просмотров
1980 yilda Jorjiya shtatining Atlanta shahri fuqarosi Uilli Jons kasalxonaga kelib tushdi. Bu paytda uning tana harorati 46,5 º C ni tashkil etar edi. Bunday ko’rsatkich hayot bilan nomutanosib bo’lishiga qaramasdan, bemor asta-sekinlik bilan tuzala boshladi va 24 kundan keyin sog’lom holatda shifoxonadan chiqarildi.
Keyingi fakt ham tana harorati bilan bog’liq. 1994 yilning 23 fevral kuni Karli Kozolofski ismli 2 yashar qizaloq -22 º C sovuqda olti soat davomida qolib ketadi. U kasalxonaga gospitalizatsiya qilinganida tana harorati 14,2 º C ga tushib ketgan edi.
42 yoshli ayol mahalliy kasalxona bo’limiga qornidagi og’riq bilan kelib tushdi. Uning qornidan 2 533 ta narsa olingan, shulardan 947 tasi to’g’nog’ichlar edi.
Bunday voqealar kam bo’lsada uchrab turadi. Masalan, bir ayolning qornidan begona jism olib tashlangan – bu 2,35 kg keladigan soch tuguni bo’lgan.
Dunyodagi eng uzoq jarrohlik operatsiyasi 96 soat davom etgan.
280 kilogrammli ayolning tuxumdon kistasi olib tashlandi. Jarrohlik amaliyotidan keyin ayolning vazni 140 kilogrammga tushdi.
Dunyodagi yuragi eng ko’p to’xtab turgan odam – Yan Revsdal, uning yuragi naq 4 soat urmay turgan.
1977 yilning yozida sportchi Devid Perli 179,8 G og'irlikdagi kuchni qarshi olishiga to'g'ri keldi. Sport musobaqasi paytida dahshatli falokat yuz berdi va poygachi tezlikni soatiga 173 km dan 0 ga keskin pasaytirishga majbur bo'ldi, bunda tormoz masofasi atigi 66 santimetrni tashkil etdi. Ushbu avtohalokat natijasida Devud jiddiy jarohatlar oldi: 29 ta suyak sinishi, 3ta pay cho’zilishi, yuragi esa naq 6 marta to'xtagan. Poygachining jarohatlanmagan a’zosi yo’q edi, lekin shunga qaramay u tirik qoldi!
Amerikalik Charlz Yensenni omadli odam, deb bo’lmaydi. U 40 yil davomida 970 marta jarrohlik operatsiyalarini boshidan o’tkazgan.
Сообщения из Facebook