Alibaba yolg’iz insonlar kunida savdo rekordini o’rnatdi
Alibaba yolg’iz insonlar kunida savdo rekordini o’rnatdi
11-noyabrda xitoy kompaniyasi Alibaba Group Holdings MCHJ savdo boyicha dunyo rekordini o’rnatdi.

Bu kuni Xitoyda yolg’iz insonlar (yoki bo’ydoqlar) kuni nishonlanadi. 24 soatli aksiya natijasida 38.3 milliard dollarda tovar sotildi. Dastlabki kuzatuvlarga ko’ra, haridorlar sifatida yarim milliard insonlar nafaqat Xitoydan, balki butun dunyodan – Rossiyadan tortib Argentinagacha, xaridni amalga oshirdilar.

Aksiya boshlanishidan 90 daqiqa o’tmasdan Alibaba platformasidagi savdo hajmi 114 milliard yuanga (16.3 milliard dollarga) yetdi. Bu ko’rsatgich o’tgan yilgi shu kun davomidagi savdo hajminig yarmidan ortig’ini tashkil etadi. 2018-yil11-noyabrda 30.7 milliard dollarlik savdo amalga oshirilgan bo’lib, bu o’z navbatida 2017-yilgi ko’rsatgichdan 27% ko’proq. Bo’ydoqlar kunida 5 kunlik Amerika savdo marafonidanda ko’proq mahsulotlar sotiladi. Joriy yili kutilayotgan marafon 28-noyabrdan 1-dekabrga qadar davom etadi. 

Bo’ydoqlar kuni aslida Xitoyliklar uchun an’anaviy bayram emas. “Jenmin Jibao” Xitoy nashriyotiga ko’ra bu bayramni talabalar 1990-yili “avliyo Valentin kuniga”norozilik sifatida o’ylab topishgan. 11.11 sanasi bejizga tanlanmagan, raqamlar sehriga ishonadiganlar fikrlariga ko’ra 11.11 soni yalang’och daraxt novdasini eslatadi. Xitoyda bu iborani yolg’iz ayol va erkaklarga aytishadi. Alibaba bunday keng ko’lamli aksiyani 2009-yil 11-noyabrdan buyon o’tkazib keladi. Bu an’anani boshqa raqobatchi kompaniyalar o’zlashtirib olishiga qaramasdan bo’ydoqlar kunidagi aksiya aynan Alibaba bilan bog’lanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook