просмотров
Masalliqlarni tayyorlash: 15 daqiqa
Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa
Umumiy tayyorlanish vaqti: 60 daqiqa
Servirovka: 8 kishiga mo’ljallangan
Kaloriyasi: 324
Masalliqlar:
Biskvit uchun:
*6 ta tuxum oqi, 6 ta tuxum sarig’i, 150 gr shakar, 115 gr un, 35 gr kakao, 40 gr saryog'
200 daraja issiqlikda taxminan 30 daqiqa pishiramiz
Kremi:
*1 ta tuxum sarig’i, 20 gr suv, 120 gr quyultirilgan sut (sgushyonka), 200 gr saryog', 10 gr kakao, 1 chimdim vanilin
Qiyomi
*55 gr o’rik murabbo, 50 gr saryog', 70 gr shokolad
Tayyorlanishi
1.Chuqur likopchada tuxum sarig’i bilan shakarni qo’shib, ozgina ko’pik hosil bo’lguncha aralashtiramiz.
2.So’ngra boshqa idishda tuxum oqini ko’pirtiramiz va oz-ozdan shakar solib ko’pirtirishda davom etamiz, toki quyuq ko’pik hosil bo’lguncha.
3.Ko’pirtirilgan tuxum oqi bilan sarig’ini bir-biri bilan aralashtiramiz.
4.Hosil bo’lgan massaga kakao bilan unni solamiz. Aralashtirish qulay bo’lishi uchun masalliqlarni oz-ozdan qo’shamiz. So’ngra bunga eritilgan saryog’ solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
5.Biskvitimizni duxovkada 220 daraja issiqlikda 30 daqiqa davomida pishiramiz. Pishgandan keyin esa 7-8 soat sovishini kutamiz, toki biskvit ichida nam joylari qolmasin.
6.Krem tayyorlaymiz. Chuqur idishga tuxum sarig’ini solib, ozgina suv qo’shamiz. Aralashtiramiz. So’ngra quyultirilgan sut (sgushyonka) ni solamiz . Idishni olovga qo’yib, quyulgunicha aralashtirib turamiz. Tayyor bo’lgan kremni sovutishga qo’yamiz.
7.Endi alohida idishda saryog’ni vanillin bilan birgalikda ko’pirtirib, tayyor sovutilgan kremimizga qo’shamiz.
Bunga endi kakaoni ham qo’shamiz va mikser bilan aralashtiramiz.
8.Biskvitimizni bir necha bo’laklarga bo’lamiz, ularning ustki qismini o’rik murabbosining sharbati bilan to’yintiramiz va ustidan krem surtib chiqamiz. Har bir qavatini shunday qilib, ularni birlashtiramiz. So’ngra tortni muzlatgizga joylashtiramiz.
9.Endi qiyom tayyorlash navbati. Shokolad bilan sayrog’ni eritib, aralashtiramiz. Tayyor bo’lgan shokoladli qiyomni tortning ustidan quyamiz. Yon tomonlariga esa shokolad kukunlarini yopishtirib chiqamiz.
10.Uy sharoitida qilinadigan “Praga” torti tayyor. Yoqimli ishtaha!
Barcha masalliqlar bir-biriga singishi va yanayam mazali bo’lishi uchun tortni bir necha soat muzlatgichga qo’yish tavsiya etiladi.
Сообщения из Facebook