5,001
просмотров
просмотров
22-dekabrdan 8-yanvargacha Toshkent shahrida bayram tadbirlari bo'lib o'tadi. Hokimiyat yangi yilni o'tkazish uchun poytaxtning 14 ta maskanlarini ma'lum qildi.
- Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi va Hyatt Regency mehmonxonasi oldidagi maydonda;
- Shayxontohur tumanidagi "Anhor Lokomotiv" parkida;
- Shayxontohur tumanidagi "Navro'z" bog'ida;
- Chilonzor tumani Algoritm massividagi Roison Electronics old maydonida;
- Yakkasaroy tumanidagi Pushkin maydonida;
- Bektemir tumani madaniyat va aholi dam olish markazining oldida;
- Mirzo Ulug'bek tumani Bobur nomidagi "Ekopark" bog'ida;
- Mirzo Ulug'bek tumanidagi "Central Park" hududida;
- Sergeli tumanidagi "Green Park" hududida;
- Uchtepa tumanidagi Farhod bozori yonidagi kichik halqa yo'li hududida;
- Yunusobod tumanidagi Toshkent hayvonot bog'ining old maydonida;
- Yashnobod tumanidagi "Ashxobod" bog'i hududida;
- Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligining Madaniyat va ta'lim markazida;
- Chilonzor tumanidagi Humo Arena muz saroyining old maydonida.
Сообщения из Facebook