Tug’ilgan kun nishonlash qanday paydo bo’lgan?
Tug’ilgan kun nishonlash qanday paydo bo’lgan?
Bu bayramni hamma odamlar har-xil nishonlaydilar: kimdir oila davrasida, kimlardir do’stlari bilan, ba’zilar esa yolg’izlikda. Ha, bu bayramni yoqtirmaydigan insonlar ham bor. Ular yildan yilga qariyatganlaridan tushkunlikga tushgan insonlar. Lekin kim nima desa ham, tug’ilgan kun – bu eng sevimli bayramlardan biri.

Qadimda

Qadimgi Misrliklar fir’avnlarni ma’bud, deb hisoblashgan va hukmdorlarining tug’ilgan kuni ular uchun muqaddas sanalgan. Xalq bu bayramni juda ham keng nishonlagan. Qadimgi Yunonliklar Olimp ma’budlarini tug’ilgan kunini nishonlashgan. O’vchilar eng yaxshi o’ljalarini Afrodita  yoki bahor faslida hosildorlik ilohasi Persefonaga uchun qurbon qilishardi. Keyinchalik yunonlar ajdodlarining tug’ilgan kunlarini ham nishonlashgan. 

To’rt

Tug’ilgan kunga pishiriq va shirinliklar tayorlash Germaniyada odatga kirgan. Dehqonlar farzandlarini erta saharda uyg’otishgan. Kechasi ular bayram egasiga shamlar bilan bezatilgan to’rt berishgan. Shamlarni o’chirishdan oldin ular tilak bildirishgan. 

O’rta asrlar

O’rta asrlarda Yevropada cherkov tomonidan tug’ilgan kun nisonlash taqiqlangan. “Odam qanchalik yosh bo’lsa, shunchalik qilgan gunoh ishlari kam bo’ladi”. Bu degani “Tug’ilgan kun nishonlaganda odamlar gunohlari ko’payganini ham nishonlaydilar.” deb aytishgan. Bu taqiq "Renessans" dan kegin olib tashlangan. 

"Happy Birthday" qoshig'i

1893 yilda Patti Hill va Mildred Hill "xayrli tong" nomli qo'shiq yozishdi. Bu qoshiqni darslar boshlanmasidan avval, tongda o'quvchilar aytishi kerak bo'lgan. Qo'shiq tezda butun Amerika bo'ylab tanildi va o'zgardi. 1924 yilda Robert Koulman tug'ilgan kun tabrigi ko'rinishida ushbu qo'shiqni ijro etdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook