Kayfiyat ko’tarishning eng oson 12 usuli bilan tanishing.
Kayfiyat ko’tarishning eng oson 12 usuli bilan tanishing.
Ijobiy hissiyotlarni uyg’ota oluvchi bir qancha vositalar mavjud. Quyidagi ro’yxat orqali ular haqida bilib olasiz.

Sevimli musiqa

Sevimli musiqani eshitib roxatlanishdan ortiq narsa bormi?   Yoqimli notalar g’amginlikni quvadi va beixtiyor tabassum qila boshlaysiz.

Yalpizli kokteyl

Yalpiz –ajoyib antidepressant bo’lib, u mazali ichimlik bilan birga iste’mol qilinganda sizga rohat bag’ishlaydi.

Yangi xarid

Juda ko’pchilik uchun yangi buyum harid qilish kayfiyatni ko’taruvchi kichik bayram hisoblanadi.

Yorqin rangli lab bo’yog’i

Ayollar yorqin qizil rangli lab bo’yog’idan foydalangan daqiqalarida ikki marta ko’proq kulishlarini olimlar isbotlab berdilar. Sizning paydoz qutichangizda yorqin rangli lab bo’yog’I bormi?

Mazali qulupnay

Yetilgan, mazali , past kaloriyali ushbu reza meva optimizim gormoni – serotoninni ham o’z tarkibida saqlaydi.

Kapalaklarni kuzatish

Unga imkon qadar ko’proq e’tibor qarating. Kapalak yoki o’zingizni ovoz chiqarib tasvirlang.

Muzqaymoq

Qomatingiz haqida qayg’ursangiz ham muzqaymoq tanovulidan o’zingizni cheklamang. Muzqaymoq sotib oling va shirinlikdan rohatlaning.

Sport

Bu bilan harakatchanlik quvvati va bir olam ijobiy hissiyotlarni kafolatlagan bo’lasiz.

O’yinlar va sevimli mashg’ulot

Butun diqqat – e’tiboringizni jalb qiladigan mashg’ulot toping. Buning sharofati bilan ko’plab g’amgin hayollarni quvib yuborasiz.

Yoqimli hotiralar

Oilaviy albomni oching. O’zingizni baxtli sanagan onlaringizda tushurilgan suratlarni ko’zdan kechiring. Xayolan baxtli onlarga sayr qilib, mayda tavsilotlargacha eslashga urinib ko’ring.

Sayr

Inson ruhiyatining toza havodagi sayr bilan ijobiy bog’liqligi tasdiqlangan. U yurak faoliyatini yaxshilab, salomatlikni izga tushiradi va kayfiyatni ko’taradi.

Sarafan

U yoz, chiroyli hordiq chiqarish va yaxshi kayfiyat timsolidir. Istasangiz sarafanni o’zingiz tikishingiz mumkin. Bunday holatda tikish uchun yengil matoni tanlang. Uning qanday uzunlikda bo’lishini o’zingiz hal qiling

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook