просмотров
Koenigsegg Regera — 2 mln $
Gibrid giperkarlar haqida gap ketganda, darrov “Muqaddas uchlik” - McLaren P1, Porsche 918 Spyder va Ferrari LaFerrari esga tushadi. Qanday bo’lmasin, shved avto ishlab chiqaruvchisi o’ziga xos agregat ishlab chiqargani, o’zining maqtovga sazovor raqobatchilaridan ham har tomonlama ustunligiga qaramasdan, Koenigsegg haqida doim unutishadi,
Avtomashina 5,0-litrli tvin-turbo V8 va 4,5kVts akkamulyatorda ishlaydi, va bu ta’sirli 1500 l.s (avtomashinaning vazni atigi 1470kg bo’lgan paytda) ni beradi. Noldan 100 km/soatgacha u 2,8 soniya ichida tezlashadi, 300 km/soatgacha esa 10,9 soniya ichida tezlashadi. 20 soniya ichida esa avtomashina maksimal tezlikka, ya’ni 400 km/s ga erishishi mumkin.
Koenigsegg One: 1 - 2 mln $
2 mln. $ ga tengi yo’q bir uy sotib olsa bo’ladi, yonida esa 80 mazda MX-5 yoki shved megakarini. Chegaralangan tirajda chiqarilgan One:1 Agera R ga asoslangan va u o’z nomini avtomashinadagi kilogrammdagi vaznning ot kuchiga bo’lgan nisbati 1:1 ga teng bo’lganligi uchun olgan. Shvedning motori 1340 l.s kuchini ishlab chiqaradi, maksimal tezligi esa 440 km/s ni tashkil qiladi. O’zi One:1 avtomashinasidan 6ta nusxa ishlab chiqarildi va ularning hammasi issiq non kabi juda tez sotibolindi.
Bugatti Chiron — 2,5 mln $
Boshlang’ich narxi 2,5 mln $ ekanligini va ajoyib kuzovi, ilohiy Chiron o’z o’tmishdoshlarini barcha ma’nolarda sakrab o’tadi. Superkarning, endi 1500 l.s beradigan va dahshatli 1600 Hm li paytni ato eta oladigan, ishonib bo’lmaydigan TTX lari qayta ishlangan turbirlangan 8,0-litrli W16 borligi uchun imkoni borga chiqarildi. Noldan yuzgacha Chiron 2,5 soniya ichida tezlashadi, maksimal tezligi esa sun’iy tarzda 420km/s gacha chegaralanib qo’yilgan.
Ferrari F60 — 2,5 mln $
Ferrarining Shimoliy Amerika bozorida mavjudligining 60 yilligini nishonlash arafasida, italyan brendi F12 Berlinetta asosida tuzilgan, bu tengi yo’q avtomashinadan 10 nusxa ishlab chiqardi. F60ga 120 km/s tezlikda ishlatib bo’ladigan, olib tashlanuvchan yumshoq ustki qism o’rnatish mumkin. Temir sifati bilan superkar F12 dan farq qilmaydi, uning kapoti ostida avtomashinani atigi 3,1 soniya ichida 100 km/s gacha tezlashtiradigan 6,2-litrli 740-kuchli V12 turibdi.
Pagani Huayra BC — 2,6 mln $
Pagani Huayra – inklarning shamol xudosi nomi bilan atalgan haqiqiy vahshiydir. U orqa tomonida ulkan spoyler bilan ta’minlangan, va u 250 km/s tezlikda 500kg li qisiq kuchni beradi. Kapotining tagida esa unda 789 ta turbirlangan ot kuchi yashiringan.
Ferrari Pininfarina Sergio — 3 mln $
Pininfarina Sergio uchun 3 mln $ so’raladi, va u ro’yxatdagi eng qimmat avtomashina emas. Ammo, u dunyodagi barcha xohlaydigan mashinalardan biri, chunki bu kabi mashinalardan atigi 6 nusxa chiqarilgan xolos. Afsonaviy italyan moda uyi tomonidan yaratilgan Sergio, aslida, yangi kuzov va interyerli Ferrari 458 Spider hisoblanadi. 4,5-litrli V8 562 otkuchini beradi, va Sergio 458 ga qaraganda yengilroq bo’lgani uchun u tezroq va yaxshiroq boshqariladi.
Mansory Vivere dan Bugatti Veyron Limited Edition— 3,4 mln $
Tabiiyki, dunyoning eng qimmat avtomashinalari qatoriga mashhur Bugatti Veyron kirmasligi mumkin emas edi. Aniqrog’i, gap bumodelning Mansory nemis atelyesi nomidan cheklangan ishlab chiqarilishi to’g’risida ketadi. 1200 li kuchli Veyron uglevodorod tolali ajoyib kuzovbilan, yangi spoylerlar to’plami, zamonaviy yorug’diodli faralar, yangi kabinava o’zgartirilgan old panjara bilan ta’minlangan. U 409 km/s gacha tezlashaoladi.
W Motors Lykan Hypersport — 3,4 mln $
Lykan Hypersport haqiqiy kino yulduziga aylandi. “Forsaj 7” blokbasterida aynan shu livanlik superkar Dubaydagi 3 osmono’par bino ustidan uchib o’tdi. Hypersportning tashqi ko’rinishi juda e’tiborli –uning faralari qimmatbaho toshlar bilan qoplangan, eshiklari qaychi singari ochiladi, va ichkarisi esa xuddi ilmiy-fantastik filmdan chiqqan kabidir. Hypersport tezlikni 770 ot kuchigacha oshiruvchi va aylanma vaqti 960 Hm ga yetuvchi, 3,7-litrli 6-silindrli tvin-turboga ega. 100 km/s gacha avtomashina 2,8 soniya ichida tezlashadi, va maksimal tezligi - 386 km/s.
Lamborghini Veneno — 4,5 mln $
“Zahar” – aynan shu nomni (italyanchadan tarjima qilinganda) Lamborghini avto ishlab chiqaruvchining 50-yilligini nishonlash uchun tuzilgan, tahrirlangan Aventador uchun tanladi. Avtomashina har tomonlama ajoyib ko’rinishga ega va o’zga sayyoralik kosmik kemaga o’xshab ketadi. Yagona ancha e’tiborga sazovor narsa uning tashqi ko’rinishidan ko’ra, dahshatli narxi – 4,5 mln $. Veneno juda tez va bu hayrat uyg’otishi shart emas. Uning 6,5-litlr V12 1 daqiqada 8400 aylanmani, 740 ot kuchi va 687 Hm li aylanma vaqtini tashkil qiladi. 100 km/s gacha u 2,9 soniya ichida tezlashadi.
Koenigsegg CCXR Trevita — 4,8 mln $
Koenigsegg CCXR Trevita bugungi kunda dunyodagi eng qimmat ketma-ket yo’l avtomashinasi hisoblanadi va bu hayratlanarli emas, axir avtomashina chinakamiga olmoslar bilan qoplangan. Trevita modelida shved ishlab chiqaruvchisi yangi Koenigsegg Proprietary Diamond Weave nomli olmos changli uglevodorod tolasi bilan tashqibezak berilgan. Kapotining ostida 4,8-litrli ikkilamchi turbopuflatgichli, 1004 ot kuchi va aylantirma 1080 Hm li V8 bor.
Bonus: 250 GTO
Uning e’lon qilingan narxi – 45 mln funt-strenling yoki 56 mln $ atroflarida. Agar 250 GTO rostdan ham shu narxda sotilsa, u dunyodagi eng qimmat avtomashinaga aylanadi. Aytmoqchi, hozir shu nomzod 2013 yilda auksionda 38 mln $ ga sotilgan 250 GTO (1963 yil) ga tegishli.
Сообщения из Facebook