Sotib olinadigan limonadda nafaqat pufakchalar bor, balki yana bo'yoqlar, ta'm beruvchi qo'shimchalar va konservantlar ham bor...
Agarda siz o'z sog'lig'ingiz va qomatingiz haqida qayg'ursangiz, u holda gazlangan limonadni o'zingiz uy sharoitida tayyorlab ko'ring.
Gazlangan suvni qanday qilish mumkin
1. Sifon qo'llamagan holda
Sizga kerak bo'ladi:
2 choy qoshiq soda;
2 choy qoshiq limon kislotasi;
tabga ko'ra shakar;
sirop;
Limon kislotasi va sodani aralashtirib oling va shakar hamda suv va sirop aralashmasini quying. Muz qo'shing va imkon boricha tezroq iching. Limin kislotasi va soda birgalikda reaksiyaga kirishadi, natijada pufakchalar paydo bo'ladi. Agar ta'mi juda kuchli bo'lib tuyulsa, u holda limon kislotasi va soda miqdorini kamaytiring.
Albatta, bunday limonad uzoq vaqt gazli bo'lib turmaydi, biroq qiziqarli eksperiment sifatida qilib ko'rish mumkin. Bundan tashqari bu tez va arzon.
2. Qo'lbola sifon yordamida
Sizga kerak bo'ladi:
2 ta plastik butulka;
bigiz;
2 ta probka;
kichkina shlang yoki egiluvchan trubkacha;
qoshiq;
voronka;
1 chashka sirka;
1 chashka soda;
istalgan suyuqlik;
Ikkita qopqog'da teshik qiling, ularga germetik qilib shlangni ulang. Shunday hisoblangki, shlangning bir uchi butulkaning tagiga deyarli tegib tursin. Gazlantirishni istalgan suyuqligingizni butulkalardan biriga quying va uni zich qilib berkiting. Shlang bo'lajak limonadingizga iloji boricha chuqurroq tushishi kerak.
Ikkinchi butulkaga voronka orqali sodani soling, unga sirka qo'shing va ikkinchi qopqoq bilan tezda yopib qo'ying. Agar siz pishillashni eshitsangiz va aralashma pufaklanayotganini ko'rsangiz, siz hammasini to'g'ri bajargan bo'lasiz. Agar, sirka va soda yetarli darajada reaksiyaga kirishmayotgan bo'lsa, butulkani silkiting. Bu reaksiyani kuchaytiradi.
Gaz shlang bo'ylab boradi va limonadni uglekislota bilan to'yintiradi. Agar ulanish germetik bo'lmasa, siz kam gazlangan ichimlikka ega bo'lasiz.
Har qanday suv asosidagi ichimlikni gazlantirish mumkin, lekin kofe va choy bilan eksperiment qilish kerak emas. Bir litrli butulka suvni o'rtacha 15-20 daqiqa davomida gazlantirish mumkin. Albatta, sifonni yaratish vaqt talab etadi, lekin u behuda sarflangan bo'lmaydi.
3. Sotib olingan sifon yordamida
Sifonni internetda buyurtma qilish yoki do'konlardan qidirib sotib olish mumkin. Xozir plastik va metall sifonlarning katta miqdorda ko'rinishlari mavjud, hatto rasmlilari ham bor. Shu sababli, sizning oshxonangiz interyeriga to'g'ri keladiganini topish juda onson bo'ladi.
Sotib olingan sifonning ishlash prinsipi qo'lbola sifonniki bilan bir xil. Faqat siqilgan gazli ballonchalarni alohida sotib olish kerak bo'ladi. Agar siz vintaj sifonni topa olsangiz, u holda u interyerning o'ziga xos buyumi bo'lib xizmat qiladi.
Qanday qilib uy sharoitida limona tayyorlash
Zanjabil solingan limonad
Bu limonad ko'proq Osiyoda mashxur bo'lib, u antiqa narsalarni yaxshi ko'ruvchilar uchun sevimli limonadiga aylanishi mumkin.
Ingredientlar
1 litr gazlangan suv;
zanjabil ildizining kichkina bo'lakchasi;
tabga ko'ra shakar;
1/2 limonning sedrasi;
Tayyorlanishi
Zanjabilni po'stidan tozalang va mayda qilib to'g'rang. Qolgan boshqa ingredientlar bilan aralashtiring, qaynab turgan suv quying va sovuting.
Oldindan zanjabil siropini tayyorlab qo'yish mumkin va keyin uni suv bilan aralashtirish mumkin. Buning uchun, zanjabilni mayda tyorkadan o'tkazing va shakarli siropga qo'shing.
Bodringli limonad
Bu yumshoq mazali yengil limonad chanqoqni juda yaxshi qondiradi. Bodringli suv esa ko'pgina tozalovchi parxezlarning asosidir.
Ingredientlar
1 litr gazlangan suv;
1 ta yirik bodring;
1/2 laymning sharbati;
1 choy qoshiq asal;
Tayyorlanishi
Bodringni yupqa dumaloqlar ko'rinishida to'g'rang va suv quying. Bu aralashmani 30 daqiqaga yaqin vaqtga damlanishga qoldiring. So'ng asal, laym sharbati va gazlangan suv qo'shing. Tanavul qilishdan avval mevalar qo'shish mumkin. Ular ichimlikka yoqimli ta'm beradi.
Greypfrut va dolchinli limonad
Greypfrutli erta tonggi tetiklik zaryadi nostandart uyg'unliklarni hush ko'ruvchilar uchun.
Ingredientlar
1 litr gazlangan suv;
3 ta tayoqcha dolchin;
1 dona greypfrutning sharbati;
1/2 ta limonning sharbati;
Tayyorlanishi
Sharbatlarni aralashtiring va ularga dolchinning tayoqchalarini solib, 30 daqiqaga tindirib qo'ying. So'ng dolchinni olib qo'yib, sharbatlar aralashmasiga gazlangan suv qo'shing. Dastirxonga tortishdan avval dolchinlarni qaytadan limonad ichiga, bezak sifatida solib qo'ying.
Сообщения из Facebook