Bugungi kunda @ belgisini hamma joyda ko’rish mumkin, u deyarli internet-pochtaning sinonimiga aylandi. Biroq internet asri boshlanishidan oldin u unchalik taniqli emas edi. Lekin bizga @ belgisi aynan qayerdan kelgan?
O’zbek tilida @ internet belgisini “kuchukcha” deb atashadi. Aslida bu nomlanish qayerdan kelib chiqqani ma’lum emas, ammo eng mashhur fikrlardan biri bu belgining aylanma ko’rinishida o’tirgan kuchukchani eslatishidadir.
@ belgisi haqida eng birinchi eslatma 1345 yildagi hujjatda uchragan, va bu hujjat Vizantiyalik shoir va xronist Konstantin Manassiya asarining bolgar tiliga tarjimasidir. Bu yozuvda @ Amen (Omin) so’zining bosh harfi sifatida ifodalangan. Balkim, bu harf tarjimon o’z kashfiyoti bo’lishi mumkin, chunki hech qanday boshqa o’xshash belgilar Bolgariya madaniyatida ikki asr mobaynida uchramagan.
@ belgisi Vizantiyalik shoir va xronist Konstantin Manassiya asarining bolgar tiliga tarjimasi, 1345 yil
2000 yilda tarixchilar hammamizga tanish “kuchukchani” Florensiyalik savdogar Franchesko Lapi tomonidan 1536 yilning 4 mayida yozilgan xatida topishgan. Xat matnida savdogar @ belgisini sotiladigan mahsulotini o’lchash birligi sifatida ishlatgan (ya’ni, bu belgi orqali Franchesko Lapi bir amforada saqlanadigan vino hajmini o’lchash belgisi sifatida). Keyinchalik italiyalik boshqa savdogarlarning xatlarida @ belgisidan xuddi birinchi holdagi kabi bir amforda qancha vino hajmi saqlanishini ifodalash uchun foydalanilgan. O’sha ma’lumotlarga qaraganda, gumon qilish mumkinki, aynan italiyalik savdogarlar @ belgisining katolik Yevropa bo’ylab tarqalishida yetakchi rolni egallagan, va Yevropada u keyinchalik nafaqat o’lchov birligini ifodalashda, balki, boshqa faoliyat sohalarida ham qo’llanilgan.
@ belgisini o’lchov birligi sifatida ishlatilishining yana bir misoli. Bu yerda gap bug’doy haqida ketmoqda.
Ammo bu ushbu belgi tarqalishining yagona nazariyasi emas. Balki, @ o’lchov birligi sifatida savdogarlarning juda kichik guruhi ichida qo’llanilgan, uning tanilishiga eng katta hissani esa Yevropalik monaxlar qo’shgan. Gap shundaki, lotin tilida ad predlogi bor, va uni “ga”, “yo’nalishiga qarab” deb tarjima qilish mumkin. Ko’pincha ad xabarnomalarda xat yuboriladigan insonni belgilash uchun ishlatilgan. Lekin agar ikkita harfni, ya’ni a va d ni birlashtirsa, @ ga o’xshash bir nima hosil bo’ladi.
Bu vaqtni va materialni tejash uchun qilingan – axir xat uchun har bir bet o’sha zamonlarda juda qimmat turgan. Bu variantning foydasiga O’rta asrda qo’llanilgan cherkov yozuvlarida uchraydigan boshqa belgilar kela oladi. Masalan, & belgisi lotin “et” o’rniga ishlatilgan, va u “va” so’z birikmasi sifatida ishlatilgan. “X” harfi esa “Xristos” yoki “Olloh” so’zlarini anglatgan. Afsuski, bu fikrlarni tasdiqlash uchun dadil sifatida o’sha zamonlardagi monaxlarning hujjatlarini tekshirish lozim, biroq ular haligacha topilmagan.
Qanday bo’lmasin, 20 asrning o’rtalarigacha @ belgisi deyarli noma’lum bo’lgan va kichik guruhlar ichida ishlatib kelingan. Hammasi 1971 yilda o’zgardi, kompyuter muhandisi Rey Tomlinson foydalanuvchilar bir kompyuter oldida o’tirsalarda, bir-birlariga matnli xabarlarni yuborishga imkon beruvchi dasturni yaratdi. O’sha vaqtda mavjud bo’lgan boshqa dasturlar esa, xabarlarni bir kompyuterda boshqasiga yuborardi xolos, ularni xabar oluvchilarga bo’lmasdi, ya’ni ikkita odam birta kompyuterni ikkita “pochta qutisidan” foydalana olmasdilar – hamma xatlar birta qutiga kelib tushgan.
Boshqacha so’z bilan aytganda, bu electron xabarlarni jo’natishga mo’ljallangan zamonaviy pochta qutisining misoli edi. Foydalanuvchilar birta kompyuterdan foydalansalar ham, xabarlar har xil odamlarga yuborilishi uchun, Rey ularning yuborish adreslarini maxsus belgi bilan ajratishni, bu belgi xat yuborilayotgan foydalanuvchi ismi va xostni ajratishini o’ylab topdi. Keyinchalik muhandis, u nega aynan @ belgisini tanlaganini aytdi, birinchidan, u klaviaturada qulay joyda joylashganligi, va ikkinchidan, foydalanuvchilardan birovi bu belgini o’z loginida ishlatmasligi edi.
Rey Tomlinsonning fikri aktual va foydali bo’lib chiqdi, va o’shandan boshlab elektron pochta katta tezlik bilan rivojlanishni boshladi, va bugungi kunda @ belgisidan biror marta foydalanib ko’rmagan inson bo’lmasa kerak.
Сообщения из Facebook