просмотров
1. Shveytsariya CH qisqartmasini tushuntiruvchi Confoederatio Helvetica, deb ham nomlanadi. Shveytsariya Konfederatsiyasi bu mamlakatning o’tmishdagi rasmiy nomi bo’lib, zamonaviy Shvetsariya 26 kantondan iborat bo’lgan federativ Respublika hisoblanadi.
2. Dunyoning faqat ikkita mamlakati kvadrat bayroqqa ega – Shveytsariya hamda Vatikan.
3. Shveytsariya yakka shaxs tomonidan boshqarilmaydi. Mamlakatda yettita a'zodan iborat ijroiya kengashi mavjud bo'lib, u kollektiv davlat rahbari hisoblanadi. Prezident kengash a'zolari orasidan bir yil muddatga saylanadi, bu esa "primus inter pares' - tengdoshlar orasida birinchi, deb hisoblanadi.
4. Shveytsariya fuqarolari parlament tomonidan qabul qilingan har qanday qonunga qarshi chiqishlari mumkin. Buning uchun ular 100 kun ichida qarshi 5 ming imzo to'plashlari kerak. Agar ushbu shart bajarilsa, umumxalq ovoz berish o'tkaziladi, unda saylovchilar munozarali qonunni ko'pchilikning ovozi bilan hal qiladilar.
5. Shveytsariya to'rtta rasmiy tilga ega: frantsuz, nemis, italyan va retroroman (lotincha). Mamlakat aholisining qariyb 60 foizi ingliz tilida so'zlashadi.
6. Shveytsariyaliklar uzoq umr ko'rishadi. JSST (jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) ning ma'lumotlariga ko'ra, 2015 yilda o’rtacha umr ko'rish erkaklar uchun 81,3 yosh, ayollar uchun 85,3 yilni tashkil etdi. Bu ko’rsatgich Shveytsariyani o'rtacha umr ko'rish bo’yicha (Yaponiyadan keyin) ikkinchi o'ringa qo’yadi.
7. Shveytsariya tug'ilish, yashash va baxtli hayot kechirish bo’yicha dunyodagi eng yaxshi joylardan biridir. Umuman olganda, mamlakat va uning shaharlari hayot sifati bilan bog’liq turli dunyo miqyosidagi reytinglarda yuqori o'rinlarni egallaydi.
8. Mamlakatda balandligi 3 ming metrdan ortiq bo'lgan 208 ta tog' mavjud bo’lib, ulardan 24 tasi 4 ming metrdan ham balanddir. Eng baland tog' hisoblanmish - Monte Rosa (balandligi 4634 m) Shveytsariya-Italiya chegarasida joylashgan.
9. Shveytsariyada 1500 ta ko'l mavjud, ularning eng kattasi Jenevadir. Mish-mishlarga ko'ra, uning tubida 40 dan ortiq g’arq bo’lgan kemalar yotadi.
10. Shveytsariyada qurol olib yurish bo’yicha liberallashgan qununlar mavjudligiga qaramay, IHRT (iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) mamlakatlari orasida jinoyatchilik darajasi bo'yicha eng past ko'rsatkichga ega. Small Arms Survey tadqiqotiga ko'ra, Shveytsariyada har 100 aholiga 45,7 ta o'qotar qurol to'g'ri keladi. Bu dunyoda AQSh (88,8) va Yamandan (54,8) keyin uchinchi yirik ko'rsatkich.
11. Shveytsariya erkaklar uchun harbiy xizmat majburiy. Shveytsariya Avstriya bilan bir qatorda, G'arbiy Evropada ushbu qoida amal qilayotgan so'nggi davlatlardan biridir. Konstitutsiya bo'yicha erkak jinsidagi Shveytsariya fuqarolari 18 yoshga to'lganlarida armiyada xizmat qilishlari shart, ayollar uchun esa harbiy xizmat ixtiyoriy. Xizmat tugagandan so'ng, armiyada qabul qilgan qurollarni (odatda yarimavtomatli vintovka) shaxsiy foydalanish uchun qoldirishga qonun ruxsat beradi. Bu qisman mamlakatda qurol-aslahadan foydalana bilish darajasi yuqori ekanligini bildiradi.
12. Shveytsariyaga asosiy kirish yo'llari chet el bosqinchiligidan himoyalangan. Hujum xavfi tug’ilganda, mamlakatga olib boradigan barcha asosiy yo'llar, ko'priklar va temir yo'llar vayron qilinadi. Buyruq bo'yicha mamlakat bo'ylab kamida 3000 ta joy darhol portlatilishi mumkin.
13. Shveytsariya foydalanadigan elektr energiyasining yarmidan ko'pi 556 ta gidroelektrostantsiyada ishlab chiqariladi.
14. Shveytsariyada joylashgan Gotthard tunneli dunyodagi eng uzun tunnel hisoblanadi.
15. Chet elliklar Shveytsariya aholisining qariyb 25 foizini tashkil qiladi - bu dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichdir.
16. Shveytsariya ish haqi va ish bilan ta'minlash darajasi bo'yicha rivojlangan davlatlar orasida uchinchi o'rinda turadi. Shveytsariyaliklar yiliga o'rtacha 57,082 dollar daromad oladi, bu borada mamlakat faqat Lyuksemburg va AQSH dan keyin uchinchi o’rinda turadi. Shveytsariya doimiy ravishda yoshlarni ish bilan ta'minlash bo'yicha davlatlar reytingida birinchi o'rinni egallaydi.
17. Shveytsariyada o'qituvchilarning ish haqi yaxshi to'lanadi. Mahalliy o'qituvchilar yiliga o'rtacha 68 ming AQSh dollari ish haqi oladilar, bu IHRT (iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) mamlakatlari orasida eng yuqori ko'rsatkichdir.
18. Shveytsariya qonunchiligi hayvonlarga g'amxo'rlik qiladi: mamlakatda "ijtimoiy" hayvonlarni juftisiz qilib saqlash taqiqlanadi. Shunday qilib, dengiz cho'chqasi, sichqoncha, sasiqkuzan(xoryok), baliq, kanareyka yoki cho'chqa kabi jonivorlarni bitta o’zini (juftsiz) boqish noqonuniy hisoblanadi.
19. Shveytsariyada fuqarolarning shaxsiy hayoti hurmat qilinadi. Masalan, dam olish kunining tinchligi va go'zalligini buzmaslik uchun yakshanba kuni o'tlarni o'rish, quritish uchun kiyim osib qo'yish, mashinani yuvish va idishlarni tashlab yuborish taqiqlanadi. Uy qoidalari aholining tinch uyqusini ta'minlash uchun ishlab chiqilgan, shuning uchun soat kech soat 10 dan keyin har qanday shovqinli harakatlar, masalan, mashina eshiklarini yopish, hojatxonada suv tortish yoki hammomda suv shovqini qattiq qoralanadi.
20. Shveytsariyadagi nikohlarning deyarli yarmi ajralish bilan tugaydi: 2015 yilda bu ko'rsatkich 41,4% tashkil etdi. Shveytsariyaliklar nisbatan kech turmush quradilar: erkaklar 31,8 yoshda, ayollar 29,6 da. Bir ayolga taxminan 1,5 bola to'g'ri keladi, Yevropa Ittifoqida o'rtacha 1,6 bola.
21. Shveytsariya jinsiy tenglik borasida G'arbiy Evropaning aksariyat mamlakatlaridan ortda qolmoqda. Shunday qilib, 2015 yilda ayollarning atigi 41,3 foizi to'liq ishlagan, erkaklar esa 83,6 foiz. Ayollar mamlakatda yetakchilik lavozimlarining 20 foizidan kamrog'ini egallaydi.
22. Shveytsariya dunyodagi boshqa mamlakatlar aholisiga qaraganda ko'proq shokolad iste'mol qiladi - yiliga o'rtacha 11 kg. Shokolad Shveytsariya eksportining asosiy mahsulotlaridan biridir. 2015 yilda Shveytsariyaning 18 ta shokolad kompaniyasi 115,5 ming tonna shokolad eksport qildi.
23. Shveytsariyada spirtli ichimliklarni ichish bo’yicha yiliga bir kishi uchun 56,5 litr pivo va 36 litr vino to’g’ri keladi (2012 yil ma'lumotlari). Shveytsariyaliklarning ko'pchiligi mahalliy sharobdan ichishadi, shundan atigi 2 foizi eksport qilinadi.
24. Aarau temir yo'l stantsiyasida diametri 9 metr bo'lgan soat mavjud. Butun Yevropada shunday kattalikdagi soat faqatgina Frantsiyadagi Cergy temir yo'l stantsiyasida bor, uning diametri 10 metrga teng.
25. Shveytsariyada har 1000 kishiga 5,8 kasalxona o'rinlari to'g'ri keladi, bu dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichdir.
Сообщения из Facebook