просмотров
Ba'zi mashxur odamlar juda kamtarona va tejamkor yashaydilar, o'zlaeining misli ko'rilmagan miqdordagi gonorarlarini esa, hayriya yoki qiziq loyihalarga sarflaydilar. Biz, ularni go'zal hayot o'ziga rom etmaydigan, 15 ta mashxur odamlarni esga oldik.
Djennifer Lourens
"Och qolgan o'yinlar" yulduzi, mashxur gollivud aktrisasi pullarni oqilona sarflaydi. U kamtarona Volkswagen Eos markali mashinada yuradi, kiyimlarni "rasprodajalar" da sotib oladi va chegirmalarni yaxshi ko'radi. Intervyusida Djennifer oddiy ko'ngilhushliklarni yaxshi ko'rishi to'g'risida gapirgan: mazali ovqat sotib olish va televizor ko'rish. Yulduz kasalligi - bu aniq u haqida emas. Oskar olgan aktrisa o'z gonorarlarini hayriyaga sarf qiladi. Shunday qilib, yulduzning ona shahrida, u 2 million dollar hayriya qilgan, shifoxonaning kardiologiya bo'limi bor.
Kianu Rivz
Akterga xashamatli saroylar va shaxsiy samolyotlar unchalik yoqmaydi. Hattoki, u mashxur bo'lib ketganida ham, u shaxsiy uy-joy sotib olmagan, balki, ijarada yashashda qoldi. Uning narsalari kam bo'lib, qo'riqchilari yo'q, mashina o'rnida esa Kianu jamoat transportida yuradi. "Matrisa" filmidan gonorarini 90 foizini (bu 80 million dollar) akter grimyorlarga, maxsus effektlar ustalariga va boshqa, akterlardan ko'ra oylik maoshi ancha kam bo'lgan, hamkasblariga berib yuborgan. Bundan tashqari, yana u 12 ta motosikllarni kaskaderlarga sovg'a qilgan.
Kianu Rivz saraton kasalliklariga qarshi kurash fondining asoschisi. Bunga akterni shaxsiy fojeasi undagan - uning singlisi leykemiya bilan hastalangan. Shuhratparastlik Kianuga yot - u tashkilotni o'zining nomi bilan atashdan bosh tortadi. Bundan tashqari, u turli xil ekologik unisiativalarni qo'llab quvvatlaydi va jonivorlar huquqlari uchun kurashadi.
Sara Djessika Parker
Aktrisa Nyu-Yorkdagi kamtar kvartirada yashaydi va pullarga tejamkorona munosabatda. U o'zining farzandlarini ham tejamkorlikkar o'rgatadi. Sara bolalari uchun kiyimlarni o'zi tikadi, second-hand larni yaxshi ko'radi, do'konlarda esa faqat yaxshi oyoq kiyim sotib oladi. Aktrisa auksionda Kerri Bredshouning (uning eng mashxur roli) tuflilarini sotib yubordi. Bu auksiondan tushgan hamma pullarni esa, musiqa va san'at o'rta maktabiga hayriya qildi. Parker YUNISEFning ezgu niyat elchisidir, hamda, Gollivudning ayollar siyosiy komitetining a'zosi.
Keyt Middlton
Gersoginya byudjetbop brendlarni yaxshi ko'radi va qirollik mablag'lrini kutyurlardan kiyimlarga sarflamaydi. Kundalik hayotda u mass-marketni afzal ko'radi: Zara, Hobbs, H&M. O'zining mablag'larini Keyt hayriyaga sarf qiladi. Uning so'nggi hayriya dasturi yoshlarni psixologik sog'ligining muammolari, veteranlar, boshpanasizlar va havfli zonaga kiruvchi boshqa guruh odamlarga bagishlangan edi. Keyt turli xil hayriya inisiativalarda turmush o'rtog'i bilan birga aktiv ishtirok etadi: boshpanasizlar bilan yugurishlar, volonterlik kechalari, pressada chiqishlar. Gersoginyani o'rnak olish uchun namuna deb atash mumkin!
Kristian Beyl
"Betmen" dagi roli bilan mashxur bo'lib ketgan akter hashamatni yaxshi ko'rmaydi. Hattoki unga mashxurlik kelganidan keyin ham, u hashamatli saroylar sotib olishga shoshilmadi. Beyl uzoq vaqt o'z oilasi bilan bir xonalik kvartirada yashagan va mobil telefondan foydalanmagan, hamda tansoqchisini yollamagan.
"Boylik men uchun xech nimani anglatmaydi. Agarda o'g'ri mening uyimga bostirib kirganida, u yig'lab yuborgan bo'lardi" deb akter o'zining intervyusida aytgandi. O'z gonorarlarini u aktiv ravishda hayriya maqsadlarida sarf qiladi. Shunday qilib, "Va'da" filmining prokatining hamma foydasini u zamonaviy dunyoda genosid muammolari bilan ishlovchi turli volonterlik tashkilotlariga berib yubordi.
Beyl nafaqat ekranda qahramon. Yaqinda u to'rt yoshlik leykemiya bilan hastalangan bolakayning orzusini ro'yobga chiqardi. Betmen kostyumida bolani shoxonada ko'rib keldi.
Leonardo Di Kaprio
Bir vaqtlar, mashxur bo'lib bo'lgan akter, Leo oddiy klass moshinasi Toyota Prius da yurga va tijorat parvozlarini shaxsiy samolyotlardan ko'ra afzal ko'rgan. Di Kaprio juda vohli yig'ilgan boylik insanni baxtli qila olmasligini tushinib yetgan. 1998 yilning o'zidayoq u Leonardo DiKaprio Foundation hayriya fondini tashkil etgan va 30 dan ortiq turli hayriya tashkilotlari hisob raqamlariga 15 million dollar o'tkazib bergan.
Xozirda akter aktiv ekolog - yaqinda u BMT ning elchisi etib tayinlangan edi va hattoki, o'zining iqlim o'zgarishlari haqida dokumental filmini sur'atga oldi. Di Kaprio, siyosaychilarni ekologiyaga munosabatni qayta ko'rib chiqishga ishontira olishi kerak bo'lgan, taassurotli tekshirish o'tkazdi. "Bizning sayyoramizning vayron bo'lishi davom etmoqda, va biz o'zimizga befarq bo'lib turishga yo'l qo'yib bera olmaymiz. Biz bizning kelajak va sayyoramizning hayoti uchun mas'uldirmiz. Men bu muammolar ustida ish olib borayotgan tashkilotlarni qo'llab quvvatlay olishimdan g'ururlanaman" deb ta'kidlagan akter.
Kira Naytli
Aktrisa pulni sovuradi deb atab bo'lmaydi. Kira oylik limitni o'rnatgan: agarda, belgilangan me'yordan ortiqcha biror nima sotib olmoqchi bo'lsa, u bu narsa haqiqatda qanchalar unga kerakligi haqida o'ylanib qoladi. Naytlining ta'kidlashicha, lyuks stilida hayot tarzini olib borish unga yoqmas ekan. "Siz boshqacha tarzda yashaydigan, oddiy odamlar bilan roztakamiga muloqot qila olmaysiz". Aynan shu sababli, aktrisa gonorarlarini ko'zko'z qilmaydi, u hayriya bilan shug'ullanishni afzal ko'radi. Masalan, u turli tadbirlarda ishtirok etganda kiygan ko'ylaklarini auksionlarda sotadi va pullarni hayriyaga o'tkazadi.
Kventin Tarantino
Tarantino qimmatbaho mashinalar va brilliantlarni yaxshi ko'rmaydi. Mojaroviy rejisserning yagona ishtiyoqi bor - u kino rekvizitlarini kolleksiya qiladi. Shunday qilib, qizil Chevrolet Malibu (" Kriminal asar" filmida Travolta haydab yurgan) unga tegishli edi, lekin u Kventinni qiziqtirmagan, hamda akter undan qutulmoqchi bo'lgan. U: "Ha yo'q albatta, u menga aslo kerak emas. Menga ko'proq Geo Metro yoqadi" der edi. Tarantino doimiy ravishda turli xil tabiy ofatlarda jabr ko'rganlarga yordam beradi.
Djesika Alba
"Gunohlar shahri" yulduzi - tejamkor ona, ekologik tagliklar kompaniyasining asoschisi. U uning bolalari endilikda kiymaydigan narsalarni tashlab yubormaydi. Katta qizi kiyimlardan o'sib katta bo'lib qolsa, ularni kichkina qiziga beradi. Aktrisa mass-market kiyimlarni kiyishdan va jamoat transportidan foydalanishdan uyalmaydi. Aytganday, Djessika Forbes fikrga ko'ra, AQSH ning eng boy ayollar ro'yxatiga kiradi. O'zining pullarni aktrisa mustaqil ravishda ishlab topgan. Alba keng hayriya faoliyatini olib boradi - aktrisaning hisobida Afrika bolalariga yordam tashkilotida, SPID bilan kurashish, yo'qolgan bolalarni qidirishlarda ishtirok etganlaridir.
Riz Uizerspun
Riz pullarni ehtiyotkorlik bilan sarf qiladi va zahiraga pul yig'ishga odatlangan. Aktrisa hashamatga qilingan xarajatlar o'zini oqlamasligiga ishonadi. U o'z farzandlarini erkalamaydi, uning o'rniga ularni moliyaviy savodga o'rgatadi. Qimmatbaho o'yinchoqlar o'rniga, aktrisa faqat eng kerak narsalarni olib beradi. Uizerspun AQSH va Kanadadagi nochor bolalar uchun narsalar yig'ish kompaniyasida aktiv ishtirok qiladi. Mettyu Makkonaxi bilan birga ular "Zveropoy" multfilmini namoishini taqdim etdilar, unda hayriya fondlari uchun 100 ming dollar yig'ishdi. Riz Uizerspun - Avon hayriya fondining faxriy raisi va ko'pdan beri kompaniyaning barcha inisiativalarini qo'llaydi. U aktiv ravishda ko'krak saratonini profilaktikasi uchun chiqadi.
Rassel Krou
Nima desangiz ham, Rassel Krou, aniq o'zi uchun shoxona hayotni ta'minlab berishi mumkin edi. Buning o'rniga u tabiatga yaqinroq bo'lishga qaror qildi: oskarga ega akter Avstraliyaga ko'chib o'tdi. U yerda o'ziga kichkina rancho va djip sotib oldi. Krouning ta'kidlashicha: u uzoq vaqt qidirgan - tinchlik va tabiatni - topgan. U doimiy ravishda katta summalarni turli fondlarga o'tkazadi. Masalan, Monrealdagi, 2004 yildagi teraktdan talofot ko'rgan, yahudiy maktabni ta'mirlash uchun pullarni hayriya qilgan. U doimiy ravishda o'zining muxlislariga yordam beradi: nochorlarga pullar va texnika sovg'a qiladi.
Xeyden Kristensen
"Yulduzlar jangi" dagi Enakin rolini ijro etgan yoqimli yigit gollivud shuhratparastlik yarmarkasidan charchadi. Akter fermaga ko'chib o'tirishga qaror qildi. U yerda u yerga o'zi ishlov beradi va shaxsiy traktorida yuradi. Ferma oddiy emas, balki ekologik. Quyosh energiyasida ishlaydi. Xozir ferma organik meva va sabzavotlar o'stiradi va yaxshi daromad keltiradi.
Sandra Ballok
Yulduzli aktrisa Gollivudni unchalik yoqtirmaydi. U Los-andjeles chegaralaridan tashqarida, Yangi Orleanda yashaydi. U aktiv ravishda hayriya bilan shug'ullanadi: Qizil Hochga to'rt marotaba 1 million dollar hayriya qilgan. Yana Ballok ikki nafar asrab olingan bolalarni tarbiyalamoqda.
Djennifer Garner
Garner gollivud yulduzi va oddiy uy bekasi statuslarini bir biri bilan moslashtiradi. Aktrisa lyuks supermarketlardan ovqatlar sotib olmay, tez tez oddiy bozorga oziq ovqat olishga boradi. Kiyimlar bilan ham shunday. Djennifer Save tha Children fondi bilan hamkorlik qiladi. U fond bolalar huquqlari va bolalar ta'limi bilan shug'ullanadi. Tashkilot 10 yildan beri rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarga yordam berishda ixtisoslashadi.
Andjelina Djoli
Aktrisaning hayriyaga qiziqishi 2001 yili, "Lara Kroft - qabrlar o'g'risi" filmining Kambodjida bo'lgan sur'atga olish jarayonida, uyg'ongi. U yerda Endji o'z ko'zlari bilan mamlakat aholisi nochor ahvoldaligini ko'rib, amin bo'ldi. U uchinchi olam mamlakatlari bo'ylab gumanitar safarga chiqdi. Djolining faoliyati unga 2001 yili BMTning ezgu niyat elchisi bo'lish imkonini berdi. Aktrisa bir necha hayriya fondlari tashkil qildi, ular Kambodjadagi bolalarga yordam va texnik falokatlardan jabrlanganlarga yordam berish bilan shug'ullanadi. 2013 yili o'zining yutuqlari uchun aktrisa gumanitar "Oskar" oldi.
Konstantin Xabenskiy
2008 yili 1 dekabrda akter Konstantin Xabenskiy rafiqasini yo'qotdi, u saraton kasali qurboni bo'ldi: Anastasiya bosh miya saratonidan vafot etdi. Bu voqea Konstantin Xabenskiy hayriya fondining jo'nash nuqtasi bo'ldi. U bosh miyasi onkologik kasalliklari bor bolalarga yordam berish bilan shug'ullanadi. 2013 yili fond 130 nafar bolalar hayotini saqlab qolishga yordam berdi. O'shanda akter fondining tashkil qilinishini sharxlab o'tdi:
- Men o'sha ko'zlarni eslayman. Halihayotni ko'rmagani uchun o'limdan qo'rqmayotgan bolaning ko'zlari emas. Onalarning ko'zlari esimda. Ayniqsa salbiylikdan to'liq ijobiylikka o'tish yuz bergandagi vaqtda. Bunday onlarda sen va sening hamkasblaringda bir narsa o'tirib qoladi. Shunchalar muhin bir narsa paydo bo'ladi va u sen bilan abadiy qoladi.
Сообщения из Facebook