просмотров
1-usul
Oshxona pardasidagi yog’li dog’ni ketkazish uchun kir sovundan foydalanish mumkin. Chuqur tog’orani iliq suv bilan to’ldiring, uning ichiga yarimta kir sovun bo’lagini qirib soling. Pardani mana shu tog’oraga soling va bir soat davomida ivitib qo’ying. So’ngra dog’li joylarini yaxshilab ishqalang va pardani butunligicha yuving.
2-usul
Tog’orani suv bilan to’ldiring, 1,5 osh qoshiq ichimlik sodasi qo’shing va yaxshilab aralashtiring. Pardani tog’oraga soling va kir sovun bilan dog’larni ishqalab chiqing. So’ngra tog’oraga idish-tovoq gelidan qo’shing-da, yana bir bor ishqalab chiqing. Ana endi pardani tog’orada 1-2 soatga ivitib qo’ying. Ivib bo’lgandan keyin pardani qo’lda ishqalab yuving, natija sizni hayron qoldiradi.
3-usul
Bu usul yangi dog’lar uchun to’g’ri keladi. Kir bo’lgan joyga idish-tovoq gelidan ozgina surtib qo’ying, 20-30 daqiqaga qoldiring, so’ngra oqar suvda ishqalab, chayib tashang.
4-usul
Pardani yechib, uni chuqur tog’oraga solib qo’ying. Unga ozroq miqdorda suv va 1 osh qoshiq tuz soling, va mana shu suyuqlikda pardani 30 daqiqaga ivitib qo’ying. So’ngra qo’lda yoki kir yuvish mashinasida yuvib tashang.
5-usul
Kir pardani 1 osh qoshiq uksus qo’shilgan suvda ivitib qo’ying. So’ngra qo’lingizda ishqalab, yuvib, yaxshilab chayib oling.
6-usul
Agar oshxona pardangiz haqiqatan ham kirlangan va unda eski dog’ bo’lsa mana shu usuldan foydalaning. Buning uchun sirli tog’orani iliq suv bilan to’ldiring, yarim flakon nashatir spirt va yarim bo’lak kir sovunidan qo’shing, hosil bo’lgan suyuqlikni yaxshilab aralashtiring. Pardani shu tog’opraga soling va 20-30 daqiqa davomida qaynating (suv qaynab chiqqandan keyin, olovni pasaytirishni unutmang). Qaynatib bo’lgach, pardani sovishini kuting, so’ngra qo’lingiz yoki kir yuvish mashinasida yuvib tashlang.
Mana shu oddiy va oson usullar bilan oshxonadagi pardangizning rangi ochiladi va yangiday bo’ladi. Albatta, kirlarni va dog’larni yangiligida ketkazishga harakat qilish kerak, unda oddiy usullar ham qo’l keladi. Bu maslahatlarni oshxona sochig’idagi kirlarni ketkazishda qo’llasa ham bo’ladi.
Сообщения из Facebook