4,988
просмотров
просмотров
Barokko tushunchasi o’z ichiga hayot uslubi va yashash tarzini jo qilgan. Mazkur uslubning ravnaq cho’qqisi fransuz qirollari va Qirol Lyudovik XVI ning mutloq monarxiyasi shakllanishi davriga to’g’ri keladi.
Barokko uslubi o’ziga hos serhashamlik, ulug’vorlik, soyalar o’yini, ko’rinish elementlarining murakkabligi va dabdabali ko’zgular bilan boshqalardan ajralib turadi.
Bu uslubda ola-bula drapirovkali va dumaloqsimon oyoqlarga ega divanlar interyerning muhim qismi sanalib, bir vaqtning o’ziga qulaylik va saroy muhitini berishi bilan ahamiyatlidir. Bu o’rinda devorga osib qo’yiladigan suratli gilamlarning o’rni ham juda muhim.
Haykallar, ko’za, xum va serhasham servizlar ushbu uslubning muhim detallari sanaladi. Shuningdek yorqin bo’yoqlar, yarimoltin buyum va hashamatning yorqin namunalari aynan ushbu uslubga hosdir.
Сообщения из Facebook