Abxaziya haqida antiqa qiziqarli ma’lumotlar
Abxaziya o’lkasi nafaqat betakror tabiati, iliq dengizlari va ta’riflab bo’lmas darajadagi mehmondo’stligi, balki ko’p asrlik qadriyatlari, uzoq tarixi bilan ham mashhur.
Mamlakatning poytaxti bo’lmish Suxum sharhi Moskva shahridan 3 barobar qadimiyroq: Ushbu betakror shaharning yoshi qariyb 2500 da!
Abxaziya alifbosi juda katta bo’lib, u 54 ta harfdan tashkil topgan.
Abxaziya uzoq umr ko’ruvchi insonlar makoni. Bu yerda sobiq sovet davrlari, ya’ni 1060 yillardanoq 100 dan oshgan 270 nafar inson yashagan. Yana 11 nafar abxaziyalikdar esa 120 yoshdan ham oshishga muvaffaq bo’lishgan.
Abxaziya chuchuk suv tabiiy zahirasi bo’yicha dunyodagi yetakchi o’rinni egallaydi. Bu suv miqdorini aholi soniga taqqoslab hisoblab chiqilgan holatdagi natijasidir.
Yangi Afon o’z metrosi va haqiqatiga ega dunyodagi eng kichkina shahar bo’lib, uning o’z shaxsiy temir yo’li mavjud. Eng hayratlanarlisi, Yangi Afon temir yo’li g’or ichidan o’tgan.
Mashhur va xushbo’y mandarinlar tarixiy nuqtai nazardan Abxaziyada o’stirilmagan. Ular bu yerga kunchiqar o’lka – Yaponiyadan olib kelingan.
Mamlakat hududida ko’plab millat vakillari istiqomat qilishadi. Bu yerda 150 dan ortiq millat vakillari bor.
Mamlakatning ob-havosi shunday ajoyibki, asti qo’yaverasiz. Bu yerda yilning 200 kuni quyoshli, bu 7 oydan ko’proq muddat degani! O’lkadagi o’rtacha havo haroratiga esa (qishda ham) +14-16 ni tashkil etadi.
Abxaziyaning ham huddi Xitoy kabi o’z devori bor va u ham Buyuk nomi bilan ataladi. To’g’ri, u Buyuk Xitoy devoridan farqli ravishda oddiyroq va uzunligi ham 160 km ga etadi holos. Ammo 2000 dan ortiq minoralar bilan bezatilgani uning qiymatini oshirib turadi.
Mamlakat aholisinin teng yarmi tog’li hududlarda yashaydilar.
Gal shahrida Abxaziyaning eng uzoq umr ko’rgan fuqarolaridan biri yashagan. U naq... 140 yil umr ko’rgan.
Qadimda Abxaziyaning Ritsa ko’liga yaqin yerda joylashgan rezidentsiyada Stalin Xitoy yetakchisi Mao Sze Dunning qabul qilgan. Xitoy yetakchisi u yerning go’zalligi va tog’ ko’lining buyukligiga tan bergan ekan.
Bu yerdagi Duripsh qishlog’iga (turli yillarda) dunyo miqyosida katta o’rin tutgan siyosatchilar Xo Shi Min, Xrushev va Fidel Kastrolar tashrif buyurishgan. Mamlakatning faxri bo’lmish vinochilik eramizdan avvalgi ming yil avval boshlangan.
Abxaziya aholisi jo’xori bo’tqasini Xristofor Kolumb tomonidan olib kelguniga qadar ham tayyorlashgan.
Abxaziya o’z hududida joylashgan tosh maqbaralari bilan mashhur. Ular tahminan bundan 5000 yil avval bunyod etilgan bo’lib, Misr piramidalaridan ham qadimiyroqdir.
Suxum shahri botanika bog’i bu turdagi maskanlarning eng qadimiylaridan biri hisoblanadi. Bu yerdagi o’simliklar 1838 yillardayoq shakllana boshlagan.
Abxaziya to’ylari hozirgacha taklif etilgan mehmonlar sonining ko’pligi bilan barchani hayratga solib keladi. Bu yerdagi bitta to’yda qatnashadigan odamlarning umimiy soni 1000 tani tashkil etadi.
10 asr oxirlarida Suxum shahri o’pka kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlar uchun eng yaxshi maskanlardan biri deya tan olingan. Ushbu nom shaharga noodatiy ob-havo sharoiti, dengiz vannalari, tarkibida ko’p miqdorda ion saqlovchi havosi tufayli berilgan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations