3,443
просмотров
просмотров
Oʻzbekistonda “Qamchiq” va “Taxtaqoracha” dovonlarida yangi pullik tonnellar hamda yangi pullik yoʻllar qurilishi rejalashtirilmoqda – prezident qarori.
Oʻzbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yoʻllari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida 9-dekabr kuni imzolangan 4545-sonli prezident qarorida aytib oʻtilgan.
Qarorda xususan, davlat-xususiy sherikchilik shartlarida quyidagi pullik avtomobil yoʻllari va tonnellari loyihalarini aytib oʻtilgan:
- “Qamchik” dovonida yangi pullik tonnel qurish, Jahon banki bilan hamkorlikda;
- “Taxtaqoracha”dovonida yangi pullik tonnel qurish, YETTB bilan hamkorlikda;
- “Sirdaryo – Baxt” shaharlarini aylanib oʻtuvchi pullik avtomobil yoʻli qurilishi;
- “Toshkent – Samarqand” pullik avtomobil yoʻli qurilishi;
- “Toshkent – Andijon” pullik avtomobil yoʻli qurilishi;
Yuqoridagi yangi loyihalar 2020 yil davomida oʻrganib chiqilib, uni ijro etuvchi tashkilotlar tender asosida tanlab olinadi. Tender gʻolibi bilan shartnoma 2021 yilning may oyida imzolanishi rejalashtirilgan.
Loyiha maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda – u belgilangan tartibda toʻxtatiladi, deyilgan qarorda.
Сообщения из Facebook