просмотров
XIV asrdan XVIII asrgacha bo'lgan davrda Evropada "jodugar" deb atalmish odamlarni taxminan 40-50 mingtasi yoqib yuborishgan. Ko'pincha, ommaviy jazavalar (Salem sudi, misol uchun) alohida shaxslardan - mana bu kabi qiz va ayollardan boshlangan.
Merin Matsdotter
Stokgolmda jodugarlar bolalarni o'g'irlashiga ishonardilar. Melin Matsdotter ismli, baxtsiz kir yuvuvchi, ayolni joduda ayblab, tiriklayin yoqib yuborish, daxshatli qatlga hukm qilishgan. Bu hukm Evropa uchun oddiy bo'lsada, ammo Shvesiyada hali qo'llanilmagan edi. Sudda Melin tavba qilishdan bosh tortib, o'zini begunoh deb e'lon qilgan va ustunning oldiga boshini mag'rur ko'targan holda borgan. Bu Shvesiya xududidagi tiriklayin yoqib o'ldirilgan birinchi va oxirgi ayol bo'lgan. Aytishlaricha, bu qarorga munisipalitet qo'rqib ketgani uchun kelgan ekan. Melin gulxanda yonib turib ham, birorta ham so'z aytmagan ekan - axir hamma xabardorku, yalmog'izlar og'riqdan qo'rqmaydilar.
Bridjet Bishop
Mashxur, yalmog'izlar ustidan bo'lgan, Salem sudi aynan mana shu ayoldan boshlagan. 1692 yili Bridjet bir vaqtning o'zida ikkita tavernyaga egalik qilgan bo'lib, provakasion liboslar kiyib yurgan va keyinchalik aniqlanishicha, haqiqatda ham, bosh vaqtlarida jodu bilan shug'ullangan ekan. Bridjetning uyini tin-tuv jarayonida, ignalar bilan sanchilib tashlangan, jodu uchun qo'g'irchoqlarni topishgan. Ulardan biri esa, yaqin orada vafot etgan kishini tasvirlagan bo'lib, bu dalil Salem aholisini hayratda qoldirgan. Sud vaqtida Bridjet o'zini juda ham qo'pol tutib, bu o'z navbatida uni tez qatlga olib kelgan. Qonli tomosha jamiyatda ommaviy jazavaga olib kelgan va qisqa muddatda gulxanga yana 70 ta "jodugar" lar jo'natingan.
Anna Koldings
To'qivchi ayol Koldingsni, u ataylab, Kopengagendan Shotlandiyaga sayohat qilayotgan qirolicha Annaning kemasini cho'ktirib yuborish maqsadida, kuchli dovul chaqirganlikda ayiblashgan. Koravella juda qattiq dovul vaqtida haqiqatdan ham cho'kib ketishiga bir bahiya qolgan bo'lib, u Norvegiyada to'xtashga majbur bo'lgan. "Iblisning onasi" deb laqab olgan Koldingsni, qirol oldida o'zini yaxshi ko'rsatmoxchi bo'lgan, Kronberg merining ayiblovi bilan hibisga olishgan. Qiynoqlar vaqtida, Anna, nafaqat aybini tan olibgina qolmay, balki, yana o'zining besh nafar sheriklarini ham ismlarini aytgan. Ular orasida merning rafiqasi ham bor edi. Erta bahorning tongida barcha ayollarni Kronber devori yonida yoqib yuborishgan.
Entyen Djillis
1613 yili Niderlandiyada butun Evropaning katta qismidan ko'ra ko'proq jodugarlar yoqib yuborishgan. Birinchi bo'lib gulxanga doya ayol, Entyen Djillis borgan bo'lib, uni yangi tug'ilgan chaqaloqlarni la'natlashda ayiblashgan. Entyen panjara ortida bo'lganida esa, shaharda, yuzlab go'daklar hayotini olib ketgan, haqiqiy o'lat boshlangan. Navbatdagi qiynoqlardan so'ng, ayol "yordamchilari" ni ko'rsatdi va mashxur Rumor sudi bo'lib o'tib, unda 63 ta "jodugar" ni yoqib yuborishgan.
Merga Bin
Сообщения из Facebook