просмотров
1974 yilgi penni (tanga)
Robert Denversning otasi bir paytlar Denver shahridagi tangalar ishlab chiqaruvchi korxonaning boshlig’i lavozimida ishlagan va tabiiyki har xil tangalarni kollektsiya qilishni yoqtirgan. U tangalarni ovqat solish uchun mo’ljallangan bir kichkinagina idishda saqlagan. O’limidan oldin u bu idishni o’g’liga vasiyat qilib qoldirgan. O’g’il bu tangalarga uncha e’tibor bermagan va uzoq yillar esidan ham chiqarib yuborgan. Boshqa uyga ko’chib o’tayotganida Robert bu idishga yana ko’zi tushib ehtiyot shart uni baholovchiga ko’rsatib ko’rgan va tahminan barchasi 300$ atrofida tursa kerak, deb o’ylagan. Ammo… Tangalarni ko’zdan kechirayotib ekspert ularni ichidan 1974 yilda chiqarilgan, alyuminiydan tayyorlangan 1 penni (tanga) ni ko’rib qoladi – bu haqiqiy xazina edi. Chunki bu tanga gaz suvli avtomat budkasi uchun mo’ljallab chiqarilgan edi, biroq avtomat bu tangani qabul qilmagan, shuning uchun uni muomaladan chiqrib yuborishgan. Atigi 10 dona chiqarilgan bu tanganing bahosi bugungi kunda 2 mln. dollarga teng.
AQSH Mustaqilligi Dekloratsiyasining nusxasi
AQSH Mustaqilligi Dekloratsiyasi mamlakat tarixidagi eng ulug’ va muhim hujjat hisoblanadi, uning asl nusxasi Milliy arxivda saqlanadi va kuchli qo’riqlanadi. Ushbu hujjatning huddi shunday 25 ta nusxasi bo’lib, juda qimmat turadi.
1989 yilda eski-tuski buyumlar bilan qiziquvchi bir odam baraxolkadan bir necha dollar evaziga eski rasmni sotib oladi. Uni qiziqtirgan narsa rasm emas, rams joylashtirilgan yog’och ramka edi. Bu ramkaga boshqa suratni joylashtirmoqchi bo’lib, uni ochganida orqa tarafida o’sha Mustaqillik Dekloratsiyasining nusxalaridan birini topib oladi. Bu hujjat nusxasini 2 mln dollardan ko’proqqa sotgan eski tuski jig’uvchi bir onda millionerga aylandi qoldi.
The Royal One
Ushbu voqea esa huddi ertakka o’xshaydi: Avstraliyalik Bobbi ismli shaxtyor bir umr konda ishlab, nafaqaga chiqish arafasida edi. Oxirgi ish kunida loyli chelakni yuva turib, uning tubida “qandaydir bir narsa” ni ko’rib qoladi. Bu narsa yuvib, tozalangandan keyin qaralganda, qimmatbaho tosh ekanligini aniqlanadi. 306 karatli bu tosh 756 ming dollarga sotilib, egasini boy qildi.
Сообщения из Facebook