просмотров
Hech qachonaynimaydigan mahsulotlar - afsonami yoki haqiqat? To'g'ri saqlangan holda,hatto nabiralaringizga ham meros sifatida o’tishi mumkin bo'lgan bir nechta variantni topdik!
Oq sirka
Ushbu mahsulotni aynitib bo'lmaydi. Agar idishning qopqog'i mahkam yopilgan bo'lsa, u yillar davomida saqlanadi. Aks holda, u shunchaki bug'lanishib ketadi.
Tez eruvchan qahva
Bunday qahva, agar u germetik ravishda o'ralgan bo'lsa, cheksiz saqlanish imkoniyatiga ega. Namlik yetishmasligi bakteriyalarning ko'payishiga to'sqinlik qiladi.Shuning uchun, siz bir vaqtning o'zida bir nechta paketlarni qorqmasdan sotib olishingiz mumkin.
Guruch
Oq sayqallangan guruch ko'p yillar davomida saqlanishi mumkin. Shu tarzda ham, u o'z ta'mini yo'qotmaydi. Saqlashning asosiy sharti germetik yopiq idishlardir.Agar guruch yaxshi quritilgan va xavfsiz tarzda o'ralgan bo'lsa, unga mog'or va mita qorqinchli emas. Shuni yodda tutingki, jigarrang guruchni uzoq vaqt saqlab bo’lmaydi u yaroqsiz bo'lib, yog'larning yuqori konsentratsiyasi tufayli vaqt o'tishi bilan mahsulotga achchiqroq tam beradi.
Kuchli alkogol
Sir emaski,40-darajadan yuqori alkogolli ichimliklar vaqt o'tishi bilan sifat jihatidan yanada yaxshilanadi. Shuning uchun konyak, brendi, viski va aroq juda uzoq vaqt saqlanishi mumkin.
Quritilgan dukkaklilar va loviya
Ushbu mahsulotlarni ham cheksiz vaqt saqlash mumkin. Ammo bu holda ham ularning germetik qadoqlangan bo’lishi juda muhimdir. Shunda mita va mog'or zarar yetkaza olmaydi.
Asal
Bakteriyalarning ko'payishiga to'sqinlik qiladigan ko'plab fermentlar ushbu mahsulotga deyarlicheksiz yaroqlik muddatiga ega bo'lish imkonini beradi. Agar asal kristallansa,uni suvda qizdiring va ta'midan zavqlaning. Asal 60 darajadan yuqori qizdirilganda foydali xususiyatlarini yo'qotishini unutmaslik kerak.
Tuz
Tuz quruq joyda bo'lsa, cheksiz yaroqlik muddatiga ega. Yodlangan tuzni 5 yildan ko'p bo'lmagan muddat saqlash mumkinligini unutmang.
Shakar
Ushbu mahsulot ko'p yillar davomida salqin va quruq joyda mukammal saqlanadi. Shuning uchun, ularni zaxiralashingiz mumkin.
Сообщения из Facebook