Petrikor – yomg‘irdan keyin paydo bo‘ladigan iforni nima uchun yaxshi ko‘ramiz?
Petrikor – yomg‘irdan keyin paydo bo‘ladigan iforni nima uchun yaxshi ko‘ramiz?
Yomg‘irdan keyin hosil bo‘ladigan ajoyib hid ko‘pchilik insonlarga yoqadi, ammo uning ma’lum bir nomga ega ekanligini hamma ham bilmaydi. Ushbu betakror hidning nomi – petrikor.

Petrikor atamasi 1964 yilda olimlar Rodekrik Tomas va Izabella Bearlar tomonidan mazkur hid tadqiq qilinayotgan paytda o‘ylab topilgan. Uning kelib chiqishi grek  tilshunosligiga borib taqaladi. "Retra " – tosh, "chor" –suv degani. 

Yomg‘ir yerga tushgandan keyin hosil bo‘ladigan ushbu ajoyib hid qanday omil ta’siridan kelib chiqadi? 

Qurg‘oqchilik paytlarida o‘simliklar muntazam ravishda o‘zidan turli yog‘lar chiqaradi, ular esa yer va yer jinslari tomonidan singdiriladi. Yomg‘ir yerga tushgan paytda esa suv yer yuzasidagi mayda yoriq va teshiklar ichiga kiradi. U yerdan havo topgach ko‘plab pufakchalar hosil bo‘ladi va yorilgancha yuqoriga mikro tomchilarni otib chiqaradi. Ushbu mayda zarralar tarkibida o‘simliklarning yog‘lari bo‘lib, havo oqimlari bilan to‘qnashadi va atrofga yoyiladi.  Shu tariqa siz sevgan betakror hid hosil bo‘ladi. 

Aynan shu boisdan ham yomg‘ir payti havoda ko‘plab tuproq bakteriyalari bo‘lar ekan. Olimlarning aniqlashlaricha, aynan mana shu jihat immuniteti past bo‘lgan insonlarga xavf tug‘dirishi ham mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook