просмотров
Munajjimlar ma’lum burj vakillari o‘zaro oila rishtalarini bog‘lasalar, ushbu oilaning kun kelib o‘ta badavlat bo‘lib ketishi haqida ma’lumot berganlar. Shuni ham aytib o‘tishni istardikki, oilaning farovonlikda hayot kechirishi nafaqat burjlar, balki mehnat, umumiy maqsadlar va o‘zaro tushunish hissiga ham bevosita bog‘liq.
Qo‘y + Tarozi
Qo‘y va Tarozi burji vakillari o‘zaro munosabatlarda bir-birlarini ajoyib tarzda to‘ldiradilar. Ular birgalikda hayot kechirsalar turmushdagi muammolarni yengib o‘tishlari ham nisbatan osonroq bo‘ladi. Omadsizlikka uchragan vaqtlari tushkunlikka tushib o‘tirmaydilar, shu sababli bunday juftlikdan omadsizlikning o‘zi ham qo‘rqadi.
Qo‘y va Tarozi burji ostida tug‘ilgan juftliklar pul tejashni yoqtirmaydilar, ammo pulni qanday ishlab topish kerakligini ham yaxshi bilishadi va erishilgan natijalarning o‘zi bilan cheklanib ham qolishmaydi.
Bu kabi juftliklar hayotida Tarozi barqarorlik va harakat uchun javob bersa, Qo‘y burji vakili ishonch va umumiylik uchun harakat qiladi. Ularni mukammal juftlik sifatida tilga olish mumkin. Bunday juftlik hayotida barcha narsa - ijobiy potensial, ehtiyotkorlik, ishonch, motivatsiya va ajoyib ambitsiyalar o‘zaro uyg‘unlashgan.
Qovg‘a + O‘qotar
Bu ham mukammal juftliklarning yana biridir. O‘qotar burji vakillari yolg‘izlikda ham boyib ketishlari mumkin, Qovg‘a burji vakillari esa ana shu boylikni saqlash va to‘g‘ri sarflashga yordam beradi.
Bunday juftlikda farovon yashash uchun kerakli barcha sharoitlar bo‘ladi. Moliyaviy muvaffaqiyat Qovg‘a va O‘qotar juftligiga har bir qadamda hamrohlik qiladi, ular bir-birlarining kamchiliklarini to‘ldirgan holatda shaxsiy qobiliyatlarini ham rivojlantirib boradilar.
Juftlikning harikki vakili ham tabiatan tadbirkordirlar. Qovg‘a barcha murakkab vaziyatlarda sokin sharoitni saqlab turadi, O‘qotar esa yangi g‘oyalarni taqdim etadi.Barchasi o‘z iziga tushgan vaqtida O‘qotar kelishuvlarni ajoyib tarzda amalga oshira oladi. Eng qizig‘i, ushbu ikki burj vakili kerak bo‘lgan vaqtda biznesdagi rollarini almashtira oladilar va shu orqali ham bir-birlarini doim qo‘llab-quvvatlab turadilar.
Yo‘lbars + Sunbula
Sunbula burji ostida tavallud topgan insonlar tabiatan o‘ta ehtiyotkor va tejamkor bo‘lishadi. Ular hamisha barcha vaziyatlarni nazorat ostida ushlashga harakat qiladilar. Yo‘lbarslar Sunbulaga ilhom beradi, ularni qulaylik hududidan tashqari chiqishlari uchun imkon yaratadi.
Yo‘lbarslar Sunbuladagi aqliy imkoniyatlarni yanada rivojlantira oladilar. Yo‘lbarslar tabiatan juda topqir bo‘ladilar, Sunbula esa g‘oyalarga ishlov beradi, unga sayqal berishni uddalaydi. Ushbu juftlik oilaviy munosabatlar bilan bog‘langanlaridan so‘ng haqiqatan farovonlik tomon qadam tashlashlari mumkin. Agar Yo‘lbars va Sunbula bir-birlarining kamchiliklarini to‘ldirib borsalar, boyib ketish imkoniyati yanada oshadi.
Buzoq + Baliq
Ushbu juftlikning ijobiy potensiali haddan tashqari katta. Buzoqlar kelishuvlarni amalga oshirish va ishlarni rejalashtirish borasida ustasi farang bo‘lishadi. Ular kerak bo‘lgan vaqtlarda ehtiyotkor va makkor bo‘lishni ham bilishadi, aynan mana shu sifatlar Baliqlarda yetishmaydi. Baliqlarga aynan Buzoq burji vakillari kabi juftlar kerak, ular Baliq burji vakillarining emotsional holatini nazorat qilishga yordam beradi. Shu sababli ham ular moliyaviy masalalarda bir-birlarini to‘ldirib turishadi.
Baliqlar oilaviy munosabatlarda Buzoq burji vakillarining maslahatlariga quloq solishlari va unga amal qilishlari kerak. Ammo shuni ta’kidlash joizki, ushbu burj vakillari orasidagi muhabbat tuyg‘ulari haddan tashqari kuchli bo‘lmasligi mumkin. Kuchli muhabbat tuyg‘usi munosabatlar debochasidan ko‘p yillar o‘tib, sabr natijasida kelib chiqadi.
Egizaklar + Qisqichbaqa
Egizaklar va Qisqichbaqa burji vakillari tabiatan ijodkor shaxslar bo‘lishadi. Qisqichbaqa Egizaklarga butun umr davomida ilhom berib turadilar. Egizaklarda baxtli, omadli, muvaffaqiyatli bo‘lish uchun kerakli barcha qobiliyatlar bor. Ammo ularning o‘ta serg‘ayrat ekanliklari ba’zan teskarisiga ishlaydi. Shu sababli ham o‘z quvvatlarini behudaga sarflab yuborishlari mumkin. Qisqichbaqa burji vakillari esa ularning aynan mana shu jihatlarini nazorat ostida ushlab turadilar.
Biznesda ham ularni olamshumul muvaffaqiyat kutadi, sababi ularning orasidagi ruhiy bog‘liqlik haddan tashqari kuchli. Biznesdagi asosiy ishlarni Qisqichbaqalar hal qilsalar, Egizaklar ularga yangi g‘oyalar taqdim etadi.
Tog‘ echkisi + Chayon
Ushbu juftlik donishmandlik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, kamtarlik va ijodkorlik borasida har kimni ortda qoldirishlari mumkin. Tog‘ echkilari tabiatan o‘ta ishbilarmon va aqlli bo‘lishadi. Chayonlar esa iqtidorlari bilan barchani hayratga solishadi. Ular odatda bir sohada ishlamasalar ham, ham ishda bir-birlariga yordam berishadi.
Ular butun umr davomida o‘zaro hurmat, muhabbat va ishonch hissi bilan hayot kechiradilar. Bu esa ularning boyib ketishlari va farovonlikda yashashlari uchun yordam beradi.
Ushbu munosabatlardagi asosiy tushuncha hotirjamlik bo‘lib, bu o‘z navbatida moliyaviy muvaffaqiyatlarga olib keladi.
Сообщения из Facebook