просмотров
Kim nima desa desin-u, ammo hayoti davomida birgina uch daqiqalik qo’shig’i bilan dunyoga tanilib, uning orqasidan umrining oxirigacha yetadigan boylikka ega bo’lish yomon natija emas. Keling, birgina xit qo’shig’i bilan esda qolgan mashhur ijrochilarni yodga olamiz.
Los Del Rio – Macarena
Bir paytlar “Macarena” butun dunyoda mashhur bo’lgan ispan tilidagi xit qo’shiq bo’lgan. Bu kompozitsiya 1993 yilda yaratilgan, ammo 1996 yilda unga ishlangan klipdan keyingina mashhurlikka erishgan. Ushbu qo’shiqning xit darajasiga ko’tarilishiga ta’sirli musiqa bilan birgalikda klipdagi jo’shqin raqslar ham sabab bo’lgan. Raqsning murakkab bo’lmagan, sodda va jo’n harakatlari hammaga yoqib tushgan, uni istalgan odam bemalol xatosiz qaytara olar edi.
Qo’shiqni ijro etgan ispaniyalik duet Los Del Rio 1960 yilda tashkil etilgan edi. Macarena butun dunyoda jaranglay boshlaganida esa uning ijrochilari Antonio Monxe va Rafaelo Perdigones sal kam ellik yoshda edilar. Xit qo’shiq AQSH ning o’zida 4 million tirajda chiqarildi, umumiy to’liq adadi esa 11 million nusxani tashkil etgan. Bu 22 yil avvalgi 1997 yildagi ko’rsatgich. Antoniyo va Rafael qo’shiqdan tushgan daromadning faqatgina 25% ga egalik qila oldilar. Biroq bu narsa ularning boyib ketishlariga bemalol yetdi.
PSY – Gangnam Style
Bugungi kunda milliardli prosmotr bilan hech kimni ajablantira olmaysiz. Biroq 2012 yilda bunday natijaga birgina klip – ajib koreys qo’shiqchisi PSY tomonidan ijro etilgan Gangnam Style qo’shig’i erishdi. Oradan 8 yil o’tsa hamki bu qo’shiq hali hanuz o’ziga nisbatan qiziqish uyg’otib kelmoqda: o’tgan yili bu klip 300 million marta ko’rilgan. Bu xitning mashhurligi dunyo musiqa industriyasiga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi: avvallari asosan Shimoliy Amerika hamda Yevropa musiqachilarining qo’shiqlari dunyo miqyosidagi mashhurlikka erishgan bo’lsa, oxirgi o’n yillikda boshqa davlat va kontinentlar ham bu sohada o’zlarini ko’rsata olyapti.
Ma’lumki, YouTube har 1000 prosmotr (ko’rilgan natija) uchun 1 dollardan 4 dollargacha pul to’laydi: bugungi kunga kelib, Gangnam Style 3 milliarddan ziyod ko’rilgan. Bu esa PSY birgina shu videosi uchun YouTubening o’zidan eng kamida uch million dollar daromad oldi, degani.
https://www.youtube.com/watch?v=9bZkp7q19f0Kaoma – Lambada
Ta’tillar hamda yozgi diskotekalarning yana bir xiti. Ishonish qiyin, lekin bu qo’shiqning dastlabki vesriyasi biroz vazmin hamda raqsga mo’ljallanmagan edi. Nomi ham Lambada emas, “Llorando Se Fue” edi. Ijrochilari ham Kaoma fransuz guruhi emas, Boliviyaning Los Kjarkas jamoasi edi. “Llorando Se Fue” qo’shig’i 1981 yilda yaratilgan edi.
Qo’shiq muallifi Gonzalo Ermosning so’zlariga qaraganda, “Llorando Se Fue” qo’shig’ lotin-amerika musiqasi asosida dunyoga kelgan. Lambada qo’shig’i dynyo miqyosida mashhur bo’lgandan keyin 1990 yilda Los Kjarkas jamoasi o’zlariga qarashli qo’shiq va musiqaning noqonuniy yo’l bilan o’zlashtirganligi uchun Kaoma gurihining prodyuserini sudga beradilar va bu jarayonni yutib chiqadilar. Shu tariqa ular ushbu mashhur qo’shiqning hammualliflariga aylanib, undan kelgan daromadga teng sherik bo’ladilar.
Konsuelo Velaskes – Besame Mucho
Bu qo’shiq Meksikaning eng mashhur qo’shig’i bo’lmasada, taniqlilaridan biridir. Buni yosh pianinochi Konsuelo Velaskes yozgan. Bu ayolning ko’pgina musiqalari ispancha qo’shiqlar olamida ancha ommalashgan, biroq dunyo miqyosidagi mashhurlikka faqatgina Besame Mucho qo’shig’i erisha olgan.
Bruklinlik bastakor Sanni Skaylar bu qo’shiqni amerikalik tinglovchilar uchun biroz o’zgartirish kiritib taqdim qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, mashhur qo’shiqdan tushgan daromadga bastakor yangi uy sotib olgan hamda farzandlarining kollejda tahsil olishlarini ta’minlab bera olgan.
Сообщения из Facebook