Qoshlarni qalinlashtirish uchun nima qilish kerak? Uy sharoitidagi eng oson usullar!
Qoshlarni qalinlashtirish uchun nima qilish kerak? Uy sharoitidagi eng oson usullar!
Bugungi kunda urfga kirgan tabiiy qoshlar ko‘rinishi ko‘pchilik ayollarni kundalik yumushga aylangan qoshlarga shakl berish vazifasidan ozod qildi. Qalin qoshlar oxirgi trendga aylandi-yu qoshi ingichkaroq qizlar ham uni qalinlashtirish uchun kerakli usullarni izlashga tushdilar. Biz esa ana shu savollaringizning barchasiga oddiy va oson usullar bilan javob qaytarishga qaror qildik.

Parhez tutib, vitamin va minerallar kompleksini qabul qiling

TarkibidaA, Ye va V 12 vitamini bo‘lgan mahsulotlar iste’mol qiling. Ular sochlar o‘sishini rag‘batlantirib, follikulalarni mustahkamlaydi. Bu kabi vitaminlarni baliq, bug‘doy mahsulotlari, sut, yangi go‘sht, mango, olma, sabzi, kungaboqar va zaytun yog‘lari tarkibidan topishingiz mumkin. Dorixonadan Е va V vitaminlarini harid qilib, 1 ta kapsuladan kuniga 3 marta och qoringa ichishingiz ham mumkin. Bu tezkor natija uchun yaxshi usul. Bundan tashqari kapsulani o‘rtasidan bo‘lib, moyni qoshlarga surtib qo‘ysa ham bo‘ladi. 2-3 daqiqa o‘tgach esa qog‘oz salfetka bilan artib olaverasiz. 

Pardozni tozalash

Yuzdagi pardoz qoldiqlarini tozalash paytida qoshlar uchun maxsus vositadan foydalaning. Unga surtilgan qalam, suvga chidamli tush, mum asosli vositalar tolalarning to‘kilib ketishiga olib keladi. 

Qoshlarni har kuni tarang va uy sharoitida massaj qiling

Qoshlarni qancha ko‘p tarasangiz, shunchalik tez o‘sib, qalinroq ham bo‘ladi. Buning uchun maxsus taroq sotib olish ham yoddan chiqmasin. 

Tatuaj -muammoning vaqtinchalik yechimi holos

Agar qoshlaringizni noto‘g‘ri ko‘rinishda terib qo‘ygan bo‘lsangiz, tatuaj buni yashirish uchun yordam bera oladi. Ammo bunday muolaja paytida teriga maxsus bo‘yoq surtiladi. Shishgan ko‘rinish va ko‘kish rang oradan 2-3 kun o‘tibgina yo‘qolishi mumkin. Bo‘yoq bir necha oy davomida yo‘q bo‘lib ketmaydi, ammo buning vaqtinchalik yechim ekanligini yodda tutish kerak.

Maxsus tush va vositalar

Kosmetik vositalar orasida kipriklar va qoshlarni o‘stiruvchi tushlar ham bor. Ular tolalarga kerakli rangni beribgina qolmay, piyozchalarini rag‘batlantirib, foydali moddalar bilan to‘yintiradi. Odatda ularning tarkibi fitogormonlar va namlantiruvchi vositalardan tashkil topadi. 

Moylar va tabiiy vositalar

Uy  sharoitida, mutlaqo tabiiy vositalardan foydalangan holatda qoshlarni qalinlashtirmoqchi bo‘lsangiz, o‘sma surting. Momolarimizdan qolgan ushbu odatning qanchalar foydali ekanligini sizga tushuntirishning keragi yo‘q. Bundan tashqari ularni chakamug‘ va kanakunjut moylari bilan uqalab turing. Ushbu moylar ularning tezroq o‘sib chiqishiga yordam beradi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook