Uydagi shinamlik eng kichik detallardan shakllanadi, shuning uchun ham qiziqarli va yoqimli muhitni yaratishda dekorativ bezaklar o’ziga yarasha salmoqli o’rinni egallaydi. Ayrimlar interyerni bezash uchun ortiqcha e’tibor sarf etish kerakmikin degan ikkilanish fikrlariga ham borishadi. Biroq, aynan mayda-chuyda buyumlar hamda bezaklar interyerga o’ziga hos ko’rinish va unga o’zgacha joziba bag’ishlaydi.
O’z uyini fayzli qilib bezash uchun professional dekorator bo’lish shart emas. Mana bu hayratlanarli g’oyalarga bir nazar tashlang, ularning ayrimlarini atigi bir necha soatlar ichida amalga oshirsa ham bo’ladi!
Eski stulning yangi “qiyofasi”
Agar yangi interyer muhitida eski stul o’rinsiz bo’lib, ajralib qolsa, uning dizaynini birozgina o’zgatirishga to’g’ri keladi. Bu borada sizga atlas yoki kerak bo’lmagan yo’l haritasi qo’l kelishi mumkin. Dastlab stuldagi eski lak yoki bo’yoqni shlifovka qilib chiqing. Keyin uni gruntlash bo’yog’i bilan qoplang. Buning uchun eng yaxshisi akril bo’yoqlarini ishlatgan ma’qul – uning hidi yo’q, tez quruvchan va uzoq muddatga mo’ljallangan.
Shundan so’ng, harita tasvirini stulning orqasiga yopishtirib qo’ying, elim quriganidan so’ng esa shaffof lak bilan qoplang. U qog’ozli bezakni mustahkamlaydi va buyumga yaltiroq ko’rinish baxshida etadi.
Fanerdan yasalgan polka-darchalar
Faner – turli-tuman interyer uslublariga ega xonadonlarda tajribalar o’tkazish uchun eng qulay va ajoyib materialdir. Sababi u bilan hattoki eng tajribasiz insonlar ham ishlay oladilar. Agar siz xonalardan birini qiziqarli va foydali bezak bilan to’ldirmoqchi bo’lsangiz, o’ziga hos va zamonaviy polkalar-darchalarni tayyorlang.
Ularni oshxona, dahliz, mehmonxona va hatto yotoqxonaga ham joylashtirish mumkin. Bu yerda o’zingiz uchun qadrli bo’lgan esdalik buyumlari va kerakli narsalarni saqlaysiz.
Eski, ammo qalin yopinchiqning ikkinchi hayoti
Ramka va bagetlar hamiza zavonaviy ko’rinish hosil qilib kelgan. Ular oilaviy suratlarni solib qo’yish uchun ayni muddaodir. Ammo odatiylikdan biroz chekingan holda bu borada sevimli yopinchig’ingizdan unumli foydalansangiz bo’ladi.
U interyerga o’ziga hoslik baxsh etib, haqiqiy san’at asariga aylanadi.
Sviterdan bezakli yostiqjild
Tabiiyki, har bir insonning garderobida allaqachon kiyilmay yotgan, ammo bejirim ko’rinishli narsalar talaygina. Ularni tashlab yuborishga ko’zingiz qiymaydi, birovga hadya qilishning ham imkoni yo’q. Bu holda atigi bir necha soat ichida eski narsadan yangi bezak buyumini tayyorlasa bo’ladi. Ayniqsa, yilning sovuq mavsumlarida to’qilgan "jild"dagi yostiqlar juda ham o’rinli ko’rinadi.
Oshxona shkaflari uchun o’ziga xos tutqichlar
Bu bezak usulini bir necha daqiqalar ichida amlga oshirsa bo’ladi. G’ayrioddy g’oyani ro’yobga chiqarish uchun bir necha stol anjomlari, masalan qoshiq va sanchqilar, issiq yelimli pistolet yohud temir hamda yog’och materiallari bilan ishlash uchun qulay bo’lgan yelim kerak.
Uyda mo’yqalamlar ko’p bo’lsa
Musavvir mo’yqalamlari bilan bezalgan guldonlar juda chiroyli va o’rinli ko’rinadi. Masalan, siz surat chizishni sevasiz, bir necha yil avval harid qilingan mo’yqalamlaringiz esa eskirib qoldi, ularning o’rnini yangilari blan to’ldirdingiz, bularini esa ahlat chelagiga tashlab yuborishga ko’zingiz qiymayapti. Shunday paytda ulardan ajoyib guldon bezagini yasashga urinib ko’ring.
Yashirin javoncha
Agar uyingizda mittigina javonchangiz bo’lib, uni begonalar ko’zidan nariroq saqlashga ehtiyoj bo’lsa mazkur g’oya aynan Siz uchun! Uning uchun kattaligi mos bo’lgan hamda baget bilan jihozlangan surat topib, to’ppa-to’g’ri javon eshigiga o’rnatib qo’ying. O’ziga hos va chiroyli ko’rinish, shu bilan birga, mehmonlaringizda iliq taasurot qoldiradigan maftunkor bezak vujudga keladi.
Eski jurnaldan bezak
Ko’pchilikka interyer nashrlari yoki dekor bo’yicha saytlarda uchraydigan harfli posterlar yoqadi. Bunaqasini topish uchun bosh qotirish ortiqcha vaqtingizni olmasin, chunki uni o’z qo’llaringiz bilan tayyorlashingiz ham mumkin. Buning uchun silliq muqovali jurnalning varag’i, oq qog’oz va fotosurat uchun ramka kerak bo’ladi.
Chovlidan gultuvaklar
Oddiy gul tuvaklarining o’rniga boshqa idishlarning ishlatilishi interyerni yangicha ko’rinish va o’ziga hoslik jihatlari bilan ta’minlaydi. Mana bu suratlarda chovlilarga ikkinchi hayot baxshida qilgan holda ularni bo’yab chiqib, ichiga gul ekish g’oyasi keltirilgan. Natijada, oddiy oshxona anjomining qiyofasi tanib bo’lmas darajada o’zgaradi.
Bolalar xonasidagi applikatsiya
Bolalar xonasining interyerini to’liq ta’mirsiz ham yangilash, boz ustiga uni kichkintoy uchun qiziqarli qilish ham mumkin. Buning uchun oboy qoldiqlari yoki turli rangdagi matolar qiyqimlaridan foydalanish mumkin. Atigi bir necha soatda devorlarning birida bu materiallardan qiziqarli applikatsiya tayyorlasangiz bo’ladi.
Сообщения из Facebook