5,120
просмотров
просмотров
2019-yilning dekabr oyida Xitoyda avval ma'lum bo'lmagan koronavirus aniqlandi. Kasallik o'limgacha olib boradigan yuqumli zotiljam rivojlanishiga olib keladi.
Virus hozirgacha kam o'rganilgan. Birinchi bo'lib kasallik Xitoydagi Uxang dengiz mahsulotlari va hayvonlarning ulgurji bozorida aniqlandi. Hozirgi kunda esa kasallik nafaqat Xitoyning boshqa shaharlarida, balki AQSH'da ham kuzatilmoqda.
Koronaviruslar - 38 turni o'z ichiga olgan viruslar oilasidir. Ulardan faqat oltitasigina odamga yuqishi mumkin edi, yangi kasallik virusi esa yettinchisiga aylandi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, virus hayvonlardan tarqalgan, endilikda esa odamdan odamga ham yuqmoqda. Alomatlar orasida yutal va nafas olishning qiyinlashishi ham bor.
Xavfli Koronavirusning tarqalishi
Koronavirusdan qanday himoyalanish mumkin?
Virus yuqtirish xavfini kamaytirish uchun quyidagilarga amal qilish kerak:
- Qo'llarni sovunlab yuvish yoki spirt bilan artish;
- Yutalganda yoki aksirganda og'iz va burunni yopish;
- Tumov yoki gripp alomatlari bor insonlar bilan himoyasiz yaqin aloqada bo'lmaslik;
- Isitma, yutal va nafas olish qiyinlashishi paydo bo'lishi bilan shifokorga murojaat qilish;
- Jonivorlar sotiladigan bozorlarga borilgan taqdirda, himoyalanmasdan turib hayvonlarni ushlash yoki hayvonlar tegishi mumkin bo'lgan joylarga tegishdan saqlash;
- Ovqatni, ayniqsa go'sht mahsulotlarini yaxshilab pishirish.
O'zingizni va salomatligingizni asrang!
Сообщения из Facebook