3,861
просмотров
просмотров
Oramizda har bir inson oddiy retseptlarni xush ko‘rsa kerak, ammo oddiy retseptlar yordamida hashamatli taom va shirinliklar pishirib bo‘lmasligini ham ko‘pchilik biladi. Biroq, mashhur oshpaz Jeymi Oliver tavsiyalariga ko‘ra tayyorlanuvchi ushbu retsept oson tayyorlanganiga qaramay haqiqatan ajoyib bo‘lib chiqadi.
Kerakli masalliqlar:
250 gr sariyog‘
220 gr asal
4 dona tuxum
150 gr yong‘oq
150 gr un
1 choyqoshiq qavartma (razrixlitel)
Glazur uchun:
100 gr shokolad
200 ml qaymoq
1 choyqoshiq sariyog‘
Tayyorlanish usuli:
Yumshatilgan sariyog‘ mikser yordamida ko‘pirtiriladi.
Massa ichiga asal qo‘shiladi.
Shundan keyin idish ichiga birin-ketin tuxum chaqiladi.
Yong‘oqlar blenderda maydalab olinadi.
Asosiy massa ichiga qavartma, un va yong‘oqlar qo‘shib aralashtiriladi.
Xamir qolip ichiga solinadi va 160 daraja haroratda 40 daqiqa pishiriladi.
Tayyor korj sovitgach, qolipdan ajratiladi.
Glazur uchun qaymoq, sariyog‘ hamda bo‘laklangan shokolad suv bug‘ida eritib olinadi. Glazur korjga surtib chiqilgach, tayyor tortning ustki qismi bezatiladi.
Сообщения из Facebook