Donald Tramp haqida qiziqarli ma’lumotlar
 Donald Tramp haqida qiziqarli ma’lumotlar
Yaqindagina Donald Trampning AQSHdagi prezidentlik saylovlarida g’olib bo’lganiga roppa-rosa bir yil to’ldi va bu muddat ichida ko’pchilik o’zi uchun eng sara siyosiy namoyondalar ro’yxatida yana yangi bir shaxsni kashf etdi. Albatta, sezganingizdek gap Donald Tramp xaqida ketmoqda! OAVdagi har ikkinchi sarlavha uning ismini tilga oladi va buning ajablanarli joyi yo’q, axir u eng yirik davlatlardan birining prezidenti bo’lishga musharraf bo’ldi.
Bir qaraganda g’ayrioddiy tashqi ko’rinishga ega bo’lgan, Amerika televideniesi orqali ba’zan g’alati bayonotlar bilan chiqish qilib turadigan antiqa inson… Donald Tramp haqidagi yana qanday ajoyib ma’lumotlar biz uchun tanish? Quyida Donald Tramp hayotidan eng qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishasiz.

Karyerasi

Karyerasi
Yaqin paytlargacha Tramp faoliyatining asosiy turi biznes, aniqrog’i, ko’chmas mulk ijarasi va qurilishi edi. Dastlab bu biznes uning otasi –Fred Trampga tegishli bo’lgan.
Tramp mulki ichidagi eng qimmati Tramp-Tauer (inglizcha Trump Tower) osmono’par binosidir (Balandligi — 202 m. Qavatlar soni — 58. Forbes churnalining baholashicha uning qiymati — $318 mln).
Shuningdek, Trampning biznesdagi dastlabki muvafaqqiyatlariga 22 yoshida erishgani ham ma’lum.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook