Albatta borish kerak bo'lgan O'zbekistonning 20 ta ajoyib joylari
O'zbekiston aholisi ajoyib mazaralarni va arxeologik yodgorlillarni faqatgina xorijda topish mumkin, degan fikrga o'rganib qolishgan. Ha, xorijiy turizm mahalliyga qaraganda bir necha bor yaxshi rivojlangan.

Biroq ajoyib yo'nalishlar va sirli joylarga sayohat qilish uchun mamlakatdan chiqish shart emas. O'zbekistonda ham asrlar osha saqlanib kslayotgan va xalq afsonalariga uzviy bog'langan joylar ko'p. 

Borsa Kelmas ko'li (Orol dengizodagi xuddi shu nomdagi boshqa orol bilan adashtirmaslik kerak)

Borsa Kelmas ko'li (Orol dengizodagi xuddi shu nomdagi boshqa orol bilan adashtirmaslik kerak)

 Borsa Kelmas chuqir ko'li Ustyurt platosida joylashgan bo'lib, taxminan 30 million yil muqaddam Tetis qadimiy dengizining bir qismi bo'lgan. Xozirda dengiz o'rinida Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt platosi va ushbi ko'l qolgan. Ko'lning nomi haqiqatga mos tushadi, unga yaqinlashish juda havfli bo'lib, ko'plab jarliklar va ingicha tuz qatlami bilan qoplangan daryoning muzlamay qolgan joylariga duch kelish mumkin.  Biroq mahalliy aholining so'zlariga ko'ra, agarda rezina etiklar kiyib, botqoqdan eson-omon o'tib olsa, ko'lning ustki qismigacha chiqish mumkin. U yer esa, huddi tosh kabi qattiq bo'lib, shuning uchun ko'l ustida sayr qilish mumkin bo'ladi. Hattoki, suvda ham yurish mumkin! Biroq, juda sho'r suvda. 

Platov daryosi vodiysi

 Platov daryosi vodiysi

Platov so'zi "temir tog'" ma'nosini anglatadi. Qadimgi davrlardan vodiyda temir rudasi qazib olingan. Platov daryosi Toshkentdan, taxminan 100 kilometr masofada joylashgan bo'lib, u yerda tashrif etish uchun bir vaqtning o'zida bir necha joylar bor. Odatda, turistik yo'nalish 38 metrlik Platov sharsharasidan boshlanadi. Undan bir oz yuqorida qayinzor bor bo'lib, unda Qizil kitobga kiritilgan xayvonlarni uchratish mumkin. Platov kanyoni alohida e'tiborga loyiq bo'lib, ajoyib manzaralar yaratuvchi relyeflarga ega. Ular tabiat va vaqt qanchalar buyuk ekanini eslatib turadi. Eng katta taasurotlardan biri - bu Platov daryosi bo'ylab sayohatdir. U yerda poleolit davrida qadimiy odamlar yashagan bo'lib, Obi-Raxmat sun'iy g'orlari sifatida mashxur. Undan sal yuqorida yana bir ajoyib joy - g'or bor. Bu yerlarga aprelda, lolalar ochilgan vaqtda kelish kerak. Lolalar orasida Kaufman lolasi, Greyg lolasi va boshqa turdagilarini uchratish mumkin. 

Varaxsha

 Varaxsha

 Agarda Buxoroga borsangiz Varaxsha shaini albatta ko'ring. Varaxsha - Buxoroda, arablar istilosidan oldin, hukumronlik qilgan Buxorxudotlar qarorgohi joylashgan, qadimiy shahar. Varaxsha Buxoro g'arbida, yarim soatlik yo'l masofasida joylashgan bo'lib, 100 ga. maydonni egallagan. Varaxsha saroyining freskalarini o'rganish, shahar eramizning V asridan XI asrigacha bor bo'lgan ekanini ko'rsatdi. Olimlarning fikriga ko'ra, Varaxshada hayot mintaqada suv tanqisligi sababli tugagan. Qacholardir eda, bu joylar Buxorodek bo'lgan. Bugungi kunda esa u xarobalarga aylangan. 

Sitorai Mohi-hosa - "Yulduzlar va oy bilan barobar saroy"

Sitorai Mohi-hosa - "Yulduzlar va oy bilan barobar saroy"

Bu joy Buxoroning oxirgi amiri Said Olimxonning shahar tashqarisidagi qarorgohi bo'lgan. Qizil armiya 1920 yili Buxoroni bosib olguniga qadar Amir Olimxon uni boshqargan. Bu bino ikki rus muhandisi tomonidan loyixalashtirilgan bo'lib, uning bezak ishlari bilan o'sha vaqtning eng yaxshi usta-hunarmandlari shug'ullangan. Arxitektura uslublarining bunday noodatiy uyg'unligi boshqa xech qayerda uchramaydi. Xozirgi kunda qarorgoh binosida amaliy san'at muzeyi joylashgan. Biroq, asosiy eksponat, albatta, saroy binosining o'zidir. Aynan shu yerdan Buxoroning oxirgi amiri Afg'onistonga qochib ketishga majbur bo'lgan. 

Fozilmon ko'li (Sarbast)

Fozilmon ko'li (Sarbast)



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations