просмотров
1.Telefonni bir qo'lingizda ushlab, matnni bosh barmog’ingiz yordamida yozsangiz
Agar siz telefonni bir qo’lingizda ushlasangiz bu sizning ko’p qirrali inson ekanligingizdan darak beradi. Siz tartibli va intizomli insonsiz, har doim o’zingiz uchun nima yaxshi yoki yomonligini bilasiz.
Tinglashdan ko’ra ko’proq gapirishni afzal ko’rasiz, lekin besabab pashshaga ham ozor bermaysiz. Chin muhabbatni soxtasidan ajratishni bilasiz. O’z juftingiz uchun har narsaga tayyorsiz.
2.Telefonni ikkala qo’lingiz bilan ushlab, matnni bosh barmog’ingiz yordamida yozsangiz
Bu himoyaga muhtojligingiz, etibor va g’amxorlikka chahqoqligingizdan dalolat beradi. Siz o’z hissiyotlaringizni to’g’ri ifodalay olmaysiz, shuning uchun sizning juftingiz yetarli e’tibor ololmaydi. Muloyimroq bo’ling va his-tuyg’ularingizni odamlarga ko’rsatishdan uyalmang.
3.Telefonni ikkala qo’lingiz bilan ushlab, matnni ikkala bosh barmog’ingiz yordamida yozsangiz
Sizga sizni 100% yaxshi tushunadigan hamroh kerak. Agar sizni ishonchli inson qo’llab quvvatlasa, o’zingizga bo’lgan ishonchingiz yanada ortadi.
Siz o’zingiz tanlagan insonni butun borlig’ingiz bilan sevasiz va o’tmishdagi ko’ngilsizliklarni osonlikcha unutasiz.
4. Telefonnibir qo’lingiz bilan ushlab, matnni boshqa qo’lingizdagi bosh barmoq yordamida yozsangiz
Sizga tinch va mo’tadil hulq-atvor hos. Siz boshqalarni farovonligi uchun barcha narsadan voz kechishga tayyorsiz. Olomonni yoqtirmaysiz, tinch va tanishjoylarni afzal ko’rasiz. Sevgingizda ham sokinlik hukmronlik qiladi.
Siz bardosh berolmaydigan narsa – ko’zyoshlar, ayniqsa yaqinlaringizniki. Sevgan insonlaringizni xatolarini juda tez kechirib yuborasiz.
Сообщения из Facebook