Maykl Jekson vafotidan oldin yashagan ulkan qasrning ichki ko’rinishi qanday edi?
Maykl Jekson vafotidan oldin yashagan ulkan qasrning ichki ko’rinishi qanday edi?
Aafsonaviy pop yulduzining iqtidori, g'aroyib didi chindan ham shov-shuvli. 9,5 million dollarga sotuvga qo'yilgan Maykl Jekson o’limidan oldin yashagan ulkan qasrining ichki qismi bunga yaqqol misoldir.

Aslini olganda barcha sevgan pop qiroli bu saroyning haqiqiy egasi emas edi: u 2007 yildan to 2009 yil vafotigacha uni ijaraga olgan.

Ko'chmas mulkning kattaligi juda ulkan: asosiy binoning maydoni 8000 kvadrat metrdan ziyod, mehmonxona maydoni esa mingga yaqin. Qasr hatto o'zining kichik cherkoviga ham ega . U 70 o'ringa mo'ljallangan va nasroniylarning haykallariga to'la. 

Bino1950-yillarda Mexiko shahrida teatr egasi Xorst Shmidt tomonidan qurilgan va keyin g'ishtdan g'isht bilan Nevadaga ko'chirilgan. Tarix davomida uning joylashuvi bir necha bor o'zgargan. Qasr egasi mehmonini rozi qilish uchun bezaklarini uning didiga mos ravishda o'zgartirdi.

Qasrda chiroyli favvora bo'lgan katta hovli bor: bu elementning mavjudligi Meksika mulklari uslubining saroy tuzilishiga ta'siridan dalolat beradi.

Mexmonxonasida katta tosh kamin ustida Maykl Jeksonning ulkan portreti bor. Ushbu xona divanlar, zamonaviy jurnal va ovqatlanish stollari bilan jihozlangan.

Saroyning uslubi eklektikdir: hatto hammom (ularning 7 tasi) va basseynlar (ularning 12tasi) alohida olam. Yotoqxona kichik bar, kamin va ulkan ko’zgu bilan ayniqsa qoyilmaqom ko'rinadi. Qasrda shaxsiy badiiy galereya mavjud. Aytgancha, saroy hatto o'zining maxfiy o'tish joyi bilan jihozlangan, Maykl Jekson ko'pincha jurnalistlar e'tiboridan qochish uchun undan foydalangan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook