просмотров
*Katta hajm. Ozuqa mahsulotlari ko’p miqdorda suv yoki havoga ega bo’lsa, inson kaloriyasi ko’paymagan holda to’yadi.
*Oqsil uglevod va yog’lardan ko’ra ochlik hissini ketkazadi.
*Kletchatka ham to’qlik hissini beradi.
Bunday mahsulotlarni ko’proq iste’mol qilishdan qo’rqmasangiz bo’ladi, semirtirmaydi.
Qaynatilgan kartoshka
Kartoshka tarkibida uglevodlar mavjud bo’lganligi uchun ko’pchilik ozmoqchi bo’lganlar uni iste’mol qilishdan cho’chiydilar. Ammo bu noto’g’ri, chunki u vitaminlar, kletchatka va ozishga yordam beruvchi boshqa ozuqa moddalariga boydir.
Tuxum
Tuxumlar ham katta miqdorda ozuqaviy moddalarga ega. Uning tarkibida katta miqdorda oqsil hamda 9 ta aminokislota bor.
Ertalabki nonushtaga tuxum yeganlar to’q yuradilar va kun davomida kamroq kaloriya iste’mol qiladilar.
Ovsyanka
To’yimlilik indeksi bo’yicha suli (ovsyanka) 3-o’rinda. U kletchatkaga boy va suvni shimib olish xususiyatiga ega.
Suyuq ovqat
Ba’zilar suyuq ovqatni quyuq ovqatdan ko’ra to’yimsizroq, deb hisoblaydilar. Biroq tadqiqotlarning ko’rsatishicha, suyuq ovqat quyuq ovqatga qaraganda to’yimliroq hisoblanar ekan.
Olmalar
Mevalar – sog’lom diyetaning muhim qismidir. Jumladan, olmalar yuqori darajadagi to’yimlilik indeksiga ega. Olmada pektin moddasi mavjud bo’lib, u hazm qilish jarayonini sekinlashtirib, to’qlik hissini beradi.
Baliq
Baliq omega-3 yog’ kislotasiga boy bo’lib, to’qlik hissini yaxshi beradi. U shuningdek, yuqori sifatli oqsilga ega. Oqsilli mahsulotlar ichida to’qlik indeksi bo’yicha baliq ikkinchi o’rinda turadi.
Tvorog
Tvorog kaloriyasi kam, u ko’p miqdorda oqsilga ega. Tvorog shuningdek, vitamin B, kaltsiy, fosfor va selen kabi ozuqaviy moddalarga boy, shuning uchun u yaxshi parhez taomi hisoblanadi.
Sabzavotlar
Sabzavotlar kam kaloriyali, biroq katta hajm beradi. Sabzavotlarda to’yimli moddalar, o’simlik birikmalari mavjud. Bulardan tashqari ularda oshqozonni to’ldirishga yordam beruvchi ko’p miqdorda tola va suv bor.
Сообщения из Facebook