просмотров
Biz siz uchun bir qancha yorqin sur'atlarni topib qo'ydik. Ular butun dunyodagi internet foydalanuvchilarida vau-effektini yuzaga keltirgan bo'lsalarda, aslida esa ular qalbakidirlar.
Nominasiyasiz nominant
Virusli sur'atlarning eng eski va mashxur misollaridan biri. Uning, fotoshop paydo bo'lishining ilk damlarida, omma yuzini ko'rishi internetda juda ko'p shov-shuvlarga olib keldi. Haqiqatda esa, bu ikkita bir biri bilan bog'liq bo'lmagan sur'atlar, mohirona bittaga birlashtirilanidir. Bu sur'atdan hammadan ko'p jabr ko'rgan bo'lib National Geographic ning sha'ni bo'lsa kerak. Gap shundaki, bu sur'atni ko'pincha "National Geographic dan yilning eng yaxshi sur'at uchun nominanti" yozuvi kuzatib yurar edi.
Qasr-orol yoki orol-qasr
Qisqa, mazmunli va shu qadar o'ziga tortuvchi "Qasr-orol. Irlandiya" imzosi sizga xech qanday imkon qoldirmaydi. Hamma narsalarni tashlab, Dublinga tezlik bilan ketib, xech bo'lmaganda bir bor bo'lsa ham, bu inson taffakkurining mo'jizasini ko'rishni istaysiz. Afsus, lekin huddi shunday muvaffaqiyat bilan Neverlendga jo'nash mumkin. Sababi, bu sifatli fotoshop bo'lib, unga tarmoqning millionlab foydalanuvchilari ishongan.
Ko'k tarvuz
Mana bir necha yil mobaynida yoz mavsumi boshidirki, ijtimoiy tarmoqlar g'ayrioddiy, suvli shirinlikdan aqldan ozadilar. Uni nima deb atashmadiyam: ko'k, oylik, xitoylik, yapon... Biroq ular eng muhimini aytishmaydi: tabiatda u mavjud emas.
Katta portlash nazariyasi
"Agarda siz sayyoraning tarixidagi eng mashxur olimlardan biri bo'lsangiz, u holda sizni mavridi bo'lgan va bo'lmagan vaqtda yodga olishlarini kuting", - deb 1911 yili A. Enshteyn aytgan. Hazil, u bunday demagan. Huddi shunday tarzda velosipedda ham, 1962 yili Nevadada yader portlashi yonida, uchib yurmagan. Shu bilan birga ulug' olim bu portlash vaqtiga kelib etti yildirki olamdan o'tib ketgan edi. Umuman olganda bu yerda ikki sur'atni bittaga qoshishgan va endilikda u barcha ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning ko'zlarni quvontirmoqda.
Сообщения из Facebook