Futbol bo’yicha birinchi jahon chempionati: qachon, qayerda o’tkazilgan. Birinchi jahon chempioni
Futbol bo’yicha birinchi jahon chempionati: qachon, qayerda o’tkazilgan. Birinchi jahon chempioni
Futbol – butundunyo bo’yicha eng ommabop sport o’yinlaridan biri hisoblanadi. Millionlab odamlar bu o’yinni o’ynaydilar, milliardlab muxlislar esa stadion yoki televizor ekranidan turib, ishtiyoq bilan tomosha qiladilar. Yam-yashil maydon, muxlislar to’la tribulanalr – bularning hammasi o’zgacha maftunkorlikni yaratadi. Match boshlanish arafasida, futbolchilar maydonga chiqadilar, arbitrning hushtagi chalinishi bilan jozibali o’yin boshlanadi!

Futbolning kelib chiqishi

Biz hozir o’ynaydigan futbol XIX asrning o’rtalarida Angliyada paydo bo’lgan va asta-sekin dunyo bo’ylab tarqala boshlagan. Avvaliga ko’cha jamoalari, so’ngra esa shahar va milliy jamoalar tuzila boshlandi. 

Biroq futbol olg’a qadamlar bilan Yer yuzini qamrab olishiga hamda muxlislarining soni tobora ko’payib borishiga qaramasdan, uzoq vaqt mobaynida rasmiy xalqaro musobaqalar qatoriga kiritilmagan. 1908 yilga kelibgina havaskorlar futboli Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritildi.

Birinchi chempionat

Futbol ommaviylashgan sari unga bo’lgan munosabat ham o’zgara bordi. Va  asta-sekinlik bilan havaskorlar o’yinidan profesionallar o’yiniga aylanib bordi. Aynan ana shu narsa 1928 yilda bo’lib o’tayotgan FIFA kongresida birinchi jahon chempionatining tashkillashtirilishi haqida qaror qabul qilinishiga turtki bo’ldi.

Bu turnirni o’z hududida o’tkazish uchun bir necha mamlakatlar raqobatlashdilar: Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Vengriya va Urugvay. Bu bellashuvda Urugvay eng ko’p ovoz bilan g’olib chiqdi va futbol bo’yicha ilk jahon chempionatini o’z hududida o’tkazish huquqini qo’lga kiritdi. 

Turnir qatnashchilari

Jahon chempioni nomiga sazovor bo’lish uchun Montevideoda bo’lib o’tayotgan turnirga bor-yo’g’i 13 ta jamoa tashrif buyurdi. Ulardan yettitasi Janubiy Amerika, ikkitasi Shimoliy va Markaziy Amerika va to’rttasigina Yevropa manfaatlarini himoya qilish uchun keldi. 

“A” guruhida Frantsiya, Meksika, Argentina hamda Chili kabi mamlakatlarning jamoalari o’ynadi.

“B” guruhida Braziliya, Boliviya va Yugoslaviya jamoalari o’ynadi.

“C” guruhida Ruminiya, Urugvay va Peru jamoalari o’ynadi.

“D” guruhida Belgiya va Paragvay o’ynadi.

Ilk matchlar

Turnirning ilk matchlari 1930 yilning 13 iyulida bo’lib o’tdi. Unda Frantsiya bilan Meksika hamda AQSH bilan Belgiyaning terma jamoalari uchrashdi.Fransuzlar 4-1 hisob bilan, amerikaliklar esa 3-0 hisob bilan raqiblari ustidan g’alaba qozondilar.

Jahon chempionatidagi ilk golning muallifi Frantsiyaning yarim himoyachisi Lyusyen Loran bo’ldi. 

Yarim finallar

Eng birinchi yarim final o’yinlari esa 26 iyul kuni Argentina hamda AQSH jamoalari o’rtasidagi match bilan boshlandi. Birinchi taym argentinaliklarning g’alabasi bilan 1-0 hisobi bilan yakunlandi, ikkinchi taymda esa ular yana beshta gol urdilar, amerikaliklar esa bor-yo’qi bitta gol bilan javob qaytardilar. Final hushtagidan keyin arbitr 6-0 hisobini hamda Argentina g’alabasini qayd etdi.

27 iyulda bo’lib o’tgan yarim finalning ikkinchi o’yini ham huddi shunday hisob bilan yakunlandi. Bunda Urugvay hamda Yugoslaviyaning terma jamoalari uchrashgan edi. 

Final

Futbol bo’yicha birinchi jahon chempionatining hal qiluvchi final o’yini 1930 yilning 30 iyulida Sentenarioda 93 ming tomoshabin ishtirokida bo’lib o’tdi. Bunda  Argentina bilan Urugvay jamoalari uchrashdi. Birinchi taymda urugvayliklar o’z uylarida argentinaliklarga 1-2 hisobda yutqazib turgan edilar. Biroq ikkinchi taymda o’yin jarayoni tubdan o’zgarib ketdi: Urugvay jamoasi uchta to’pni argentina darvozasiga urub, umumiy hisobni 4-2 ga yetkazdi va tarixda ilk bora futbol bo’yicha jahon chempioniga aylandi.

Qiziqarli faktlar

*Futbol bo’yicha ilk jahon chempionatida taklifnoma olgan har qanday mamlakat qatnashishi mumkin edi. Ammo shunga qaramasdan, ko’pgina Yevropa mamlakatlari iqtisodiy sabablar tufayli ushbu turnirda qatnashishdan bosh tortdi.

*Ishtirok etuvchi jamoalarning kamligi uchun jahon chempionatining tarixida yagona marta saralash turniri o’tkazilmadi.

*Guruh turniridagi g’alabasi uchun jamoa hozirgidaka uch emas, ikki ochkoni qo’lga kiritar edi. 

*Birinchi jahon chempionatida “turnirning rasmiy to’pi” bo’lmaganligi uchun turnirning final matchi terma jamoa o’yinchilari o’rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqmaganligi uchun ikkita to’p bilan o’tkazilgan. Birinchi taymda argerninaliklarning to’pidan, ikkinchi taymda esa urugvayliklarning to’pidan foydalanilgan. Turning rasmiy to’pi esa 1970 yilda paydo bo’ldi.

*Futbol bo’yicha birinchi jahon chempioni bo’lgan Urugvay jamoasiga ushbu turnirni tashkillashtirgan FIFA prezidenti Jyul Rime nomli kubok topshirilgan, Unda g’alaba timsoli bo’lmish qadimgi yunon ilohi – Nika tasvirlangan edi. Keyinchalik bu kubok g’olibdan g’olibga o’tib kelavergan. Biroq 1970 yilda bu sovrin futbol bo’yicha jahon chempionatida uch marotaba g’oliblikni qo’lga kirintgan Braziliya terma jamoasiga butunlay taqdim etilgan.

*Uchinchi o’ringa da’vogar bo’lgan AQSH va Yugoslaviya jamoalari o’rtasida match o’tkazilmagan.

*Sakkiz to’pni raqiblar darvozasiga kirita olgan Urugvay terma jamoasining o’yinchisi Gilyermo Stabile chempionatning eng yaxshi hujumchisi, deya qayd etildi.

*Futbol bo’yicha birinchi jahon chempionatining bo’lib o’tganiga ancha yil bo’ldi. Shunga qaramasdan, bu musobaqa ommabopligini saqlabgina qolmasdan, eng nufuzli musobaqalardan biriga aylana oldi. Bu dunyo bo’yicha milliardlab muxlislariga ega bo’lgan va ular tomonidan sabrsizlik bilan kutiladigan haqiqiy bayramdir. Urugvay esa nafaqat 1930 yilda o’z hududida futbol bo’yicha birinchi jahon chempionatini o’tkazgan davlat, bakli uni g’olibiga ham aylangan mamlakat sifatida tarixga kirdi.     

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook