Uyni kamroq tozalashning 12 ta sababi. Bu faqat foyda keltiradi
Uyni kamroq tozalashning 12 ta sababi. Bu faqat foyda keltiradi
Statistikaga ko'ra, dunyodagi 94% odamlar uyda tozalikni saqlash juda muhim deb hisoblashadi. Haftasiga bir necha soat tozalashga sarflanadi. Odatda uy yumushlarining asosiy qismi ayollarning yelkasiga tushadi. Aniqlanishicha, asabga tegadigan tashvishlarning bir qismini yo'q qilish mumkin.

Biz kundalik hayotdan charchaganlarning barchasini hursand qilishga shoshilmoqdamiz: ba'zi narsalarni haftalik ishlar ro'yxatidan olib tashlash tavsiya etiladi.

Ba'zi narsalarni dazmollash yomon

To'shaklarni dazmollash juda qiyin ish. Olimlarning ta'kidlashicha: vaqt va kuch sarflash kerak emas. Dazmollangan choyshablar va ko'rpa-to'shaklar namlikni yutadi va kamroq havo o’tkazadi. Sababi - bu mato tarkibidagi o'zgarish. Yuvish tolalarni bo'shashtiradi va dazmol bosimi ularni yuqori haroratda presslaydi. Natijada,odam dazmollangan choyshabda yaxshi uxlay olmaydi.

Tozalikning haqiqiy tarafdorlari, albatta, sochiqlarni ham dazmollashadi. Ushbu uy vazifasini ham unutish mumkin. Agar siz bakteriyalarni yo'q qilish uchun buni qilsangiz,yuqori haroratda yuvish osonroq bo'ladi. Konditsioner qo'shmang: uni ishlatganingizdan so'ng, sochiqlar suvni yomonroq artadigan bo’ladi.

Yuqori haroratlarda bolalarning buyumlarini dazmollash zarurligi to'g'risida bahslar to'xtamaydi. Yosh onalar ayniqsa o’z fikrida qat’iy turib olgan. Bu yerda ham tarafdorlar, ham muxoliflar o'zlarining dalillariga ega. Bug', albatta, bakteriyalarni yengishga qodir, ammo chaqaloq haddan tashqari sterillikka muhtoj emas. Bola bir necha oylik bo'lganida siz tagliklarni dazmollashingiz mumkin, ammo kattaroq bolalar uchun bu kerak emas.

Sinchko’vlik bilan tozalash sog'liq uchun xavfli bo'lishi mumkin.

Uyni yaltillatib tozalashga harakat qilib, siz nafaqat kuchingizni sarflaysiz, balki uyda yashovchilarning sog'lig'iga ham zarar yetkazasiz. Avvalo, bolalar uchun bu juda xavfli. Immunitet shakllanishi uchun ma'lum miqdordagi mikroorganizmlar kerak. Butun dunyoda "allergiya" tashxisi bizning hayotimizga juda ko'p miqdordagi maishiy kimyoviy moddalar kirib kelganidan keyin ko'proq aniqlana boshladi.

Yuvish vositasini ishlatish har yerda ham kerak emas. Uyingizdagi bunday vositalarda triklosan yo’qligini tekshiring. Bir qator mamlakatlarda bu taqiqlangan: gormonal kasalliklar va allergiya paydo bo’lish xavfi mavjud.

Ko'p odamlar hojatxonani uydagi eng iflos joy deb bilishga odatlanganlar. Aslida, bu unchalik to’g’ri emas, uni haftasiga bir marta dezinfektsiyalash vositasi bilan yuvish kifoya. Tejalgan vaqtni oshxona kranlarining tutqichlarini artib olish uchun sarflash yaxshiroqdir: ularda 44 baravar ko'p mikrob bor.

Agar siz doimiy ravishda kvartirada pol artsangiz va idishlarni yuvsangiz, sizda kontaktdermatit paydo bo’lishi mumkin. Terining tasirlanish xususiyati bu yuvish vositalari tarkibida bo’lgan suv va kimyoviy moddalarga reaktsiyadir. Shuninguchun, sog'liq uchun siz ozgina dangasalik qilishingiz mumkin.

Kamroq jiddiy jismoniy kuch talab qiladigan ish qiling

Siz tizzangizda emaklab, polni qo'llaringiz bilan artasizmi? Ushbu yomon odatdan voz keching.Bu bo’g’imlardagi muammolarga olib kelishi mumkin. Bekorga ilgari  bo’g’im xaltachasining yallig'lanishi "xizmatkorning tizzasi" deb nomlanmagan.

Ko'rish bilan muammosi bo'lganlar ham polni qo'l bilan yuvishdan bosh tortishlari mumkin. Miyopiya kasalligiga chalinganlar, shifokorlar sizga engashishingiz kerak bo'lgan ishni tavsiya etmaydilar. Aks holda bu jiddiy oqibatlarga,hattoki setchatka ajralib chiqishigacha olib kelishi mumkin.

Majburiyatlarni ajratib oling

Agar siz turmush o’rtog’ingiz bilan yashasangiz, unga uy yumushlarining bir qismini bering. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, erkaklar hanuzgacha ayollarga qaraganda kamroq uy yumushlarini bajaradilar. Bundan tashqari, uy yumushlarining nisbatan teng taqsimlanishi oilaviy hayotga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Uy yumushlarini 60%dan ortig'ini olishning hojati yo'q.

Karyera va uy ishlarini uyg'unlashtirish ham zararli. Ofisdan keyin oziq-ovqat mahsulotlarini olish, kechki ovqat tayyorlash va uyni tozalash haqida tashvishlansangiz, qonbosimingiz ko'tariladi. Tana stressga reaktsiya qiladi. Shuning uchun, yoqimsiz fikrlardan voz keching: bolalar tomonidan tashlab ketilgan o'yinchoqlar ba'zi joylarda qolib ketsa ham, siz kayfiyatingizni buzishingiz shart bo’lmaydi.

 

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook