyuston – aholisining soni bo’yicha Amerika Qo'shma Shtatlardagi to'rtinchi va kattaligi bo’yicha Texasdagi eng yirik shahardir.
Shahar energiya sanoatining yetakchi markazi bo'lib, shahar iqtisodiyotini aeronavtika, transport va sog'liqni saqlash sohalaridagi korxonalar namoyish etadi.
Shaharning maydoni 1552 km2, aholisi 2,3 million kishidan iborat.
Hyustondagi tirbandlik transport vositalarining ko'pligi va shaharda jamoat transportining yaxshi rivojlanmaganligi sababli yuzaga keladi. Avtomobillar harakati avjiga chiqqan paytda shaharning barcha asosiy yo'llari tirbandliklarga uchraydi. Hyuston aholisi yiliga o'rtacha 74 soatni tirbandlikda o'tkazadi.
№4. San-Fransisko - 75 soat
San-Fransisko AQShning Kaliforniya shtatidagi shahar va tuman bo'lib, katolik avliyo Fransisk Assizkiy nomi bilan ataladi.
San-Fransisko “Oltin darvoza” ko'prigi, Alkatras oroli, kanatli tramvay tizimlari va chayna-taun (xitoyliklar istiqomat qiladigan kvartal) bilan mashhur.
Traffik (avtomobillar sonining ko’pligi) va tirbandliklar San-Frantsiskodagi turmush tarzidir. San-Fransisko aholisi yiliga o'rtacha 75 soatni tirbandlikda o'tkazadi.
Shaharning maydoni - 121 km2, aholisi - 850 ming kishidan iborat.
№3. Vashington - 75 soat
Vashington – Amerika Qo'shma Shtatlarining poytaxti. Shaharning maydoni 177 km2, aholisi qariyb 650 ming kishidan iborat.
Vashington reytingda uchinchi o'rinda. Vashington aholisi tirbandliklar haqida shikoyat qiladi va Vashington AQShning eng gavjum shaharlaridan biri deb hisoblaydi. Ular tirbandlikda yiliga o'rtacha 75 soat sarflashadi.
№ 2. Los-Anjeles - 81 soat
Los-Anjeles – AQShning janubidagi Kaliforniya shtatidagi, Tinch okeani bo’yida joylashgan shahar. Aholisi soni bo’yicha Kaliforniya shtatida birinchi va mamlakat bo’yicha ikkinchi o'rinda turadigan shahar.
Los-Anjeles dunyodagi eng yirik madaniy, ilmiy, iqtisodiy, ta’lim markazi hisoblanadi hamda kino, musiqa, televizor, kompyuter o'yinlari sohasi bo’yicha dunyodagi eng yirik ko'ngilochar markazlardan biri sanaladi.
Shaharning maydoni 1302 km2, aholisi 3,8 million kishidan iborat.
Los-Anjeles o'zining ulkan tirbandliklari bilan mashhur. Los-Anjeles aholisi yiliga o'rtacha 81 soatni tirbandlikda o'tkazadi.
№1. London - 101 soat
London – Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining poytaxti va eng yirik shahridir.
Buyuk Britaniyaning asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Shahar iqtisodiyoti mamlakat iqtisodiyotining beshdan birini egallaydi. Yuqori darajali dunyo miqyosidagi shaharlar qatoriga kiradi, hamda yetakchi jahon moliyaviy markazlaridan biri hisoblanadi.
Shaharning maydoni 1706 km2, aholisi 8,5 million kishidan ortiq.
London juda katta megapolisdir, shuning uchun bu yerda avtomobillar juda ko’p. Reytingda "sharafli" birinchi o'rinni London egallaydi. Londonliklar yiliga o'rtacha 101 soatni tirbandlikda o'tkazadilar.
Сообщения из Facebook