
просмотров
Uorren Bitti – ilk faoliyatini kalamush ovlashdan boshlagan. Aniqroq qilib aytganda, zararkunandalarga qarshi kurash xizmati xodimi bo’lgan.

Bred Pitt - El Pollo Loco savdo markasi uchun jo'ja kiyimidagi masxaraboz bo’lgan.

Elen Dejeneres- televizion boshlovchiga aylanishdan oldin ko'plab oddiy ishlarni sinab ko'rgan va bir muncha vaqt Luiziana shtatida ishladi, u yerda ustritsalarni chig'anoqlardan qanday chiqarishni o'rgandi.

Shon Konnery tobutni tozalovchi bo’lib ishlagan.

Metyu Makkonaxi - tovuqxonani tozalovchi kasbi bilan shug’ullangan. Bundan tashqari u qushlarga ovqat yetkazib beruvchi ham edi.

Megan Foks- "smuzi" kafesida bufetchi bo’lgan. Eng ajablanarlisi u ahmoqona banan kostyumida ishlashi kerak edi.

Jina Devis - maneken. Bu aynan ko'pchilik o’ylagandek model emas, balki qo'g'irchoq maneken bo’lib ishlagan.

Sindi Krouford - ilk faoliyati davomida makkajo'xori tozalash bilan shug’illangan.

Mayli Sayrus– hojatxona tozalovchisi bo’lgan. U birinchi ishini tozalash kompaniyasida boshlagan.

Morgan Frimen-professional raqqosa bo'lgan. Keyinroq u Xudo tomonidan berilgan aktyorlik iste'dodini kashf etadi.

Сообщения из Facebook