Qanday qilib guldasta umrini "uzaytirish" mumkin?
Qanday qilib guldasta umrini "uzaytirish" mumkin?
Insonlardan gullarni olish qanchalar yoqimli bo’lsa, so’lib qolgach , tashlab yuborish shunchalar ayanchli hamdir. Guldonga solingan gullar umrini “uzaytirish” imkoni bormi? Albatta bor. Quyida keltirilgan qoidalarga amal qilsangiz, gullar 2 – hafta va hatto 1 oy uyingizni yashnatib turadi.

1. Gullarni izg’irin ko’chadan olib kelgan zahoti issiq xonaga olib kirmang. Ularni kirish yo’lakchasida bir muddat qoldirib, undan keyingina issiq xonaga olib kirish mumkin.

2. Guldasta yangi haroratga ko’nikib olgach, guldonga soling. Suvga solishdan avval ortiqcha barglarini kesib tashlang. Aks holda guldondagi suv o’zgarib, gullarni tez so’lishiga olib keladi. Barglarni tozalash jarayonida tikanlarni ham olib tashlash yodingizdan ko’tarilmasin.

3. Gullarni  guldonga solishdan avval bandlarini qiya tarzda uchli qilib kesing. Tekis kesilgan band guldon tubiga tegib kerakli suyuqlikni o’zlashtira olmaydi. Unutmang,  bandlarni suv ichida kesish kerak.

4. Guldastani xona haroratidagi suvga qo’ying va kuniga ikki mahal bir necha dona muz bo’lagidan tashlab turing. Muz mikroorganizmlar rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Yodda tuting, gullar bandini muzdek suvga solish aslo mumkin emas.

5. Gullar uzoq vaqt saqlanishi uchun ajoyib vositalardan biri – shakar va sirka. Buning uchun 1 litr suvga 1 oshqoshiq sirka va 25 g shakar solib qo’yish kifoya.

6. Suvga 1dona asperin tabletkasini tashlab qo’yish ham yaxshi samara beradi. Uning tarkibida suvni tez buzilishidan saqlovchi salitsil kislotasi mavjud. Aspirin tabletkasi o’rniga bura, achchiqtosh va aroqdan foydalanish mumkin.

Shuningdek:

·        Guldondagi suvni har kuni almashtiring va gul bandini oqar suv ostida yuving.

·        Suvni faqat hona haroratidagi suvga quying.

·        Guldastaga quyosh nurini tog’ridan to’g’ri tushmasligiga e’tibor bering.

·        Gullarni gaz plitasi va isitish radiator yaqinida qoldirmang.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook