просмотров
Majburiy rad etish holati
“Nobel mukofotidan ham voz kechish mumkin ekanmi?”,- deb so’rashingiz mumkin. Ha, mumkin, faqat o’z xohish bilan emas, siquv ostida. Bunday hol rus yozuvchisi Boris Pasternak bilan 1958 yilda sodir bo’lgan. Aynan shu yili Nobel komiteti unga “Doktor Jivago” romani uchun taqdirlanishi haqidagi quvonchli xabarni yetkazgan edi.
Bunga javoban yozuvchi telegramma yubordi: “Behad minnatdorman, ta’sirlandim, lolman va xijolatdaman”. Shundan keyin Sovet Ittifoqi Komunistik Partiyasining Markaziy Komiteti tomonidan Pasternakning siquvga olinishi boshlandi. O’z vatanida hayoti davomida qilgan mehnati, yozgan asarlari antisovet, ya’ni sho’rolar tuzumiga qarshi, deb tan olindi, mahoratining dunyo miqyosida tan olinishi esa – davlatga qarshi munosabat, deb baholandi.
Xujumlar gazetadagi maqolalarda ham davom etdi, Boris Pasternakni yozuvchilar Uyushmasidan chiqarib yubordilar, uning tomonidan tarjima qilgan pyesalar teatr repertuaridan olib tashlandi. Ish shu darajaga yetdiki, uni Sovet Ittifoqi fuqaroligidan o’chirishni talab qilishdi. Bu oxirgi tomchi yozuvchining sabr kosasini to’ldirib yubordi va u oxir-oqibat mehnatlari evaziga erishgan ushbu nufuzli mukofotdan voz kechishga majbur bo’lgan.
Yillar o’tib, haqiqat qaror topdi, biroq yozuvchining o’zi bu quvonchli kunlarga yetib kela olmadi. Nobel mukofotining diplom va medali yozuvchining o’gliga topshirildi.
O’z egasiga qaytib kelgan Nobel mukofoti
Bu voqea bo’lib o’tganiga uncha uzoq vaqt bo’madi. U buyuk biolog Jeyms Uotson bilan bo’lib o’tdi. Uotson va uning hamkasblari 1962 yilda DNK (irsiyat kodi) ni kashf qilganliklari hamda uning molekulasini modellashtirganliklari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’lganlar. Bu kashfiyot ham ilm-fan olamida haqiqiy inqilobni yaratdi va inson irsiyatini o’rganishga turtki bo’ldi. Oxirgi yillarda bu olim saraton kasalligining tadqiqodi bilan shug’ullanmoqda va unga qarshi davo topishga harakat qilmoqda.
Darsliklardan gonorar olish to’xtatilgandan keyin olimning yagona daromadi – uning oyligi bo’lib qoldi. Biroq bu pullarga tadqiqot olib borib bo’larmidi? Ammo olim ilmiy ishini ham to’xtata olmas edi, chunki bu ish – hayotining butun mazmuniga aylangan edi. Shuning uchun Uotson 2014 yilda Nobel medali unga qanchalik muhim va qadrli bo’lishiga qaramasdan, uni sotishga qaror qiladi.
2014 yilning oxirida lot Christie’s auktsionida sotuvga qo’yildi. Shaxsini oshkor qilishni istamagan noma’lum sirli bir xaridor besh million dollar evaziga ushbu medalni sotib oladi. Medalni sotib olgan xaridor uni yana qaytib egasiga topshirdi va bu bilan juda oliyjanob ish qildi!
Nobel mukofotining sirli g’oyib bo’lishi
Gitlerning nemis fuqarolariga Nobel mukofotini olishlarini taqiqlaganini ko’pchilik xabardor, albatta. Bu narsa 1935 yilda Karl fon Osetskiyning millatchilikni qoralagani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlanishi bilan bog’liq. Biroq Germaniyada talantli olimlar juda ko’p bo’lgan, ular Nobel mukofotini ham, medalni ham olishga sazovor bo’lganlar. Shulardan birlari Jeyms Frank hamda Maks fon Lauedir. Mukofotlari musodara bo’lib ketmasligi uchun ularni Kopengagendagi Nils Bor institutiga saqlashga topshirdilar.
1940 yilda Daniya fashistlar tomonidan qurshab olindi. Olimlarning mukofotlari xavf ostida qoldi. Bunday qiyin sharoitda ularni boshqa joyga olib ketib ko’chirish o’ta mushkul ish bo’lib, uni amalga oshirishning hecham imkoni yo’q edi. Shunda bir paytlar Bor bilan hamkorlik qilgan vengriyalik kimyogar Dyord de Xeveshi yordamga keldi.
U medallarni asrab qolishning original g’oyasini taklif qildi – ularni “tsarskaya vodka” suyuqligiga solib, eritish kerak edi. “Tsarskaya vodka” – bu juda kuchli ishqor bo’lib, solyanaya hamda azot kislotalarining aralashmasi hisoblanadi. U har qanday metallarni, shu jumladan oltinni ham eritib yuboradi (nomi ham shundan kelib chiqqan).
Nemislar boyliklarni topishga qancha harakat qilishmasin, g’arazli niyatlarini amalga oshira olmadilar. Ishqorda eritilgan medallar butun boshli urushdan omon chiqa oldi. So’ngra institut xodimlari ishqordan oltinni ajratib oldilar. Bu oltinlardan Shvetsiya Ilm-fan Akademiyasida yangi medallar quyib yasaldi. Fon Laue va Franklar esa o’zlari kabi og’ir davrni bosib o’tgan ushbu qimmatbaho va qadrli mukofotlarini yana qaytadan qabul qilib olish baxtiga muyassar bo’ldilar. Ilmiy ixtiro mushkul holatdan chiqishga yordam berdi.
Nobel mukofotini topshirish marosimi har yili dekabr oyida o’tkazib kelinadi. Kim bilsin, bu mukofot bilan bog’liq yana qanday qiziqarli faktlar ochilar ekan. Yashasak, ko’ramiz!
Сообщения из Facebook