просмотров
Bu odam yog’ochdan yasalgan asosga Uels va Angliya xaritasini yopishtirib chiqdi, so’ngra esa uni bo’laklarga bo’lib, kesib chiqdi. Hosil bo’lgan bo’lakchalarni aralashtirib, geografiya darsida o’quvchilarga ularni to’g’ri qilib yig’ishni o’yin tariqasida tavsiya qilindi. Keyinchalik bu o’yin usuli ta’lim metodikasi sifatida boshqa fanlarda ham qo’llanila boshlandi. Ko’p vaqt o’tmay rasmli bo’lakchalar aristokratlar yig’iladigan to’garaklarning sevimli boshqotirmasiga aylandi.
Spilsberining bo’laklarga bo’lingan xaritasi geografik mavzudagi pazllarni yaratish uchun asos bo’ldi va ular 1766 yildan boshlab sotuvga chiqarildi. O’sha davr rasmli pazllaridan biri bugungi kundaq Britaniya muzeyi eksponatlarining orasida saqlanmoqda.
Ilk xaritali boshqotirmalarni yig’ishni boshlaganlar avvaliga juda qiynaldilar. Pazllarni bir-biri bilan birlashtirish juda musghkul bo’lgan, bitta kichik aniqsizlik esa butun mehnatni chippakka chiqarishi mumkin edi va boshqotirmani boshqatdan yig’ishga to’g’ri kelar edi. Gap shundaki, boshqotirma muayyan bir rasmga qarab yig’ilmas edi, faqatgina biror joyning nomi aytilar edi, xolos. Shuninh uchun qaysi bo’lakni qayerga qo’yishni bilish uchun uzoq fikrlashga to’gri kelar edi. Tabiiyki, bunday vaqtichog’lik yaxshigina pul turar, shuning uchun ham oddiy odamlar bu o’yinga yaqinlasha olmas edilar.
XIX asrda amerikaliklar rasmni karton qog’ozga tushirishni o’rganganlaridan keyingina pazllar ommalasha boshladi. Oq-qora rangli kartonli suratlar ancha arzon turar edi va asta-sekinliki bilan yog’ochli pazllarni sotuvdan chiqarib yubordi.
XX asrga kelib pazllar juda ommalashib ketdi. Bu nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham sevimli mashg’ulotiga aylandi. Bunga Parker Brothers kompaniyasi ayniqsa katta hissa qo’shdi. Endi pazllar faqatgina siyqasi chiqqan geografik xaritani tasvirlabgina qolmasdan, turli shakldagi har xil rasmli bo’lakchalardan iborat edi. Bu bo’lakchalar bir-biri bilan osongina birikib, turli xil rasmlarni hosil qilar edi. Karton ham noyob xom-asho bo’lmay qoldi va o’z-o’zidan pazllarning narxi ham arzonlasha boshladi.
Amerikaliklar Katta depressiya davrida pazllarga ko’proq qiziqa boshladilar. Katta miqdordagi ishsizlar soniga qaramasdan, Amerikada bunday boshqotirmalar sotuvidan kuniga 10 million dollar tushim bo’lar edi.
1932 yilga kelib bo’lakchalardan rasm yig’ishga ishqibozlik misli ko’rilmagan darajaga yetdi. Boshqotirma ishlab chiqaruvchilarining miyasiga ajoyib go’ya keldi: har hafta turli xil mavzulardagi pazllarni yig’ish bo’yicha bellashuv tashkil qilish. G’oliblarning ismini esa hafta oxirida yakshanbalik gazetalarda e’lon qilish. Avvaliga haftalik pazllar 12 ming ekszemplyarda bosilib chiqdi, keyinchalik esa ularning soni 100 va hattoki 200 minggacha ham borib yetdi.
Vaqt o’tgan sayin pazllarga bo’lgan qiziqish asta-sekin susaya borib, anchayin esdan chiqib ham ketdi. Faqatgina 1950m yilga kelibgina Germaniyaning Ravensburger kompaniyasi bu o’yinni esga olib, uni yana tiklanishiga sababchi bo’ldi. Endilikda bu o’yin ixlosmandlari rasmni 1000 va hattoki 5000 bo’lakchalardan yig’ishlari kerak edi.
Mana texnologiyalar rivojlangan XXI asrda ham pazllarga bo’lgan qiziqish saqlanib qolingan. Endilikda bu pazllarni ko’proq internetda yig’ish ommalashgan. Butundunyo o’rgimchak to’ri, ya’ni internet boshqotirmaning turli xil usullarini taqdim etadi. Bu pazllar nafaqat rasmlari va bo’lakchalarining soni, balki yig’ilish uslubi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Yildan-yilga bu o’yinning ixlosmandlari borgan sari ko’payib bormoqda.
Bugungi kunda rasmli bo’lakchalardan deyarli hamma narsani yig’ish mumkin: multfilm qahramonlaridan tortib, shaxsiy suratingizgacha. Rasm bo’lakchali boshqotirmaning mavzusi ham turlicha, ular kattalarga ham, bolalarga ham birdek qiziqarli.
Сообщения из Facebook