просмотров
Kelajakni o’zgartirgan smartfonlar
1. Cicret
Smartfon emas, lekin proyektor.
Cicretni mobil telefon yoki smartfon deb atash ham juda qiyindir, chunki bu bilak uzuk. Moslama frantsuz muhandislari tomonidan yaratilgan. Ekran o’rniga unda katta bo’lmagan proyektor ishlatiladi, harakatlanishni datchigi bilan. Boshqaruv odatiy ishoralar bilan amalga oshiriladi. Gadjetni siri shundaki, hozircha u faqatgina haqiqiy smartfondan tovushni va tasvirni uzatib beradi. Lekin baribir, g’oya qizaqarlidan ortiqroq!
2. iWatch
Qong’iroqlar qila oladigan soatlar.
Apple kompaniyasi foydalanuvchilarni qiziqtirishda davom etmoqda, o’zining jasur kontseptlari bilan, ulardan biri iWatch loyihasidir. Moslama “aqlli” soat bo’lib pozitsiyalanadi, lekin aslida foydalanuvchidan kun mobaynida, mobil qurilmadan nima kerak bo’lsa, barchasini qila oladi. Qurilmani asosiy hususiyati bo’lib, havoga proektsiya qilinadigan gologrammalar, va ular hammaga tanish ekranlarni to’liq o’rnini bosa oladi. Korporatsiya muhandislarini tahminiga ko’ra, iWatch 2019 yildan kech bo’lmagan vaqtda paydo bo’lishi kerak bo’ladi.
3. Google Project Ara
Modulli smartfonlar – kelajak garovi.
Hozirgi kunga muzlatilgan loyiha, lekin, Ara g’oyasini o’zi yashashda davom etmoqda, va kelajakda o’z rivojini to’pishi qoyidadan holi emas. Modul smartfonlarni yaratish va ular uchun rama-asoslari haqida gap ketmoqda. Ara haqida gap ketganida, modullarini boshqa kompaniyalar yaratishi rejalashtirilyapti. Google qiladigan narsa – bu ramalarni o’zi. Ramalarga asosiy, qo’shimcha va maxsus modullar qo’yiladi: ekran, protsessor, hotira, kamera, tibbiy va tor doyirada ixtisoslashgan uskuna. Modullarni osongina almashtirish mumkin bo’ladi, uskunani o’chirmasdan.
4. Lenovo C Plus
Hohlaganingizcha egishingiz mumkin bo’lgan smartfon.
Сообщения из Facebook