Dunyodagi eng chuqur g'or qanday ko'rinishda ekanini so'z bilan ta'riflash qiyin. Buni ko'rish kerak
Dunyodagi eng chuqur g'or qanday ko'rinishda ekanini so'z bilan ta'riflash qiyin. Buni ko'rish kerak
Abxaziyada, Arabika tog'li massivida tabiat mo'jizasi joylashgan. U tadqiqotchilarning, deyarli har safargi tashriflariga yangi sensasion yangiliklarni yuzaga keltirar edi.

Kruber g'ori, shu bilan birga Voronya, rasman qayd etilgan 2000 metrdan ortiq chuqurlikka ega va u odamlar ichiga kira olgan sayyoramizdagi bunday g'orlardan yagonasidir. G'orlar orasida titan. Ko'plab professional speleologlar uchun eng istalgan va qiyin maqsad bo'lib, shu bilan birga odamlar nigohidan doimiy yashiringan aql bovar qilmas go'zallikdagi joy. 

Birinchi bor odamlar bu g'orga 1960 yilda tushishgan. Chuqur emas, qandaydir 180 metrga - Nyu-Yorkdagi ko'p osmono'par binolarning balandligini yarimi. O'sha vaqtning o'zida yana ko'proq pastga tushish qiyin va uzoq bo'lishi aniq bo'lgan edi. Shuning uchun bu yerda faqatgina 80 chi yillarning o'rtalaridagina qaytishdi. Va sensasiya ketidan sensasiya kelaverdi. 

400 metrlik chuqurlikdagi tarmoqlanishlar g'orning asl o'lchamlari oldida bu mayda chuyda ekani tez aniqlandi. Lekin pastga tushish chuqurligi 100-200 metr bo'lgan, tik quduqlar orqali bo'lganligi sababli, g'or pastiga tushish aql bovar qilmas darajada xavfli va qiyin edi. Va ko'pni ko'rgan speleologlar uchun juda istalgan ham edi. Ular tomonidan Kruber g'orning murakkab "xarakteri" chaqiruvdek qabul qilinar edi.

2001 yilning yanvarida Rossiya-Ukraina ekspedisiyasi 1710 metrlik chuqurlikka tosha oldi. Bu voqea g'orga rasman dunyodagi eng chuqur g'or statusini berish ilm berdi. Ammo lekin g'or tubigacha hali ancha bor ediku! Rossiya, Bolgariya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Irlandiya, Izrail, Litva, Moldava tadqiqotchilari super - g'orning barcha sirlarini ochish uchun o'z kichlarini birlashtirdilar. 

2012 yilning avgustida 59 kishidan iborat speleologlar guruhi, ular g'or tubi deb o'ylashgan, joyga yetishdi. Eng chuqur nuqtaga yetish sharafi simferopollik olim, Gennadiy Samoxinga nasib etdi. Bu 2197 metrlik belgi edi. Biroq bu oxiri emas edi. 

Oradan ikki yil o'tib, yangi ekspedisiya, bundan avval ko'rilmagan yo'laklarni kashf etadi va yer osti saltanatining yangi yerlariga tushadi. Jihozlar yordamida ular avvalgi rekorddan 2 metr pastroqda 2199 metr chuqurlikda ekanlarini aniqlaydilar, lekin bu asosiysi emas. Aniqlashlaricha, Kruber/Voronya palekastor galereyalari orqali qo'shni Kuybishev g'ori bilan qo'shilar ekan. Va potensial bu unikal yer osti massivi uzoqqa va chuqurga yoyilib ketar ekan. Dunyodagi eng chuqur g'or sirlari hali ochilgani yo'q! 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook