Jangchi qullar – gladiatorlar haqida qiziqarli ma’lumotlar
Jangchi qullar – gladiatorlar haqida qiziqarli ma’lumotlar
Gladiatorlar Rim jangchilari bo’lib, odamlar tomoshasi uchun arenalarda urishar edilar. Ilk gladiatorlik janglari qadimgi etrusk xalqining dafn marosimidagi odatlardan kelib chiqqan. Bu odatlar shuningdek qurbonlikni ham bildirar edi.

Asta-sekinlik bilan bu odatlar o’zgara bordi, o’limga hukm qilinganlar arenada jang qilib, ommani hursand qilishi kerak edi. Jangchilardan eng kuchlilariga o’lim hukmi bekor qilinar, ba’zilari esa hatto ozod ham qilinar edi.

Dastlabki gladiatorlik janglari Rimda eramizdan 264 yil avval tashkil qilingan. Bu janglar ommani shunchalik junbushga keltirdiki, ular Rim solnomalariga kiritildi. Neron gladiatorlik turnirlarini o’tkazishga ruhsat bergan birinchi imperator bo’ldi. Bu turnirlarda hattoki ozod ayollar ham ishtirok etishlari mumkin edi. 66 yilda imperator tomonidan arman podshosi Tiridat sharafiga Puteola shahrida ilk bor gladiatorlik janglari o’tkazildi. Bu janglar 400-yillargacha  davom etdi, Rim imperiyasi xristianlikni qabul qilganidan keyin esa janglar ta’qiqlandi.

Odatda barcha gladiator jangchilari qullar edi. Quldorlar bunday gladiatorlik turnirlari uchun eng kuchli va baquvvatlarini tanlab olar edilar. Jangchi-qullarga tibbiy yordam ko’rsatilar, ularga mashqlar qildishar va yaxshi munosabatda bo’lishar edi. Gladiatorlik turnirlari o’tkaziladigan kunlar rimliklar uchun haqiqiy bayram edi. 

Turnirning birinchi bosqichida o’limga mahkum qilingan gladiatorlar she’r va arslonlar bilan olishishlari zarur edi. Agar ular yirtqichlarni yutib chiqsalar, ular o’limdan qutilib qolar edilar. Borduyu, jang vaqtida gladiator yaralanib, shafqat so’rasa, omma uning yashash yoki yashamasligini hal qilar edi. O’lim hukmi uchun tomoshabinlar bosh barmoqlarini pastga qaratishar, afv qilishsa, oq ro’molcha bilan ishora berar edilar. Shunisi qiziqki, imperator Kommod bunday janglarni xush ko’rar va o’zi ham ularda ishtirok etar edi va tabiiyki, har hal g’olib bo’lardi. 

Gladiator-qulga ega bo’lish aristokratlar uchun sharaf edi. Hattoki buyuk Yuliy Sezarning ham gladiatorlari bo’lgan, biroq ular jang uchun emas, qo’riqlash va himoya uchun xizmat qilganlar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook